Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Preparat quyidagi hollarda temir tanqisligi holatlarini davolash uchun qo'llanadi:
organizmdagi temirni tez to'ldirish zarurati bo'lganida;
peroral qo'llanadigan temir preparatlarini o'zlashtiraolmaydigan yoki davolash tartibiga rioya qilmaydigan bemorlarda;
ichakning faol yallig'lanish kasalliklari bo'lganida, peroral qo'llanadigan temir preparatlarini qo'llash samarasiz bo'lganida qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni quyidagi hollarda qo'llash mumkin emas:
temir tanqisligi bilan bog'liq bo'lmagan anemiya;
organizmda temirning miqdori oshganida (gemosideroz, gemoxromatoz) yoki uning utilizatsiya jarayonlarini buzilishi bo'lganida;
preparatga yoki uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo'lganida;
homiladorlikni I uch oyligida qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Bronxial astma, ekzema, polivalent allergiya, temirning parenteral yuboriladigan boshqa preparatlariga allergik reaktsiyalari bo'lgan bemorlarga va zardobning temirni bog'lab olish hususiyati past bo'lgan va/yoki folat kislotasi tanqisligi bo'lgan shaxslarga, preparatini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Shuningdek jigar yetishmovchiligi, o'tkir yoki surunkali infektsion kasalliklari bo'lgan bemorlarga va qon zardobidagi ferritinning ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan shaxslarga temir preparatlarini yuborishda ehtiyotkorlik talab qilinadi, chunki parenteral yuborilayotgan temir bakterial yoki virusli infektsiya mavjud bo'lganida noxush ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Farmakologik ta'sir
100 mg temir saqlovchi preparati vena ichiga bir marta yuborilganidan keyin, temirning o'rtacha 538 mmolь maksimal kontsentratsiyasiga, in'ektsiya qilinganidan so'ng 10 minut o'tgach erishiladi. Markaziy kameraning taqsimlanish hajmi zardob hajmiga deyarli butunlay mos keladi (taxminan 3 l). Yarim chiqarilish davri taxminan 6 soat. Barqaror holatdagi taqsimlanish hajmi taxminan 8 litrni tashkil qiladi (bu temirni organizmning suyuq muxitlarida past taqsimlanishini ko'rsatadi). Temir saxaratining turg'unligi transferringa nisbatan pastligi tufayli, temirni raqobatli almashinuvi transferrinni foydasiga kuzatiladi. Natijada 24 soat davomida taxminan 31 mg temir olib o'tiladi. In'ektsiya qilingandan keyingi birinchi 4 soat davomida buyraklar orqali temirni chiqarilishi temirning umumiy klirensidan 5% dan kamroq qismini tashkil etadi. 24 soat o'tgach zardobdagi temirning darajasi dastlabki (yuborilishigacha bo'lgan) qiymatiga qaytadi va taxminan 75% saxaroza qon-tomirlar xavzasini tark etadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo'llanishi
Homilador bemorlarda preparatni qo'llashning cheklangan tajribasi, temir saxaratini homiladorlikni kechishiga va homila/yangi tug'ilgan chaqaloqning sog'lig'iga noxush ta'siri yo'qligini ko'rsatdi. Hozirgi vaqtgacha homilador ayollarda nazoratli tadqiqotlar o'tkazilmagan. Hayvonlarning reproduktsiyasida o'tkazilgan tadqiqotlarning natijalari embrion/homilani rivojlanishiga, tug'ruqqa yoki postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita zararli ta'sirini aniqlamagan. Shunga qaramasdan, xavf/foyda nisbatini baholash talab qilinadi. Ko'krak sutiga metabolizmga uchramagan temir saxaratini tushishi ehtimoli kam. Shunday qilib, preparat emizikli chaqaloqlarga xavf tug'dirmaydi.
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.