Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan yengil va o'rtacha og'irlik darajasidagi quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklarida qo'llanadi: quyi nafas yo'llarining infektsiyalarida (pnevmoniya, surunkali bronxitni zo'rayishi); o'tkir bakterial sinusit; siydik chiqarish yo'llarining va buyraklarning infektsiyalari (shu jumladan piyelonefrit); teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari (yiringli ateroma, abstsess, furuklellar); surunkali bakterial prostatit; intraabdominal infektsiyalar (anaerob mikrofloraga ta'sir etuvchi antibakterial preparatlar bilan majmuada); tuberkulyoz (dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolash uchun) qo'llaniladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Levofloksatsinga, boshqa ftorxinolonlarga yoki anamnezida preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; tutqanoq; anamnezida xinolonlarni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan paylarni shikastlanishi; bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar; homiladorlik; laktatsiya davrida qo'llash mumikn emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Keksalar (yondosh buyrak faoliyatini pasayishi bo'lishining katta ehtimoli); glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi.
Farmakologik ta'sir
So'rilishi
Levofloksatsin ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'llaridan tez va to'liq so'riladi. Ovqat qabul qilish so'rilish tezligi va to'liqligiga kam ta'sir qiladi. Biokiraolishligi – 99%. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 1-2 soatdan keyin erishiladi va levofloksatsinning 250 mg, 500 va 750 mg li dozalari uchun muvofiq ravishda 2,8 mkg/ml, 5,2 mkg/ml va 8,0 mkg/ml ga teng.
Taqsimlanishi
Bir martalik yoki ko'p martalik doza qabul qilingandan keyin so'rilgan preparatning miqdori qabul qilingan dozaga proportsional. Plazmadagi muvozanat kontsentratsiyasiga 48 soatdan keyin erishiladi. Levofloksatsinning o'rtacha taqsimlanish hajmi 74 l dan 112 l gacha o'zgarib turadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 30-40%. A'zo va to'qimalar: o'pka, bronxlarning shilliq qavatlariga, balg'amga, alьveolyar makrofaglarga (o'pka to'qimalalaridagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasidan 2-5 marta yuqoridir), siydik-jinsiy tizimi a'zolariga, polimorf yadroli leykotsitlarga yaxshi o'tadi.
Metabolizmi
Levofloksatsin jigarda cheklangan tarzda metabolizmga uchraydi (oksidlanadi va/yoki atsetil guruhi yo'qotiladi).
Chiqarilishi
Organizmdan asosan buyrak orqali kalavalar filьtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi yo'li bilan chiqariladi. Levofloksatsinning yarim chiqarilish davri – 6-8 soat. Qabul qilingan dozaning kamida 5% desmetil va N-oksid-metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan keyin qabul qilingan dozaning 70% 24 soat davomida va 87% - 48 soat davomida buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi. Ichga qabul qilingan dozaning 4% dan kamrog'i 72 soat ichida ichak orqali chiqariladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Levofloksatsinni xomilador ayollarda va emizikli ayollarda qo'llash mumkin emas.
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.