Foydalanish uchun ko'rsatmalar
turli etiologiya va patogenezli gepatitlar
- jigar sirrozi (terminal bosqichdan tashqari)
- jigarning yog‘li degeneratsiyasi
- homiladorlar toksikozida kompleks terapiya tarkibida
- 3 yoshdan katta bolalarda turli etiologiya va patogenezli gepatitlarni davolashda qo‘shimcha terapiya tarkibida qo‘llaniladi
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparatga yuqori sezuvchanlik;
- asal va asal saqlovchi mahsulotlarga allergik reaktsiyalarda qo‘llash mumkin emas.
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: past molekulyar qand moddalari (N-pentoksenial) – 4 mg;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv
Farmakodinamikasi
Natolan yangi toifadagi moddalarga mansub dori vositasi hisoblanib, gepatotsitlar, pankreotsitlar retseptorlariga affin bo‘lgan qand moddalar guruhini o‘zida saqlovchi molekulaga ega. Preparat faqat o‘ziga xos, uning boshqa kimyoviy unsurlariga xos bo‘lmagan farmakologik ta'sir ko‘rsatadi.
Energetik almashinuvga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatib, 5 oksilipoksigenaza bilan o‘zaro ta'sirlashish tufayli yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni bloklaydi, hujayra membranalarining ion-transport tizimini faollashtiradi, himoyaviy antioksidant funktsiyani rivojlantiradi, gepatotsit membranalarining turg‘unlashishiga yordam beradi va o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Preparat jigarning antitoksik faoliyatini kuchaytiradi, oqsillarni sintez qiluvchi va lipidlarni hosil qiluvchi faoliyatlarini yaxshilaydi, surunkali virusli gepatit V va S da serokonversiyaga erishishga imkon beradi, gepatitning klinik belgilarini kamaytirib, jigarning funktsional xolatini yaxshilaydi, jigar funktsiyasining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, gepatotsitlarning shikastlanish markerlari – ALT, AST, IF, GGTP miqdorini kamaytiradi. Gemopoezga ijobiy ta'sir qilib, gemoglobin, letskotsitlar ishlab chiqarilishini, hamda periferik va markaziy gemodinamikani normallashtiradi.
Jigar fibrozining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Jigar funktsiyasi, jumladan gepatit, sirroz va boshqalarda yo‘qotilgan funktsiyalarning tiklanishiga yordam beradi
Ta'sir qilishning ushbu spektri jismoniy ishlash qobiliyati va hayot sifatining yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi
Farmakologik ta'sir
Preparat mushak ichiga yuborilgandan so‘ng juda qonga tez so‘riladi va uning taqsimlanishini aniqlashning iloji yo‘q, chunki uning tarkibida patsiyentning o‘rtacha 10 kg vazniga hisoblaganda, 0,012 mg qand moddalari mavjud. Preparatning mavjudligi va ta'siri haqida faqat bilvosita belgilar bo‘yicha fikr bildirish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Hayvonlarda o‘tkazilgan izlanishlarda Natolan preparatining teratogen hususiyatlari aniqlanmagan. Natolan preparati tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda, hozirgi kungacha uning homiladorlikning o‘tishiga yoki go‘dakning salomatligiga nojo‘ya ta'siri haqida habar berilmagan. Agar kutilayotgan davolash effekti nojo‘ya ta'sirlar kelib chiqish havfidan ustun bo‘lsa, Natolan preparatini shifokor ko‘rsatmasiga asosan homilador ayollarni davolashda qo‘llash mumkin