Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Surunkali gepatitlar, jigar sirrozi, turli etiologiyali jigarning yog'li distrofiyasi, jigarning toksik shikastlanishi, alkogolli gepatit, boshqa somatik kasalliklarda jigar funktsiyasini buzilishi.
Homiladorlik toksikozi.
O't-safro toshlari hosil bo'lishini qaytalanishini oldini olish.
Psoriaz (yordamchi vosita sifatida).
Radiatsion sindromda qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Fosfatidilxolin yoki preparatning boshqa yordamchi ingrediyentlariga ma'lum yuqori sezuvchanlik.
12 yoshgacha bo'lgan bolalar (etarli daliliy asosning yo'qligi) da qo'llash mumkin emas.
Farmakologik ta'sir
Ichga qabul qilingan fosfolipidlarning 90% dan ko'pi ingichka ichakda so'riladi. Ularning katta qismi fosfolipaza A yordamida 1-atsil-lizofosfatidilxolingacha parchalanadi, uning 50% ichakning shilliq qavatida so'rilish jarayonidayoq darhol ko'p to'yinmagan fosfatidilxolinga qayta atsetillanadi. Bu ko'p to'yinmagan fosfatidilxolin limfa oqimi bilan qonga tushadi va u yerdan asosan yuqori zichlikdagi ega lipoproteinlar bilan bog'langan holda jigarga tushadi.
Odamlarda farmakokinetik tadqiqotlar (3N va 14S) radioaktiv nishonli dilinoleil fosfatidilxolin yordamida o'tkazilgan. Xolin qismi 3N bilan nishonlangan, linolen kislotasining qoldig'i esa nishon sifatida 14S ega bo'lgan.
3N ning maksimal kontsentratsiyasiga yuborilgandan so'ng 6-24 soatdan keyin erishilgan va buyurilgan dozaning 19,9% ni tashkil qilgan. Xolin komponentining yarim chiqarilish davri 66 soatni tashkil qiladi.
14S ning maksimal kontsentratsiyasiga yuborilgandan so'ng 4-12 soatdan keyin erishilgan va buyurilgan dozaning 27,9% ni tashkil qilgan. Bu komponentining yarim chiqarilish davri 32 soatni tashkil qiladi.
Axlatda 3N ni yuborilgan dozasining 2% va 14S ni yuborilgan dozasining 4,5%, siydikda 3N ning 6% va 14S ning juda kam miqdori aniqlanadi.
Har ikkala izotopning 90% dan ko'prog'i ichakda so'riladi.
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.