Hududni tanlang
group

GEMSITABIN kukun

Belmedpreparati RUP (Belarusiya) va boshqalar
Faol moddalar:
Gemsitabin, gemsitabina gidroxlorid

GEMSITABIN kukunning dorixonalardagi narxlar

product
GEMSITABIN NAPROD poroshok 200mg
Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
product
GEMSITABIN NAPROD poroshok 1g
Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
product
GEMSITABIN poroshok 200mg N1
Belmedpreparati RUP

Yo'riqnoma GEMSITABIN kukun

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

o'pkaning mahalliy tarqalgan yoki metastatik mayda bo'lmagan rakida sisplatin yoki karboplatin bilan majmuada birinchi tartibli davolash, shuningdek keksa patsiyentlarda yoki funktsional holati 2 ga teng bo'lgan patsiyentlarda monoterapiya sifatida.
sut bezining rezektsiya qilib bo'lmaydigan, mahalliy qaytalanuvchi yoki metastatik rakida antratsiklinlar bilan neoad'yuvant va/yoki ad'yuvant davolashni, ularni buyurilishga qarshi ko'rsatma bo'lmaganida o'tkazilgandan keyin paklitaksel bilan majmuaviy davolash tarkibida.
mahalliy tarqalgan yoki metastatik urotelial raki (qovuq, buyrak jomi, siydik yo'li, siydik-chiqarilish kanalining raki).
tuxumdonlarni mahalliy tarqalgan yoki metastatik epitelial rakida kasallik avj olib boruvchi patsiyentlarda platina hosilalari asosida birinchi tartibdagi davolash o'tkazilgandan keyin monoterapiya sifatida yoki karboplatin bilan majmuada.
me'da osti bezining mahalliy tarqalgan yoki metastatik raki.
bachadon bo'ynining mahalliy tarqalgan yoki metastatik raki.
o't chiqarish yo'llarining rakida qo'llanadi.
Gemtsitabin buyrak rakida monoterapiya sifatida yoki majmuaviy davolash tarkibida faollik namoyon etgan. O'pkaning tarqalgan mayda hujayrali rakida va tuxumdonni tarqalgan refrakter rakida gemtsitabinning samaradorligi ko'rsatilgan.

Farmakologik ta'sir

Taqsimlanishi: gemtsitabin infuziyasining davomiyligi va patsiyentning jinsi taqsimlanish hajmiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Qisqa muddatli infuziyada (<70 minut) taqsimlanish hajmi 50 l/m2 ni tashkil qiladi, bu gemtsitabinni to'qimalarda faol taqsimlanmasligidan dalolat beradi. Davomli infuziyada (70-285 minut) taqsimlanish xajmi 370 l/m2 ni tashkil qiladi, bu to'qima kompartmentida kontsentratsiyani sekin tenglashishidan dalolat beradi.
Oqsillar bilan bog'lanishi: juda past (<10%).
Biotransformatsiyasi: nukleozidkinazalar ishtirokida gemtsitabin ikkita faol metabolitlarni (gematsitabin difosfati va gemtsitabin trifosfati) hosil qilib hujayra ichi metabolizmiga uchraydi; bundan tashqari, preparat faol bo'lmagan metabolit – uratsilni hosil qilib, dezaminizatsiyaga uchraydi.
Yarim chiqarilish davri:
Qisqa muddatli infuziyalar (<70 minut):
Ayollar: 29 yosh – 49 minut; 45 yosh – 57 minut; 65 yosh – 73 minut; 79 yosh – 94 minut.
Erkaklar: 29 yosh -42 minut, 45 yosh – 48 minut; 65 yosh – 61 minut; 79 yosh – 79 minut.
Davomli infuziyalar (70-285 minut): jins va yoshga bog'liq holda 245–638 minutni tashkil etadi.
Gemtsitabin trifosfati metaboliti – terminal chiqarilishi (qonning periferik mononuklearidan): 1,7-1,9 soatni tashkil etadi.
Chiqarilishi: buyrak orqali – radioaktiv izotop bilan nishonlangan (tana yuzasini maydoni 1000 mg/m2, 30 minut davomida besh nafar patsiyentga yuborilgan) gemtsitabinni bir martalik dozasining 92% dan 98% gachasi asosan faol bo'lmagan metabolit – uratsil ko'rinishida (chiqariladigan dozaning taxminan 89%) va ikkilamchi o'zgarmagan gemtsitabin ko'rinishida (chiqariladigan dozaning 10% dan kamrog'i) bir hafta davomida chiqariladi.
Klirensi jins va yoshga quyidagi tarzda bog'liq:
Ayollar: 29 yosh: tana yuzasining har metr kvadratiga soatiga 69,4 litr (l/soat/m2); 45 yosh: 57 l/soat/m2; 65 yosh: 41,5 l/soat/m2; 79 yosh: 30,7 l/soat/m2 .
Erkaklar: 29 yosh: 92,2 l/soat/m2; 45 yosh: 75,7 l/soat/m2; 65 yosh: 55,1 l/soat/m2; 79 yosh:
40,7 l/soat/m2 .

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

GEMSITABIN kukun boshqa turlari

GEMSITABIN kukun rasmlari

product

GEMSITABIN NAPROD poroshok 1g

product

GEMSITABIN poroshok 200mg N1

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

GEMSITABIN kukun dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

GEMSITABIN kukun dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

GEMSITABIN kukun dori vositasi Belmedpreparati RUP (Belarusiya) Naprod Life Sciences Pvt. Ltd (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

O'smaga qarshi

GEMSITABIN kukun dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

GEMSITABIN kukun dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

GEMSITABIN kukun haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

GEMSITABIN kukun analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI