Hududni tanlang
group

IMMUNAL eritma

Xemofarm A.D.,/Lek d.d. (Serbiya / Sloveniya)
Faol moddalar:
Exinasei purpurnoy travi sok

IMMUNAL eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
IMMUNAL eritma 50ml
Xemofarm A.D.,/Lek d.d.

Yo'riqnoma IMMUNAL eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Immunal® - dorivor o‘simlik xom-ashyosidan tayyorlangan immunitetni rag‘batlantiruvchi preparatdir. Immunal tomchilarining ta’sir etuvchi moddasi gullayotgan qirmizi exinatseya (Echinacea purpurea) o‘simligining yangi yig‘ilgan o‘tining sharbati hisoblanadi.

Qirmizi exinatseyaning faol moddalari organizmning tabiiy himoya kuchlarini kuchaytiradi va immunitetning nospetsifik stimulyatori sifatida ta’sir qiladi. Leykotsitlar (granulotsitlar va makrofaglar) sonini oshirib va fagotsitozni faollashtirib, ular inson organizmida kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarni yo‘q qilinishiga yordam beradi. Bundan tashqari, qirmizi exinatsiyaning gripp va gerpes qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan viruslarga qarshi ta’siri aniqlangan.


Qo‘llanilishi


 immunitetni rag‘batlantirish,


 shamollash kasalliklari va grippni oldini olish va ularni juda tez sog‘ayishini ta’minlash,


 nafas yo‘llarining asoratlanmagan virusli va bakterial kasalliklarining simptomlarini (tumov, tomoqni yallig‘lanishi, yo‘tal, holsizlikni) yengillashtirish,


 surunkali infeksion kasalliklarni davomli antibiotikoterapiyasida yordamchi dori vositasi sifatida qo‘llaniladi.


Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Agar Sizda:

 exinatseya va murakkab gullilar oilasiga kiruvchi boshqa o‘simliklarga (masalan moychechak, arnika, tirnoqgul, bo‘ymadaron) yoki preparatning o‘rdamchi moddalariga allergiya;

 avj olib boruvchi tizimli kasalliklar, masalan, tuberkulyoz va sarkoidoz;

 kollagenozlar va tarqoq skleroz kabi autoimmun kasalliklar;

 immuntanqislik (OIV-infeksiya, OITS);

 immun tizimini susayishini chaqiruvchi davolash (masalan, rakni davolash yoki suyak ko‘migini yoki boshqa a’zolarni ko‘chirib o‘tkazgandan keyin qo‘llanadigan dori vositalari);

 leykotsitlarni shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon tizimining har qanday kasalliklari (masalan, agranulotsitoz, leykoz);

 allergik reaksiyalarga nasliy moyillik (eshakemi, atopik dermatit, bronxial astma) bo‘lsa Immunal tomchilarini qabul qilmang.

Immunal tomchilarini 1 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.


Tarkibi

Preparatning 1 ml gullayotgan qirmizi Exinatseyaning (Echinacea purpurea) yangi yig‘ilgan o‘tidan olingan 0,8 ml sharbatini saqlaydi. 
Yordamchi moddalar: etanol 96% (20 hajm%), sorbitol eritmasi 70% (Ye420).

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va laktatsiya davrida Immunalning ta’siri haqida ma’lumotlar yetarli emasligi tufayli, ushbu preparatni homilador va emizayotgan ayollar qabul qilishi tavsiya etilmaydi, shifokor buyurgan holatlar bundan mustasno.

Immunalni fertillikka ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.

Preparat etanol (20 xajm%) saqlashini e’tiborga olish kerak.


Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

IMMUNAL eritma boshqa turlari

IMMUNAL eritma rasmlari

product

IMMUNAL eritma 50ml

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

IMMUNAL eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

IMMUNAL eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

IMMUNAL eritma dori vositasi Xemofarm A.D.,/Lek d.d. (Serbiya / Sloveniya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Immunomodulyatorlar

IMMUNAL eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

IMMUNAL eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

IMMUNAL eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

IMMUNAL eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.