Hududni tanlang
group

ФОСКАРДИН eritma

TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO (O'zbekiston)
Faol moddalar:
Kreatin fosfat natriya
Narx: 158 000 so'mdan

FOSKARDIN eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml
TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
158 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati

Yo'riqnoma FOSKARDIN eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi:

- o‘tkir miokard infarkti;

- surunkali yurak yetishmovchiligi;

- intraoperatsion miokard ishemiyasi;

- qo‘l-oyoqlarning intraoperatsion ishemiyasi;

- o‘tkir insult;

- sport tibbiyotida: jismoniy zo‘riqish sindromini rivojlanishini oldini olish va ekstremal jismoniy yuklamalarga moslashishini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

- Preparatga yuqori sezuvchanlik.

- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Tarkibi

faol modda:
Kreatin fosfatning natriyli tuzi                – 1,0 g 
yordamchi moddalar: 
Sorbitol                                                            – 10,0 g
Natriy xloridi                                                 – 0,45 g
Natriy gidrofosfat                                         – 0,1 g
In’eksiya uchun suv                                            - 50 ml gacha

Farmakodinamikasi

Foskardin - miokard va mushak to‘qimasining metabolizmini yaxshilovchi preparatdir. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen makroergik fosfokreatinga o‘xshash. Ishemiyaga uchragan kardiomiotsitlar va miotsitlarning sarkolemmasini destruksiya jarayoniga to‘sqinlik qiladi, hujayra ichiga energiya tashilishini ta’minlaydi. Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilashi hisobiga preparat nekroz va ishemiya sohasining o‘lchamlarini kamaytiradi. Ishemiyada va postishemik reperfuziyada antiaritmik samara ko‘rsatadi, bu qorinchalarning ektopik faolligini kamayishi va Purkine tolalari hujayralarining fiziologik faoliyatini saqlanishi bilan bog‘lik

Farmakologik ta'sir

Taqsimlanishi: Vena ichiga bir martalik infuziyada preparatning qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasi 1-3 minut o‘tgach aniqlanadi. Preparatning eng ko‘p miqdori skelet mushaklarida, miokardda va miyada to‘planadi. Jigar va o‘pka to‘qimasida preparatni to‘planishi juda oz.

Chiqarilishi: Tez fazadagi yarim chiqarilish davri 30-35 minutni tashkil etadi; sekin fazadagi yarim chiqarilish davri bir necha soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi.


Nojo'ya ta'sirlar

18 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Bolalarda qo'llash

18 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni xavfsizligi va samaradorligi haqida ma’lumot yo‘q. Shunga qaramasdan, fosfokreatinni hayvonlarning reproduktiv xarakteristikalari va ona qornida rivojlanishiga toksik ta’sir ko‘rsatmasligi ma’lum. Agar ona uchun foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsa, preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lgan holda emizishni to‘xtatish kerak.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

ФОСКАРДИН eritma rasmlari

product

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

FOSKARDIN eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

FOSKARDIN eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

FOSKARDIN eritma dori vositasi TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO (O'zbekiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Dori vositalari

O'zbekistonda dorixonalarda FOSKARDIN eritma dori vositasi qancha turadi?

FOSKARDIN eritma dori vositasining boshlang'ich narxi - 158 000 so'mdan.

FOSKARDIN eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

FOSKARDIN eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

FOSKARDIN eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI