Hududni tanlang
group

OSPAMOKS kukun

Sandoz Pharmaceuticals d.d. (Avstriya)

Yo'riqnoma OSPAMOKS kukun

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Bolalar va kattalarda quyidagi infektsiyalarni davolash:

-o'tkir bakterial sinusit;

-o'tkir o'rta otit;

-o'tkir streptokokkli tonzillit va faringit;

-surunkali bronxitni zo'rayishi;

-kasalxonadan tashqari pnevmoniya;

-o'tkir tsistit;

-homiladorlarda simptomsiz bakteriuriya;

-o'tkir pielonefrit;

-TIF va paratif;

-tarqaluvchi flegmona bilan kechuvchi dental abssess;

-protezlangan bo'g'im infektsiyasi;

-Helicobacter pylori eradikasiyasi;

-Laym kasalligi. Endokarditni oldini olishda qo'llanadi.


Antibakterial preparatlarni tegishli qo'llash bo'yicha rasmiy yo'riqnomalarni e'tiborga olish kerak.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Ta'sir etuvchi modda, biron-bir penisillin yoki dori vositasining har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik;

Anamnezida boshqa beta-laktam preparatiga (masalan tsefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlar guruhiga mansub) darhol tipdagi yuqori sezuvchanlikning og'ir darajadagi reaktsiyasi (masalan anafilaksiya)da qo'llash mumkin emas.

 

Farmakodinamikasi

Amkosisillin bakteriya xujayra devorining struktur komponenti – peptidoglikan biosentezi jarayonida bir yoki bir nechta fermentlarni (ko'pincha penisillin bog'lovchi oqsillar deb nomlanuvchi) ingibitsiya qiluvchi yarimsintetik penisillin, beta-laktam antibiotik bo'lib hisoblanadi. Peptidoglikan sintezini bostirilishi xujayra devori mustahkamligini yo'qolishiga olib keladi, bu xujayra lizisi va nobud bo'lishiga olib keladi.

Amoksisillin rezistent bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan beta-laktamazalar ta'siri ostida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.

Minimal bostiruvchi kontsentrasiyadan yuqori kontsentrasiyani tutib turish vaqti (T>MBK) amoksisillinning samaradorligining asosiy omili deb hisoblanadi.

Amoksisillinga rezistentlik rivojlanishining asosiy mexanizmi bo'lib bakterial beta-laktamazalar tomonidan faolsizlanish va antibakterial preparatni nishonga yaqinligini pasayishini chaqiruvchi penisillin bog'lovi oqsillarni o'zgarishi hisoblanadi. Bakteriyaning o'tkazmasligi yoki preparatni bakteriya xujayrasidan faol tashilishi mexanizmlari rezistentlikning bevosita sababi bo'lishi yoki uni yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa grammanfiy bakteriyalarda.

Chegaraviy kontsentrasiyalar

EUCAST (mikroblarga qarshi preparatlarga sezuvchanlikni aniqlash bo'yicha Evropa qo'mitasi), versiya 9.0 ga muvofiq minimal bostiruvchi kontsentrasiyalarning chegaraviy ko'rsatkichlari (2019 g., http://www.eucast.org).

Mikroorganizm

Chegaraviy ko'rsatkichlar MBK (mg/l)

Sezuvchanlik ≤

Rezistent>

Enterobacterales*

81

8

Staphylococcus spp.

Izoh2,3

Izoh2,3

Enterococcus spp.4

4

8

A, B, C ва G гуруҳ Streptococcus

Izoh5

Izoh5

Streptococcus pneumoniae

0,56

16

viridans guruhi streptokokklari

0,5

2

Haemophilus influenzae

27

27

Moraxella catharrhalis

Izoh8

Izoh8

Neisseria gonorrhoeae9

Изоҳ9

Изоҳ9

Neisseria meningitidis

0,125

1

Clostridioides difficile10 dan tashqari grammusbat anaeroblar

4

8

Грамманфий анаэроблар10

0,5

2

Helicobacter pylori

0,12511

0,12511

Pasteurella multocida

1

1

Aerococcus sanguinicola и urinae

 Izoh12

Izoh12

Kingella kingae

0,12513

0,12513

Farmakokinetika/ farmakodinamika nisbati nuqtai nazardan chegaraviy ko'rsatkichlar (qo'zg'atuvchining ma'lum turi bilan bog'liq bo'lmagan)

2

8

*Yaqindagi taksonomik tadqiqotlar Enterobacteriaceae oilasi ta'rifini toraytirgan. Ushbu oilaning ayrim avvalgi vakillari endi Enterobacterales qatorining boshqa oilalariga kiritilgan. Ushbu jadvaldagi chegaraviy ko'rsatkichlar Enterobacterales ning barcha vakillariga taalluqli.

1 yovvoyi tipdag enterobacterales aminopenisillinlarga sezuvchan deb baholanadi. Ayrim mamlakatlarda yovvoyi tipdagi E. coli va P. Mirabilis izolyatlari "sezuvchan, ammo moddaning kontsentrasiyasi oshirilganda" deb baholagan afzal. Bunday holatlarda sezuvchan mikroorganizmlar uchun MBK ≤ 0,5 mg/l chegaraviy ko'rsatkichi va ≥ 50 mm zona diametrining tegishli chegaraviy ko'rsatkichlari qo'llanadi.

2 ko'pgina stafilokokklar penisillinaza ishlab chiqaradi, bu benzilpenisillinga, fenoksimetilpenisillinga, ampisillinga, amoksisillinga, piperasillinga va tikarsillinga rezistent qiladi. Benzilpenisillinga va tsefoksitinga sezgir sifatida aniqlangan stafilokokklar yuqoridagi moddalarga sezuvchan deb hisoblanishi mumkin. Ammo peroral shakllarning, xususan fenoksimetilpenisillinning samaradorligi aniqlanmagan bo'lib hisoblanadi. Benzilpenisillinga rezistent, ammo tsefoksitinga sezgir deb aniqlangan izolyatlar beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmualarda, izoksazolilpenisillin (oksasillin, kloksasillin, dikloksasillin va flukloksasillin), naftsillin va ko'pgina tsefalosporinlarga sezgir. Tseftarolin va tseftobiproldan tashqari barcha beta-laktam preparatlariga chidamli izolyatlar tsefoksitinga rezistent.

3 Ampisillinga sezgir S.  saprophyticus mecA-manfiy va ampisillin, amoksisillin va piperasillinga sezgir (beta-laktamaza ingibitori bilan yoki usiz).

4 Beta-laktamaza ingibitori bilan yoki usiz ampisillin, amoksisillin va piperasillinga sezuvchanlik ampisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.

5, V guruh streptokokklarni fenoksimetilpenisillin va izoksazolilpenisillinga sezuvchanligidan tashqari A, V, S va G guruh streptokokklarni penisillinlarga sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.

6 Beta-laktamlarga rezistentlikni inkor etish uchun 1 mkg oksasillin saqlovchi disk bilan skriningdan foydalanish kerak. Agar izolyatlarning skrining test natijalari (bostirish zonasi ≥ 20 mm) manfiy bo'lsa, izolyatlar keyinchalik testsiz barcha beta-laktam moddalarga sezgir deb tan olinishi mumkin, ular uchun klinik chegaraviy kontsentrasiyalar mavjud, shu jumladan "Izoh" belgisi qo'yilganlar uchun ham. Skrining test natijasi ijobiy (bostirish zonasi < 20 mm) bo'lganida interpretasiya uchun EUCAST v.9 yo'riqnomasida keltirilgan sxemaga murojaat etish kerak.

7 Beta-laktamaza-musbat izolyatlar beta-laktamaza ingibitorisiz ampisillin, amoksisillin va piperasillinga rezistent bo'lishi mumkin. Beta-laktamazani aniqlash uchun xromogen tsefalosporinli testni qo'llash mumkin. Faqat yuqori dozali davolash uchun ma'lumotlar: 750 mg – 1 g kuniga 3 marta.

8 M. catarrhalis ning ko'pgina shtammlari beta-laktamaza ishlab chiqaradi, garchi uni ishlab chiqarilishi sekin amalga oshadi va in vitro sharoitlardagi testlarda kuchsiz reaktsiya ko'rsatadi. Beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlarni beta-laktamaza ingibitorisiz qo'llanayotgan penisillinlar va aminopenisillinlarga rezistent deb hisoblash kerak.

9 har doim beta-laktamazalar mavjudligiga test o'tkazish kerak. Agar test musbat bo'lsa, benzilpenisillin, ampisillin va amoksisillinga rezistentlik haqida xabar beriladi. Beta-laktamazalarni aniqlash uchun xromogen tsefalosporinli testdan foydalanish mumkin. Beta-laktamaza-manfiy izolyatlarngi ampisillin va amoksisillinga sezuvchanligi benzilpenisillinga sezuvchanligi asosida aniqlanishi mumkin.

10 ampisillin, amoksisillin, piperasillin va tikarsillinga sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.

11 chegaraviy kontsentrasiyalar ko'rsatkichlari chegaralarning epidemiologik nuqtalariga (ECOFFs) asoslangan, ular yovvoyi tipdagi izolyatlarni sezuvchanligi pasaygan izolyatlardan ajratadi.

12 sezuvchanlik ampisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanadi.

13 sezuvchanlik benzilpenisillinga sezuvchanlik asosida aniqlanishi mumkin.



Ayrim turlarning rezistentligini tarqalganligi mintaqaviy va vaqtga qarab xarakterlanadi, shuning uchun antibiotikorezistentlik bo'yicha mahalliy ma'lumotni olgan afzal, ayniqsa og'ir darajadagi infektsiyalar holatida. Agar antibiotikorezistentlikning mahalliy ko'rsatkichlari kamida ayrim infektsiyalari turlarida dori vositasining samaradorligi gumon qilinsa, tegishli mutaxassislarga murojaat etish kerak.

Odatda sezgir mikroorganizmlar

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis, beta-gemolitik streptokokklar (A, V, S va G guruhi), Listeria monocytogenes

Orttirilgan rezistentlik rivojlanishi potentsialiga ega mikroorganizmlar

Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Helicobacter pylori, Proteus mirabilis, Salmonella typhi, Salmonella paratyphi, Shigella spp., Pasteurella multocida.

Grammusbat aeroblar: koagulazo-manfiy stafilokokk, Staphylococcus aureus**, Streptococcus pneumoniae, viridans guruhi streptokokklari.

Grammusbat anaeroblar: Clostridium spp. Grammanfiy anaeroblar: Fusobacterium spp. Boshqalar: Borrelia burgdorferi.

Tabiiy rezistentlikka ega mikroorganizmlar*

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium*.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp.,

Pseudomonas spp.

Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides spp. (Bacteroides fragilis ning ko'pgina shtammlari rezistent).

Boshqalar: Chlamydia spp., Mycoplasma spp., Legionella spp.



* Tabiiy rezistentlik yo'qligida oraliq tabiiy sezuvchanlik.
** Deyarli barcha S. aureus penisillinaza ishlab chiqaradi va amoksisillinga rezistent. Bundan tashqari, barcha metisillinga rezistent shtammlar amoksisillinga rezistent.

Farmakologik ta'sir

Amoksisillin rn fiziologik darajasida suvli eritmada deyarli to'liq dissosiasiyaga uchraydi. Ichga qabul qilingandan keyin u tez va yaxshi so'riladi. Ichga qabul qilinganda amoksisillinning Biokiraolishligi taxminan 70% ga etadi. Cho'qqi kontsentrasiyasiga erishish vaqti (Tmax) taxminan bir soatni tashkil qiladi.

Sog'lom ko'ngillilarda amoksisillinni 250 mg dozada sutkada uch marta och qoringa qabul qilinganda zardobdagi maksimal kontsentrasiyasi 3,3±1,12 mkg/ml ni, maksimal kontsentrasiyasiga erishish vaqti medianasi – 1,5 soatni (diapazon 1,0-2,0), AUC(0-24 ch) ko'rsatkichi – soatiga 26,7±4,56 mkg/ml, yarim chiqarilish davri (T½) — 1,36±0,56 soatni tashkil qilgan.

250 dan 3000 mg gacha dozalar diapazonida biokiraolishlik (AUC va Cmax ko'rsatkichlari) dozaga to'g'ri proportsional. Bir vaqtda ovqat qabul qilish so'rilishga ta'sir ko'rsatmaydi.

Dori vositasi gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin.

Plazmadagi amoksisillinning umumiy miqdorining taxminan 18% oqsillar bilan bog'langan holatda bo'ladi. Taxminiy taqsimlanish xajmi taxminan 0,3–0,4 l/kg ni tashkil qiladi.

Vena ichiga yuborilgandan keyin amoksisillin o't qopi, qorin devori to'qimalari, yog'to'qimasi, mushak to'qimasi, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksisillin orqa miya suyuqligiga kuchsiz darajada kiradi.

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda dori vositasining komponentlarini to'qimalarda ahamiyatli to'planishining dalillari olinmagan. Amoksisillin ko'krak sutiga kiradi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.

Amoksisillin dastlabki dozaning 10-25 % gacha ekvivalent miqdorlarda nofaol penisillin kislotasi shaklida siydik bilan qisman chiqariladi.

Asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Amoksisillin sog'lom odamlarda taxminan bir soat o'rtacha yarim chiqarilish davri va taxminan soatiga 25 l o'rtacha umumiy klirens bilan xarakterlanadi. Amoksisillinning taxminan 60-70% o'zgarmagan ko'rinishda siydik bilan 250 mg yoki 500 mg dozada bir marta qabul qilgandan keyin birinchi 6 soat davomida chiqariladi. 24-soat davr doirasida siydik bilan chiqarilishi 50-85 % ni tashkil qiladi.

Probenesidni yondosh qabul qilish amoksisillinni chiqarilishini sekinlashtiradi.

Pasientlarning yoshi

3 oylikdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda, kattaroq yoshdagi bolalar va katta shaxslarda amoksisillinni yarim chiqarilish davri o'xshash. Juda kichik bolalarda (shu jumladan muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarda) chiqarilishning buyrak yo'li etilmaganligi tufayli hayotining birinchi xaftasida dori vositasi kuniga ikki martadan ko'proq qo'llanmasligi kerak. Keksa shaxslarda buyrak funktsiyasini pasayishi ehtimoli yuqori bo'lganiligi tufayli, dozani tanlashga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, shuningdek buyrak funktsiyasini nazorat qilish talab etilishi mumkin.

Jins

Amoksisillinning farmakokinetikasi pasientning jinsiga bog'liq emas.

Buyrak funktsiyasini buzilishi

Amoksisillinning umumiy plazmadagi klirensi buyrak funktsiyasini pasayishiga proportsional ravishda pasayadi.

Jigar etishmovchiligi

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarni davolash ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi, jigar funktsiyasini muntazam nazorat qilish talab etiladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlik davrida amoksisillinni qo'llash bo'yicha cheklangan ma'lumotlar tug'ma anomaliyalar rivojlanishi xavfini oshishiga ishora qilmaydi. Agar dori vositasini qo'llashdan potentsial foyda potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, Ospamoks preparatini homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin. Amoksisillin oz miqdorda ko'krak suti bilan ajraladi, bu sensibilizasiya xavfini tug'diradi. Emizikli chaqaloqlarda diareya va shilliq qavatlarning zamburug'li infektsiyalari rivojlanishi mumkin, shuning uchun emizishni to'xtatish talab etilishi mumkin. Emizish davrida Ospamoks preparati bilan davolashni faqatgina davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini baholagandan keyin amalga oshirish mumkin. Amoksisillinni fertillikka ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

OSPAMOKS kukun boshqa turlari

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

OSPAMOKS kukun dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

OSPAMOKS kukun dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

OSPAMOKS kukun dori vositasi Sandoz Pharmaceuticals d.d. (Avstriya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

OSPAMOKS kukun dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

OSPAMOKS kukun dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

OSPAMOKS kukun haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

OSPAMOKS kukun analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.