Hududni tanlang
group

НУРОЗИД eritma

BKRS Pharma Pvt. Ltd. (Hindiston)
Faol moddalar:
Sitikolin
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing

NUROZID eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
NUROZID inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
BKRS Pharma Pvt. Ltd.

Yo'riqnoma NUROZID eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

ishemik insulьning o'tkir davri (majmuaviy davolash tarikibida);
ishemik va gemorragik insulьtning tiklanish davri;
bosh -miya jaroxati, o'tkir (majmuaviy davolash tarkibida) va tiklanish davri;
bosh miyaning degenerativ va tomirli kasalliklaridagi kognitiv va xulqning buzilishlarida qo'llaniladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning xar qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
yaqqol vagotoniya (vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismi tonusini ustunligi);
fruktozani o'zlashtiraolmaslik balan bog'liq bo'lgan, kam uchraydigan nasliy kasalliklar;
18 yoshgacha bo'lgan bolalar (etarli klinik ma'lumotlar bo'lmaganligi tufayli) da qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Sitikolin xujayra membranasining asosiy ulьtrastruktur komponentlarining (asosan fosfolipidlarning) o'tmishdoshi bo'lib, keng ta'sir doirasiga ega – xujayralarning shikastlangan membranalarini tiklanishiga yordam beradi, fosfolipazalar ta'sirini ingibirlaydi, erkin radikallarni oshiqcha xosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, shuningdek apoptoz mexanizmlariga ta'sir qilib, xujayralarning nobud bo'lishini oldini oladi.Insulьtning o'tkir davrida sitikolin bosh miya to'qimasining shikastlanish xajmini kamaytiradi, xolinergik o'tkazuvchanlikni yaxshilaydi. Bosh -miya travmasida posttravmatik komaning davomiyligi va nevrologik simptomlarning yaqqolligini kamaytiradi, bundan tashqari, tiklanish davrining davomiyligini kamayishiga yordam beradi. Bosh miyaning surunkali gipoksiyasida sitikolin, xotirani yomonlashishi, tashabbussizlik, kundalik xarakatlar va o'z-o'ziga xizmat qilishda paydo bo'luvchi qiyinchilikdar kabi kognitiv buzilishlarni davolashda samarador. Diqqat-e'tibor va ong darajasini oshiradi, shuningdek amneziya ko'rinishlarini kamaytiradi.
Degenerativ va tomirli etiologiyali nevrologik sezuvchanlik va xarakat buzilishlarini davolashda samarador.

Farmakologik ta'sir

So'rilishi
Vena ichiga va mushak ichiga yuborilganda sitikolin yaxshi so'riladi.
Metabolizmi
Vena ichiga va mushak ichiga yuborilganda sitikolin jigarda xolin va sitidin xosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Yuborilganda keyin, qon plazmasida xolinning kontsentratsiyasi axamiyatli oshadi.
Taqsimlanishi
Sitikolin xolin fraktsiyalarini struktur fosfolipidlar va sitidin fraktsiyalari – sitidinli nukleotidlar va nuklein kislotalariga tez kirishi bilan bosh miya strukturalarida axamiyatli darajada taqsimlanadi. Sitikolin bosh miyaga qiradi va struktur fosfolipidlar fraktsiyalarining bir qismini xosil qilib, xujayra, sitoplazmatik va mitoxondrial membralalarga faol joylashadi.
Chiqarilishi
Sitikolinning yuborilgan dozasining faqat 15% odam organizmidan chiqariladi: 3% dan kamrog'i – buyuraklar orqali va taxminin 12% - nafas bilan chiqarilayotgan SO2 bilan.
Sitekolinni siydik bilan chiqarilishida 2 fazani ajratish mumkin: taxminan 35 soat davom etuvchi birinchi faza, buni davomida chiqarilish tezligi tez pasayadi, va ikkinchi faza, uning davomida chiqarilish tezliga ancha sekinroq. Xuddi shu nafas bilan chiqarilayotgan SO2 bilan xam kuzatiladi – taxminan 15 soat o'tgach chiqarilish tezligi tez pasayadi, so'ngra esa ancha sekinlashadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Sitikolinni xomilador ayollarda qo'llash bo'yicha yetarlicha ma'lumotlar yo'q. Garchi xayvonlaradagi tekshirishlarda salbiy ta'siri aniqlanmagan bo'lsa-da, xomiladorlik davrida Nurozid dori preparati faqat, ona uchun kutilayotgan foyda, xomila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan xollarda buyuriladi. Nurozid laktatsiya davrida buyurilganda ayollar emizishni to'xtatishlari kerak, chunki sitikolinni ayol suti bilan chiqarilishi xaqida ma'lumotlar yo'q.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

НУРОЗИД eritma rasmlari

product

NUROZID inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

NUROZID eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

NUROZID eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

NUROZID eritma dori vositasi BKRS Pharma Pvt. Ltd. (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Asab tizimi

NUROZID eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

NUROZID eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

NUROZID eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

НУРОЗИД eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI