Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Metilprednizolon quyidagi holatlarda buyurilishi mumkin:
Endokrin buzilishlar:
Birlamchi yoki ikkilamchi adrenokortikoid yetishmovchilik, buyrak usti bezi po'stlog'ini tug'ma giperplaziyasi.
Yiringsiz tireoidit.
Rak bilan bog'liq giperkalьtsiyemiya.
Revmatik buzilishlar:
Qiska muddatli qo'llash uchun qo'shimcha davolash sifatida:
Revmatoid artrit, jumladan yuvenil revmatoid artrit (alohida holatlarda kichik dozadan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash talab qilinishi mumkin).
Ankilozlanuvchi spondiloartrit.
O'tkir va o'tkir osti bursit.
Osteoartroz sinoviti.
O'tkir nospetsifik tendosinovit.
Posttravmatik osteoartroz.
Psoriatik artrit.
Epikondilit.
O'tkir podagrali artritda qo'llanadi.
Kollagen kasalliklari:
Kasalliklarni zo'rayishida yoki ayrim holatlarda samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida qo'llanadi:
Tizimli qizil yugurik.
Tizimli dermatomiozit (polimiozit).
O'tkir revmatik kardit.
Dermatologik kasalliklar:
Bullyoz gerpesga o'xshash dermatit.
Og'ir ko'p shaklli eritema (Stivens-Djonson sindromi).
Og'ir seboreyali dermatit.
Eksfoliativ dermatit.
Zamburug'ga o'xshash mikoz.
Po'rsildoq yara.
Psoriazni og'ir shakllari.
Allergik holatlar:
An'anaviy adekvat usullar bilan davolab bo'lmaydigan, og'ir yoki nogironlikka olib keluvchi allergik holatlarni nazorat qilish:
Mavsumiy yoki ko'p yillik allergik rinit.
Dori vositalariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Zardob kasalligi.
Kontakt dermatit.
Bronxial astma.
Atopik dermatit.
Oftalьmologik kasalliklar:
Ko'z va qovoqlarni shikastlanishi quyidagi o'tkir va surunkali og'ir allergik va yallig'lanish jarayonlari:
Allergik muguz pardaning marginal yaralari.
Oftalьmologik o'rab oluvchi temiratkisi.
Oldingi segmentning yallig'lanishi.
Diffuz orqa uveit va xorioidit.
Simpatik oftalьmiya.
Keratit.
Optik nevrit.
Allergik kon'yunktivit.
Xorioretinit.
Irit va iridotsiklit.
Respirator kasalliklar:
Simptomatik sarkoidoz.
Berillioz.
Boshqa usullari bilan davolab bo'lmaydigan Leffler sindromi.
Yondosh tuberkulyozga qarshi ximioterapiya qo'llangandagi o'tkir yoki tarqalgan o'pka tuberkulyozi.
Aspiratsion pnevmonit.
Gematologik buzilishlar:
Kattalarda idiopatik trombotsitopenik purpura.
Kattalarda ikkilamchi trombotsitopeniya.
Orttirilgan (autoimmun) gemolitik anemiya.
Eritroblastopeniya (eritrotsitar anemiya).
Tug'ma (eritroid) gipoplastik anemiya.
O'sma kasalliklari:
Kattalarda leykoz va limfomada
Bolalarda o'tkir leykozda qo'llanadi.
Edematoz holatlar:
Idiopatik turdagi yoki tizimli qizil yugurik tufayli bo'lgan uremiyasiz nefrotik sindromda diurezni induktsiya qilish yoki proteinuriyani remissiyasida qo'llanadi.
Me'da-ichak buzilishlari:
Regionar enteritda kasallikni keskin davri davomida bemorga yordam berish uchun;
Yarali kolit;
Regionar enteritda qo'llanadi.
Nerv tizimi:
Tarqalgan sklerozni o'tkir zo'rayishida qo'llanadi.
Boshqalar:
Tegishli tuberkulyozga qarshi ximioterapiya bilan bir vaqtda subaraxnoidal blok bilan bo'lgan tuberkulyozli meningitda yoki blok xavfida qo'llanganda.
Nevrologik shikastlanish yoki miokardni shikastlanishi bilan bo'lgan trixinellezda qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tizimli zamburug'li infektsiyalar va preparatning komponentlariga ma'lum bo'lgan yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Metilprednizolon bu asosan glyukokortikoid faollikka ega bo'lgan kortikosteroiddir.
Kortikosteroidlar bir nechta ta'sir mexanizmlariga, shu jumladan yallig'lanishga qarshi faollikka, immunosupressiv xususiyatlarga va antiproliferativ ta'sirga ega. Ular yallig'lanish mediatorlarini (masalan, kininlar, gistamin, liposomal fermentlar, prostaglandinlar, leykotriyenlar) hosil bo'lishi, chiqarilishi va faolligini qisqarish natijasida hujayra immunitetiga nisbatan kuchli yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.
Metilprednizolon natriy suktsinati metilprednizolonga o'xshash metabolik va yallig'lanishga qarshi ta'sirlarga ega. Parenteral va ekvimolyar miqdorda qo'llanganda ikkala birikmalar bir xil biologik faolikka ega. Metilprednizolon natriy suktsinati va gidrokortizon natriy suktsinatining nisbiy samaradorligi kamida birga to'rtni tashkil qiladi.
Farmakologik ta'sir
Metilprednizolon oqsillar bilan mustahkam bog'lanadi va asosan jigarda, kamroq darajada buyrakda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.
Tadqiqot natijalari metilprednizolon natriy suktsinatini efiri preparatni turli yuborish usullarida tez va jadal metilprednizolonni faol komponentiga aylanadi. Mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda erkin metilprednizolonni so'rilish darajasi ekvivalent bo'lib, metilprednizolonning peroral eritma yoki peroral tabletkalarini qabul qilinganidan keyingiga qaraganda va ahamiyatli darajada katta bo'lganiligi aniqlangan. Vena ichiga va mushak ichiga yuborilgandan so'ng so'riladigan metilprednizolonning chegarasi vena ichiga yuborilgandan keyin gemisuktsinat efirining umumiy qon oqimida erishiladigan miqdorini ko'p bo'lishiga qaramasdan ekvivalent hisoblanadi, chunki teri ostiga yuborilgandan keyin to'qimalarda qayta hosil bo'ladi, keyinchalik erkin metilprednizolon sifatida so'riladi. Normal sog'lom kattalarda yarim chiqarilish davri 3,5 soatdan boshlab o'zgaradi va qo'llash usuliga bog'liq emas.