Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Glyukozamin va xondroitinning majmuasi bolalar, kattalar va keksa yoshdagi shaxslarda bo'g'im tog'ayi to'qimalarining degenerativ-distrofik o'zgarishlari bilan kechadigan tayanch-harakat apparatining kasalliklari va boshqa holatlarni majmuaviy davolash uchun tavsiya qilinadi.
Quyidagilarda:
- I-III-darajali birlamchi va ikkilamchi osteoartroz, osteoporoz, parodontopatiyalar;
- elka-kurak periartriti;
- osteoxondroz, spondilyoz, tizza qopqog'ining xondromalyasiyasi;
- sinishlar (suyak qadog'i hosil bo'lishini tezlashtirish uchun);
- bo'g'imlar va umurtqa pog'onasining degenerativ-distrofik kasalliklarida qo'llanadi
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Xondroask plyus ni quyidagi hollarda:
-preparatning har qanday tarkibiy qismiga individual yuqori sezuvchanlik (allergik reaktsiyalar),
-fenilketonuriya,
-buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlari,
-15 yoshgacha bo'lgan bolalar,
-homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.
Farmakologik ta'sir
Ichga qabul qilinganida xondroitin sulfatining 90% me'da-ichak yo'llari (miy) dan so'riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi 3-4 soatdan so'ng, sinovial suyuqligida esa 4-5 soatdan keyin aniqlanadi. Sinovial suyuqlikka nisbatan biokirishaolishligi: xondroitin uchun - 13%, glyukozamin uchun esa - 25% (jigar orqali "birinchi o'tish" samarasi ifodalangan). To'qimalarda taqsimlanishida eng katta kontsentrasiyalari jigarda, buyrakda va bo'g'im tog'ayida aniqlanadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 30% suyak va mushak to'qimasida uzoq aylanib yuradi. T1/2 - 6-8 soat. Asosan siydik bilan o'zgarmagan holda, qisman ahlat bilan chiqariladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Agar Xondroask plyus bilan davolanish vaqtida sizning homilador ekanligizni aniqlagan bo'lsangiz, darhol shifokoringizga murojat qiling, chunki fakat u davolanishni davom ettirish masalasini hal qilishi mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatning samaradorligi va xavsizligi to'g'risida klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli preparatni ushbu davrda qo'llash mumkin emas
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.