Hududni tanlang
group

SAGATSEFPO kukun

Saga Laboratories (Hindiston)
Faol moddalar:
Sefpodoksima proksetil
Narx: 61 000 so'mdan

SAGATSEFPO kukunning dorixonalardagi narxlar

product
SAGASEFPO poroshok 60ml 50mg/5ml
Saga Laboratories
61 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati

Yo'riqnoma SAGATSEFPO kukun

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Sefpodoksimga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari:
yuqori va quyi nafas yo'llarining infektsiyalari: tonzillit, faringit, o'tkir sinusit, o'tkir bronxit, pnevmoniya; surunkali bronxitning zo'rayishi (alkogolni suiste'mol qiluvchi shaxslarda, chekuvchilarda va 65 yoshdan oshgan shaxslarda);
siydik chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalari (tsistit);
asoratlanmagan gonoreya;
ayollarda anorektal soxasining Neisseria gonorrhoeae chaqirgan asoratlanmagan infektsiyalari;
teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;
preparatga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infektsiyalar (MIY infektsiyalari, og'iz bo'shlig'ining infektsiyalari) da qo'llaniladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

sefpodoksimga, preparatning komponentlariga, boshqa sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
anamnezda penitsillin yoki boshqa beta-laktam antibiotikka o'ta yuqori sezuvchanlikning (anafilaksiya) darxol yoki og'ir reaktsiyasining bo'lganida qo'llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan: xomiladorlik, laktatsiya davri, surunkali kolit, buyrak yetishmovchiligi, “xalqali” diuretiklar va boshqa nefrotoksik dori vositalari bilan birga qo'llash.
Buyraklar funktsiyasi buzilishlarida qo'llanilishi
Buyrak yetishmovchiligida extiyotkorlik bilan buyuriladi.
Buyraklar funktsiyasining yaqqol buzilishlari (KK 30 ml/minutdan past) bo'lgan patsiyentlarda bir martalik doza ikki marta kamaytiriladi.

Farmakodinamikasi

III avlod sefalosporinlar guruxi antibiotiki, bakteritsid ta'sir qiladi, bakteriyalarning xujayra devori sintezini buzadi. Beta-laktamazalarga chidamli. Grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol: Streptococcus pyogenes. Streptococcus pneumonia (penitsillinga chidamli shtammlardan tashqari); grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae (beta-laktam musbat va manfiy shtammlari), Moraxella (Branhaemella) catarrhalis, Escherichia coli, Klebsiella spp. (Klebsiella pneumonia va Klebsiella oxytoca ni xam qo'shib), Neisseria gonorrhoeae, indolmusbat Proteus, proteyning boshqa turlari, shu jumladan Proteus vulgaris; Providencia, Enterobacter (shu jumladan Enterobacter cloacae va Enterobacter aerogenes), Salmonella spp., Shigella spp.; in vitro sharoitlarida ko'pchilik shtammlarga nisbatan faol: Brucella, Neisseria, Aeromonas hydrophila, Yersinia enterocolitica, Providencia rettgeri, Providencia sruartii va Citrobacter, Morganella Serratia shtammlari.
Streptococcus spp. (D guruxi), Staphylococcus spp. Ning metitsillin-rezistent shtammlari, Corynodacterium spp. (J va K guruxlari), Paeudomonas spp. (shu jumladan Paeudomonas aeruginosa), Listeria monocytogenes, Acinetobacter baumannii, Clostridium difficile, Bacteroides spp. ga nisbatan nofaol. Anaeroblarga nisbatan, Bacteroides, Corynodacter, Yersinia ning ko'pchilik turlarini xam qo'shib kuchsiz faollikka ega. Citrobacter, Enterobacter, Bacteroides larning xromosomal kelib chiqishga ega bo'lgan sefalosporinazalari tomonidan parchalanadi.

Farmakologik ta'sir

Sevpodoksim proksetil olddorilarga (prodrags) kiradi, u organizmda (ingichka ichakda) faol metabolit sefpodoksimga aylanib deesterifikatsiyalanadi.
100 dan 400 mg gacha preparat bir marta yoki ko'p marta qabul qilinganidan keyin 1,9-3,1 soat o'tgach 1,0-4,5 mg/l terapevtik kontsentratsiyaga erishiladi. Mutlaq biokiraolishligi – 50%.
Qon oqsillari bilan bog'lanadi (20-30%).
Dozaning taxminat 30-35% o'zgarmagan xolda 12 soat davomida siydik bilan chiqariladi. T1/2 2,1 dan 2,8 soatgacha tebranadi.
Buyraklarning funktsiyasi buzilganda chiqarilishi pasayadi: KK 50-80 ml/minut bo'lganda, T1/2 3,5 soatni, 30-49 ml/minutda – 5,9 soatni, 5-29 ml/minutda – 9,8 soatni tashkil qiladi.
Keksa yoshli shaxslarda, shu jumladan bronx-o'pka infektsiyasi bo'lganlarda T1/2 ni va qondagi kontsentratsiyasini katta bo'lmagan oshishi aniqlanadi, lekin dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Xomiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Xomiladorlik vaqtida ona uchun potentsial foydani xomila uchun mumkin bo'lgan xavf bilan qiyoslab, extiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatni laktatsiya davrida buyurishning zarurati bo'lganida, emizishni to'xtatish kerak.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

SAGATSEFPO kukun boshqa turlari

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

SAGATSEFPO kukun dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

SAGATSEFPO kukun dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

SAGATSEFPO kukun dori vositasi Saga Laboratories (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Antibiotiklar

O'zbekistonda dorixonalarda SAGATSEFPO kukun dori vositasi qancha turadi?

SAGATSEFPO kukun dori vositasining boshlang'ich narxi - 61 000 so'mdan.

SAGATSEFPO kukun dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

SAGATSEFPO kukun dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

SAGATSEFPO kukun haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

SAGATSEFPO kukun analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.