Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Levorilni kasalxona ichi pnevmoniya, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, o'tkir bakterial sinusit, surunkali bronxitni zo'rayishi, teri va teri tuzilmalarining asoratlangan va asoratlanmagan infektsiyalari, surunkali bakterial prostatit, siydik yo'llarining asoratlangan va asoratlanmagan infektsiyalari, o'tkir piyelonefrit, qorin ichi infektsiyasi, o'tkir o'rta quloq otiti, kuydirgini o'pka shakli (kontaktda bo'lgandan so'ng), o'latda qo'llash mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Levofloksatsinga yoki boshqa ftorxinolonlarga, shuningdek preparatning yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik, tutqanoq, xinolonlar bilan davolash ertaroq o'tkazilganida paylarni shikastlanishi, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar va o'smirlarda (18 yoshgacha) qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Keksalarda (buyrak funktsiyasini yondosh pasayish ehtimoli yuqori bo'lganligi tufayli), glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Farmakologik ta'sir
Levofloksatsin sog'lom ko'ngillilarga 500 mg dozada vena ichiga 60 minut davomida infuziya qilingandan so'ng plazmasida o'rtacha cho'qqi kontsentratsiyasi 6,2 mkg/ml ni tashkil qilgan. Levofloksatsinni bir martalik dozasi 500 mg vena ichiga yuborilganidan so'ng farmakokinetik hususiyatlari muvofiq ravishda: Cmax – 6,2±1,0 mkg/ml, Tmax – 1,0±0,1 soat, yarim chiqarilish davri – 6,4±0,7 soatni tashkil etadi. Levofloksatsin vena ichiga bir marta va ko'p marta yuborilganida uning farmakokinetikasi to'g'ri chiziqli xarakterga ega va oldindan aytish mumkin. Levofloksatsin vena ichiga yuborilganidan so'ng plazmadagi kontsentratsiyasi tabletka shaklida qabul qilingandagi bilan o'xshashdir, shuning uchun og'iz orqali qabul qilish va vena ichiga yuborish usullari bir-birini o'rnini bosuvchi hisoblanadi. Levofloksatsin 500 mg dozada vena ichiga bir marta va ko'p marta yuborilganidan so'ng o'rtacha taqsimlanish hajmi 89 l dan 112 l gacha qiymatni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 30-40% ni tashkil etadi. Levofloksatsin bir marta yoki ko'p marta yuborilgandan so'ng o'rtacha yakuniy yarim chiqarilish davri 6 soatdan 8 soatgachani tashkil etadi. Levofloksatsin a'zolar va to'qimalar: o'pka, bronxlarning shilliq qavati va balg'am, siydik jinsiy tizim a'zolari, shu jumladan prostata bezi, suyak to'qimasi, orqa miya suyuqligi, polimorf yadroli leykotsitlar, alьveolyar makrofaglarga yaxshi o'tadi. Levofloksatsin asosan siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Jigarda katta bo'lmagan qismi oksidlanadi va/yoki dezatsetillanadi. Peroral qabul qilingandan so'ng qabul qilingan dozasining taxminan 87% 48 soat davomida siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. 4% dan kamroq qismi 72 soat davomida ahlatda aniqlanadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Preparatni emizish davridagi ayollarda, bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda qo'llash mumkin emas. Levoril homiladorlik vaqtida kutilgan potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgandagina qo'llash mumkin.