Hududni tanlang
group

IRPO-FA tabletkalar

Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd (Pokiston)
Faol moddalar:
jeleza (III) gidroksid polimaltozniy kompleks, Folievaya kislota

IRPO-FA tabletkalarning dorixonalardagi narxlar

product
IRPO FA tabletkalari N30
Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd

Yo'riqnoma IRPO-FA tabletkalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

surunkali qon yo'qolishi (me'dadan qon ketishi, ichakdan qon ketishi, qovuqdan qon ketishi, gemorroidal tugunlardan qon ketishi, meno- va metrorragiyalar) fonida, shuningdek surunkali alkogolizm, infektsion kasalliklar fonida, tirishishga qarshi vositalar va peroral kontratseptivlarni qabul qilish fonida rivojlanadigan, temir va folat kislotasini birgalikdagi tanqisligi oqibatida chaqirilgan anemiyani davolash;
homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida rivojlanadigan anemiyani davolash;
homiladorlikning II va III uch oyliklarida, tug'ruqdan keyingi davrda, laktatsiya (emizish) davrida temir va folat kislotasi tanqisligini oldini olish uchun qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

temir tanqisligi bilan bog'liq bo'lmagan anemiyalar (gemolitik anemiya, V12 vitaminini izolyatsiyalangan tanqisligi bilan bog'liq bo'lgan megaloblast anemiya);
organizmda temirning miqdorini ortiqcha bo'lishi (gemosideroz, gemoxromatoz);
temirni utilizatsiyasi mexanizmlarini buzilishi (shu jumladan qo'rg'oshin bilan zaharlanish oqibatidagi anemiya, sideroaxrestik anemiya);
jigar yetishmovchiligi;
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda preparatni qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Temir tanqisligini to'ldiruvchi eritropoetik vosita.
temir – 70 dan ortiq oqsil va fermentlar: kislorodni to'qimalarga tashilishi va to'planishini amalga oshiruvchi gemoglobin; to'qimalar nafasi jarayonlarida va ksenobiotiklarni (R-450 va boshq.) metabolizmida ishtirok etadigan sitoxromlar; oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlar (katalaza va boshq.); temirni tashuvchi va zahira holida to'plovchi oqsillar (transferrin, ferritin, gemosiderin, mioglobin va boshq.) ning tarkibiga kiradi. Temir a'zolar va tizimlar – immun tizimi (T-limfotsitlar, fagotsitlar), nerv tizimi, me'da-ichak yo'llari, endokrin bezlari, suyaklar va boshqalarni to'liq faoliyat ko'rsatishi uchun juda muhim.
Temir tanqisligi simpmtomlari: holsizlik, toliqish, charchoqlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, xushdan ketishiga moyillik, kuchli qo'zg'aluvchanlik, depressiya, yuzaki nafas, yurak sohasida og'riq, taxikardiya (jismoniy yuklamalarda yurakni xilpillashi), ishtahani pasayishi, iste'mol qilib bo'lmaydigan moddalar (muz, muzlatilgan mahsulotlar, kraxmal, bo'r, loy, ohak, sochlarni yeyshga moyillik) ga yeyishga moyillik bilan namoyon bo'luvchi ta'm bilishni buzilishi, ovqatlangandan keyin xiqichoq tutish va qusish, qabziyatlar, xeylit, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini qurishi, tilni o'zgarishi (qurishi, so'rg'ichlarini atrofiyasi, og'riq, qon oqishi bilan kechuvchi shikastlanishi), xirillash va ovozni yo'qolishi, disfagiya (achishish hissi, ovqatni tiqilib qolishi hissi), atrofik rinit, ozena (badbo'y tumov), terini qichishi, ezilgan tirnoqlar simptomi, tirnoqlarni sinuvchanligi, suyaklarni mo'rtligi, sovuqqa sezuvchanlik, tana haroratini pasayishi, jismoniy kuchni pasayishi, bolalarni o'sishini orqada qolishi, ta'lim olish qobiliyatini yomonlashishi bo'lishi mumkin.
Folat kislotasi ham folat yoki V9 vitamini sifatida ma'lum, hujayralarni o'sishi va tiklanishida muhim rolь o'ynaydi, chunki DNK va RNK ning muhim komponenti hisoblanadi. U shuningdek qizil qon tanachalarini shakllanishi va yetilishi uchun muhim hisoblanadi. Folat kislotasini yetishmasligi avitaminozlarning barcha turlarini ichida eng keng tarqalgan tanqislikdan biri hisoblanadi. U ham erkaklarda, ham ayollarda uchrashiga qaramasdan, folat kislotasini yetishmovchiligi ko'proq 30 yoshdan oshgan ayollarda kuzatiladi. Folat kislotasini tanqisligi yanada tarqalib boradi, chunki yosh o'tgan sari organizmni folat kislotasini yutish hususiyati kamayadi. Folat kislotasini tanqisligi shuningdek ona qornida rivojlanayotgan homilada miya naychasini nuqsonlariga sabab bo'lishi mumkin. Yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlar, homiladorlik vaqtida muvofiq miqdordagi folat kislotasini qabul qilish tanqislikni to'ldirishini ko'rsatdi.
Preparatning hususiyatlari
Ushbu makromolekulyar kompleks barqarordir va temirni erkin ionlar ko'rinishida ajratib chiqarmaydi. Preparat strukturasi bo'yicha tabiiy temir birikmasi ferritin bilan o'xshash. Bunday o'xshashlik tufayli, temir (III) ichakdan faol so'rilish yo'li bilan qonga tushadi. Temirni maksimal darajada so'rilishi o'n ikki barmoq ichak va ingichka ichakda yuz beradi. Kompleksning tarkibiga temir prooksidant hususiyatlarga ega emas.

Farmakologik ta'sir

Ichga qabul qilinganidan keyin kompleksdagi temir o'n ikki barmoq ichak va ingichka ichakdan faol ravishda so'riladi (temir tanqisligi qanchalik kuchli bo'lsa, uni so'rilishi shunchalik yaxshi bo'ladi). Uch valentli temir saqlovchi preparatni faol so'rilishi oddiy temir tuzlari so'rilganida kuzatilishi mumkin bo'lgan dozani oshirib yuborilishini kontsentratsiya gradiyenti bo'yicha rivojlanishini oldini oladi. Ferritin bilan bog'lanadi va jigarda to'planadi. Keyinchalik suyak ko'migidagi gemoglobinning tarkibiga kiradi. Folat kislotasi megaloblastlarni normal yetilishi va normoblastlarni hosil bo'lishi uchun muhim. Eritropoezni rag'batlantiradi, aminokislotalar, nuklein kislotalar, purinlar va pirimidinlar sintezida ishtirok etadi. Homiladorlikda organizmni teratogen omillarning ta'siridan himoya qiladi. Zardobdagi temir transferrin bilan bog'lanadi va gemoglobin, mioglobin, sitoxromoksidaza, katalaza va peroksidazalarni hosil bo'lishida qatnashadi va organizmning to'qimalarida ferritin ko'rinishida to'planadi. Temir axlat, siydik va ter bilan ajraladi. Folat kislotasi asosan ichak yo'llarining yuqori bo'limlarida (o'n ikki barmoq ichakda) so'riladi va 64% proteinlar bilan bog'lanadi. Folat kislotasi jigarda metabolizmga uchraydi va asosan buyraklar orqali va shuningdek qisman axlat bilan chiqariladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlikning I uch oyligida qo'llanganida homilaga salbiy ta'siri aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

IRPO-FA tabletkalar boshqa turlari

IRPO-FA tabletkalar rasmlari

product

IRPO FA tabletkalari N30

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

IRPO-FA tabletkalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

IRPO-FA tabletkalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

IRPO-FA tabletkalar dori vositasi Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd (Pokiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Kamqonlik

IRPO-FA tabletkalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

IRPO-FA tabletkalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

IRPO-FA tabletkalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

IRPO-FA tabletkalar analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.