Hududni tanlang
group

RINOKSILKIDS sprey

Nika Pharm (O'zbekiston) va boshqalar
Faol moddalar:
Oksimetazolina gidroxlorid
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing
Narx: 28 000 so'mdan

RINOKSILKIDS spreyning dorixonalardagi narxlar

product
RINOKSIL KIDS sprey 10ml 0,025%
Flumed-Farm, OOO, KP
28 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati

Yo'riqnoma RINOKSILKIDS sprey

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Burun shilliq qavatini, burun-halqum va gaymor bo'shliqlaridagi shishni kamaytirish uchun: - shamollash kasalliklarida (o'tkir rinit); - burun bo'shliqlarining yallig'lanishida (o'tkir sinusit); - evstaxiitda; - allergik rinitda; (shu jumladan, pichan isitmasida); - o'rta otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki Evstaxiy nayining teshigini atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi) qo'llaniladi. Shuningdek, burun bo'shlig'ining qo'rishni engillashtirishi uchun yoki jarrohlik muolajalarida ham qo'llaniladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga, shu jumladan boshqa intranazal qo'llash uchun shishga qarshi vositalariga o'ta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, gipertireoz, sekresiya ajratmalarisiz burun yo'llaridagi shilliq qobiqning yallig'lanishi, homiladorlik, laktasiya, monoaminooksidaza ingibitorlarni bir vaqtning o'zida qo'llash (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davri davomida), 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi. Ehtiyotkorlik bilan: preparatni ko'z ichki bosimini oshishi, surunkali buyrak etishmovchiligi, aritmiya, prostata bezi giperplaziyasi klinik belgilari bilan (siydik tutilishi), yopiq burchakli glaukoma, yaqqol ateroskleroz, koronar arteriyalar kasalliklari, feoxromositoma, surunkali yurak etishmovchiligi, qandli diabet, arterial gipertenziyada.

Tarkibi

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,025 g; yordamchi moddalar: evkalipt moi, natriy digidrofosfat digidrat, dinatriya edetat (trilon B), benzalkoniya xlorid (50% li eritma ko'rinishida), propilenglikol, 0.1 M xlorid kislotasi eritmasi yoki 0.1 M natriy gidroksid eritmasi, tozalangan suv.

Farmakologik ta'sir

Mahalliy qo'llanganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli so'rilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi kontsentrasiyasi kam. Ta'siri bir necha daqiqadan so'ng namoyon bo'ladi. Ta'sirining davomiyligi 10-12 soat.

Nojo'ya ta'sirlar

Bolalarda uzoq vaqt qo'llashdan va dozani oshirib yuborilishidan saqlanish lozim. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi.

Bolalarda qo'llash

Bolalarda uzoq vaqt qo'llashdan va dozani oshirib yuborilishidan saqlanish lozim. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homilador ayollarda va laktasiya davrida Rinoksil® Kids ning xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun preparatni homilador ayollarda yoki emizish davrida qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. Preparatni laktasiya davrida qat'iy ko'rsatmalarga binoan faqat doimiy shifokor nazorati ostida ona va bola uchun xavf va foyda nisbati qat'iy baholangandan so'ng qo'llash mumkin. Tavsiya qilingan dozani oshirishga yo'l qo'yilmaydi.

Buyrak faoliyatining buzilishida

Preparatni surunkali buyrak etishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

RINOKSILKIDS sprey rasmlari

product

RINOKSIL KIDS sprey 10ml 0,025%

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

RINOKSILKIDS sprey dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

RINOKSILKIDS sprey dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

RINOKSILKIDS sprey dori vositasi Nika Pharm (O'zbekiston) Flumed-Farm, OOO, KP (O'zbekiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Nazal vositalar

O'zbekistonda dorixonalarda RINOKSILKIDS sprey dori vositasi qancha turadi?

RINOKSILKIDS sprey dori vositasining boshlang'ich narxi - 28 000 so'mdan.

RINOKSILKIDS sprey dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

RINOKSILKIDS sprey dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

RINOKSILKIDS sprey haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

RINOKSILKIDS sprey analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.