Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Preparatni ichga istalgan vaqtda qabul qilish mumkin (chunki preparatni ovqat bilan o'zaro ta'siri yo'q). Homilador ayollarda temir tanqisligi anemiyasini oldini olish va davolash uchun preparat 5-10 ml dan kuniga 1 marta buyuriladi.
Bolalarda temir tanqisligi anemiyasini davolash uchun preparat 5-10 ml dan kuniga
1 marta buyuriladi.
Farmakologik ta'sir
Temir askorbati temir va askorbatning barqaror kompleksi hisoblanadi. Temirning turli shakllari ta'sirida oksidlanmaydi, chunki temir askorbatning tarkibida o'zining dastlabki shaklini saqlaydi. Ingichka ichakda yaxshi so'riladi. Organizmdan ichak orqali ahlat bilan chiqariladi.
Folat kislotasi ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 64% ni tashkil qiladi. Biotransformatsiyasi jigarda kechadi va buning natijasida u metabolik faol shaklga -
5-metiltetragidrofolatga aylanadi. Asosan buyrak orqali siydik bilan, qisman ichak orqali ahlat bilan chiqariladi.
Qo'llanilishi
Homilador ayollarda va bolalarda temir tanqisligi anemiyasini oldini olish va davolash.
Temir va folat kislotasi tanqisligida majmuaviy davolash tarkibida qo'llanadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Homiladorlik
Ayollarga homiladorlik vaqtida homilaning da nerv naychasining shakllanishida nerv tizimining nuqsonlarni paydo bo'lishidan saqlanish uchun suspenziyani buyurish mumkin.
Laktatsiya
Folat kislotasi ko'krak sutiga o'tadi, buni laktatsiya davrida hisobga olish kerak.
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.