Hududni tanlang
group

PIRANTEL suspensiya

«POLFARMA» AO (Polsha)
Faol moddalar:
Pirantel

PIRANTEL suspensiyaning dorixonalardagi narxlar

product
Pirentel suspenziya 15ml N1
«POLFARMA» AO

Yo'riqnoma PIRANTEL suspensiya

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

enterobioz;

- askaridoz;

- ankilostomoz;

- nekatorozda qo‘llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

- piperazinni bir vaqtda qo‘llash;

- miasteniya (davolash davrida) da qo‘llash mumkin emas


Tarkibi

15 ml suspeziya quyidagilarni saqlaydi: 
faol modda: pirantel 0,750 g (2,1625 g pirantel embonati ko‘rinishida),
yordamchi moddalar: natriy benzoati, natriy karmelloza, sorbitol, glitserin, magniy-alyuminiy silikati, polisorbat 80, povidon, 30% simetikon emulьsiyasi, limon kislotasi monogidrati, o‘rik aromatizatori, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Farmakodinamikasi

Pirantel ichakning dumaloq chuvalchanglari bilan zararlanishda samarali preparat hisoblanadi. Ichak nematodalarining nerv-mushak birikmalarini depolyarizatsiyasi va xolinesteraza ta'sirini bloklash yo‘li bilan ularning mushaklariga ta'sir qiladi. Harakatlanaolmaydigan parazitlar ichakning peristalьtik harakatlari hisobiga ichakdan chiqariladi. Gelьmintlarning migratsiyasini chaqirmaydi, shikastlovchi ta'sirga ega emas. Yetilgan shakllari va rivojlanishning ilk bosqichidagi parazitlarga ta'sir qiladi va lichinkalarni to‘qimalarga migratsiyasi vaqtida ularga ta'sir qilmaydi. Preparat eng avvalo ostritsalar (Enterobius vermicularis) va askaridalar (Ascaris lumbricoides) bilan zararlanishda qo‘llaniladi. Ankilostoma bilan zararlanishda qo‘llanilishi mumkin; nekatorozni (Necator americanus). davolashga nisbatan ankilostomidozni (Ancylostoma duodenale) davolashda samaraliroq ta'sir ko‘rsatadi.

Farmakologik ta'sir

Pirantel embonati – suvda deyarli erimaydi, me'da-ichak yo‘llaridan ahamityasiz miqdorda so‘riladi, tana vazniga 10 mg/kg bir martalik doza qabul qilingandan keyin qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasi 1-3 soat davomida 0,05-0,13 mkg/ml ni tashkil qiladi. 

So‘rilgan pirantel embonati jigarda qisman metabolizmga uchraydi va N-metil-1,3-propandiamin hosil bo‘ladi.

Pirantel embonatining 15% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda va metabolitlari shaklida siydik bilan chiqariladi. Dozaning 50% ko‘prog‘i o‘zgarmagan shaklda axlat bilan chiqariladi.


Homiladorlik va laktatsiya davrida

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda pirantelning homilaga zararli ta'siri aniqlanmagan. Pirantelni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha nazoratli klinik tadqiqotlar yo‘qligi sababli, homiladorlik davrida ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardan tashqari hollarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktatsiya Pirantelning ona sutiga kirishini tekshirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun emizish davrida ayollar pirantelni qo‘llashlari tavsiya etilmaydi. Agar preparat bilan davolash zarurati bo‘lsa, emizishini to‘xtatish kerak.kki yoshgacha bo‘lgan bolalarga preraratni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish va qonda AST faolligini nazorat qilish kerak. Dozani kamaytirishni ko‘rib chiqish mumkin.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

PIRANTEL suspensiya boshqa turlari

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

PIRANTEL suspensiya dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

PIRANTEL suspensiya dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

PIRANTEL suspensiya dori vositasi «POLFARMA» AO (Polsha) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Dori vositalari

PIRANTEL suspensiya dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

PIRANTEL suspensiya dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

PIRANTEL suspensiya haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.