Hududni tanlang
group

RINOMAKS tabletkalar

Nika Pharm (O'zbekiston) va boshqalar
Faol moddalar:
Parasetamol, Fenilefrin, Kofein, xlorfeniramin

RINOMAKS tabletkalarning dorixonalardagi narxlar

product
RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10
Nika Pharm

Yo'riqnoma RINOMAKS tabletkalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Gripp, O'RVI (isitma sindromi, og'riq sindromi, rinoreya), allergik rinit va rinit, burunni bitishi, bosh og'rig'i, isitma, etni uvishishi, bo'g'im va mushaklarda og'riq bilan kechuvchi boshqa shamollash kasalliklarini simptomatik davolashda.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Rinomaks® aktiv Tab quyidagi xollarda qo'llanmasin:
-Paratsetamolga va preparatining tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-Rinomaks® aktiv Tab tarkibiga kiruvchi moddalar saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish;
-Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, yurak ishemik kasalligi;
-Ariterialnaya gipertenziya (og'ir kechishi);
-Qandli dibet (og'ir kechishi);
-Beta-adrenoblokatorlar, monoaminooksidaza ingibitorlari, trisiklik antidepressantlarni bir vaqtda qabul qilish;
-Homiladorlik, laktasiya davri;
-12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtietkorlik bilan: arterial gipertenziya, qalqonsimon bezining kasalliklari (tireotoksikoz, gipertireoz); feoxromasitoma, qandli diabet, bronxial astma, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, qon kasalliklari, tug'ma giperbilirubinemiya (Jilber, Dubin-Djonson va Rotora sindromlari), jigar va/yoki buyrak etishmovchiligi, yopiqburchakli glaukoma, prostata bezining giperplaziyasida (siydik chiqarilishini qiyinlashishi, qovuq bo'ynining obstruktsiyasi) extiyotkorlik bilan qo'llanilishi lozim.

Farmakologik ta'sir

Paratsetamol
Me'da-ichak yo'llarida (miy), asosan ingichka ichakda tez va deyarli to'liq so'riladi. 500 mg dozada bir marta qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga (Cmax) 10-60 minutdan keyin erishiladi va 16 mkg/ml ni tashkil qiladi, so'ngra taxminan pasayadi va 6 soatdan keyin 11-12 mkg/ml ni tashkil etadi. Qon oqsillari bilan bog'lanishi axamiyatsiz. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-4 soatni tashkil qiladi, ammo doza oshirib yuborilganda jigar kasalliklarida va keksalarda uzayishi mumkin. Siydik bilan asosan glyukuronid va sulfatli kon'yugatlar ko'rinishida chiqariladi.
Kofein
Jigarda (97%) 1,7-metilksantin, 1,7-dimetilmetilksantin va 1,3-dimetilmochevina kislotasiga metabollanadi, ular siydik bilan chiqariladi.
Fenilefrin
Ichga qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo'llariga yomon so'riladi. Ichak devorida va jigardan "birinchi o'tishi" da va monoaminooksidaza ishtirokida metabolizmga uchraydi. Fenilefrinning biokiraolishi past. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Xlorfeniramin
Ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Gematoentsefalik to'siq orqali xar xil to'qimalarga kiradi. Oqsillar bilan bog'lanishi - yuqori. Jigarda metillanish yo'li orqali metabolizmlanadi. Metabolitlar ko'rinishida va me'da-ichak yo'llari va buyraklar ko'rinishida chiqariladi.

Nojo'ya ta'sirlar

12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas

Bolalarda qo'llash

12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlik, laktasiya davrida qo'llash mumkin emas. Agar siz Rinomaks® aktiv Tab qo'llayotganingizda homilador ekanligingini bilib qolsangiz, darxol o'zingizning shifokoringizga ma'lum qiling, chunki u davolashni davom ettirish masalasini xal qiladi.

Buyrak faoliyatining buzilishida

Buyrak etishmovchiligida extiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Jigar faoliyatining buzilishida

Jigar etishmovchiligida extiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

RINOMAKS tabletkalar boshqa turlari

RINOMAKS tabletkalar rasmlari

product

RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

RINOMAKS tabletkalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

RINOMAKS tabletkalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

RINOMAKS tabletkalar dori vositasi Nika Pharm (O'zbekiston) Nika Pharm, DXO (O'zbekiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Og'riq qoldiruvchi

RINOMAKS tabletkalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

RINOMAKS tabletkalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

RINOMAKS tabletkalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

RINOMAKS tabletkalar analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.