Hududni tanlang
group

GEPA-MERS kosentrat

Mers Farma GmbX i Ko.KGaA (Germaniya)
Faol moddalar:
L-ornitin-L-aspartat
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing

GEPA-MERS kosentratning dorixonalardagi narxlar

product
GEPA MERS konsentrat 10ml N10
Mers Farma GmbX i Ko.KGaA

Yo'riqnoma GEPA-MERS kosentrat

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

– Jigarning o'tkir va surunkali kasalliklari
– Jigar entsefalopatiyasi (yashirin va yaqqol)da qo'llaniladi

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

L-ornitin-L-aspartati yoki preparatning boshqa komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik. Kreatininning ko'rsatkichi 3 mg/100ml dan ko'proq bo'lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligida qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Plazmada ammiakning ko'tarilgan miqdorini, xususan jigar kasalliklarida, pasaytiradi. Preparatning ta'siri, uning mochevina hosil bo'lishining (ammiakdan mochevina hosil bo'lishi) ornitin siklida ishtirok etishi bilan bog'liq. Parenteral oziqlantirish talab qilinadigan kasalliklarda oqsil almashinuvini yaxshilaydi.

Farmakologik ta'sir

Ornitin aspartati uni hosil qiluvchi komponentlariga – ornitin va aspartat aminokislotalariga dissotsiyalanadi. Ular ingichka ichakda faol transport yo'li bilan ichak epiteliysi orqali so'riladi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Preparatning homilaga ta'sirining yetarli ma'lumotlari mavjud bo'lmaganligi sababli Gepa-Mertsni (infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat) homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin emas. Emizish davrida qo'llashdan saqlanish kerak, chunki ta'sir etuvchi modda ona sutiga o'tadimi, yo'qmi, ma'lum emas. Agar preparat bilan davolashning zarurati bo'lsa, uni shifokorning qat'iy kuzatuvi ostida qo'llash mumkin.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

GEPA-MERS kosentrat boshqa turlari

GEPA-MERS kosentrat rasmlari

product

GEPA MERS konsentrat 10ml N10

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

GEPA-MERS kosentrat dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

GEPA-MERS kosentrat dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

GEPA-MERS kosentrat dori vositasi Mers Farma GmbX i Ko.KGaA (Germaniya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar

GEPA-MERS kosentrat dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

GEPA-MERS kosentrat dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

GEPA-MERS kosentrat haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

GEPA-MERS kosentrat analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.