-faol moddaga yoki preparatning har qanday nofaol komponentlaridan biriga o'ta yuqori sezuvchanlik.
-homiladorlik va laktasiya davri (etarlicha ma'lumot yo'qligi sababli).
-12 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shaklining havfsizligi va samaradorligi hakida etarlicha ma'lumot yo'qligi sababli).
FAOL MODDA: MEBEVERIN SAQLOVCHI MEBEVERIN GIDROXLORIDI MIKROGRANULALARI (PELLETLARI) – 200 MG;
Ichga qabul qilinganidan so'ng mebeverin tez va to'liq so'riladi. Ajralib chiqishi modifikasiyalangan dori shakli kuniga 2 marta dozalash tartibini ishlatish imkonini beradi.
Taqsimlanishi.
Preparatning takroriy dozalari qabul qilinganida ahamiyatli darajada to'planish yuz bermaydi.
Metabolizm.
Mebeverin gidroxloridi asosan esterazalar tomonidan metabolizmga uchraydi, ular birinchi bosqichda efirni veratrov kislotasi va mebeverin spirtiga parchalaydilar. Plazmada aylanib yuruvchi asosiy metaboliti demetillangan karbon kislotasi hisoblanadi. Demetillangan karbon kislotasining muvozanat xolatidagi yarim chiqarilish davri taxminan 5,77 soatni tashkil qiladi. Takroriy dozalar (200 mg dan kuniga ikki marta) demetil guruhini ajralishi karbon kislotasining qondagi maksimal kontsentrasiyasi (Cmax) 804 ng/ml ni, metil guruxini yo'qotgan karbon kislotasining qondagi maksimal kontsentrasiyasiga erishish vaqti (Tmax) taxminan 3 soatni tashkil qiladi.
Ajralib chiqishi modifikasiyalangan kapsuladagi preparatning nisbiy Biokiraolishligi o'rtacha qiymati 97% ni tashkil etadi.
Chiqarilishi.
Mebeverin organizmdan chiqarilmaydi, lekin to'liq metabolizmga uchraydi. Uning metabolitlari organizmdan to'liq chiqariladi. Veratrov kislotasi buyraklar orqali chiqariladi. Mebeverin spirti ham, qisman karbon kislotasi ko'rinishida va qisman demetillangan karbon kislotasi ko'rinishida peshob bilan chiqariladi.