Hududni tanlang
group

ЭКЗОБЕТА maz

Agio Pharmaceutical Limited (Hindiston)
Faol moddalar:
Betametazon
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing

EKZOBETA mazning dorixonalardagi narxlar

product
EKZOBETA maz 0,05% 15g
Agio Pharmaceutical Limited

Yo'riqnoma EKZOBETA maz

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Betametazon Dipropionati sintetik ftorlangan kortikosteroiddir. U sirtga qo'llanilganda faol, ekzema va turli dermatitlarga, shu jumladan atopik ekzema, fotodermatit, qizil yassi temiratki, oddiy temiratki, Gaydning tugunli qichima, diskoid qizil yugurik, lipoidli nekrobioz, pretsibial miksodermiya va eritrodermiyaga tez va turg'un ta'sir ko'rsatadi. U shu bilan birga bosh terisi psoriazi va qo'l va oyoqlarning surunkali toshmali psoriazi kabi, tarqoq blyashkali psoriazdan tashqari, kam sezuvchan sharoitlarda xam samarali.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Rozatsea, akne, perioral dermatit, perianal va genital qichishish. Ekzobeta™ ning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik, hamda tuberkulez va terining ko'pgina virusli shikastlanishi, xususan, oddiy gerpes, suvchechak kabilar qo'llash uchun mumkin bo'lmagan holatlar hisoblanadi. Yondosh tegishli bakteriyalarga qarshi davolashsiz terining zamburug'li yoki bakterial infektsiyalarida, uzilgan qog'oz sochiq yordamida Ekzobeta™ yordamida qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Diprozon asosidagi preparatlar tarkibida betametazonning dipropionatli efirini saqlaydi, kortikosteroidlarning umumiy xususiyatlariga ega bo'lgan glyukokortikoid bo'lib xisoblanadi.
Farmakologik dozalarda kortikosteroidlar asosan yallig'lanishga qarshi va/yoki immunitetni susaytirish uchun qo'llaniladi.
Betametazon dipropionati kabi sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlar, ularning yallig'lanishga qarshi, qichishishga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi ta'sirlariga muvofiq bir qator dermatozlarni davolashda samaralidir. Biroq, garchi kortikosteroidlarning fiziologik, farmakologik va klinik samaralari yaxshi ma'lum bo'lsada, ularning ta'sir etishning aniq mexanizmlari har bir kasallanish uchun aniqlanmagan.

Farmakologik ta'sir

Sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlarning teri orqali so'rilish darajasi, ko'pgina omillar, shu jumladan, transport tuzilishi, epidermal to'siqning butunligi va okkulyuzion bog'lamlarning qo'llanilishi bilan aniqlanadi.
Sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlar sog'lom, normal teri orqali so'rilishi mumkin. Teridagi yallig'lanish va/yoki boshqa kasallik jarayonlari teri orqali so'rilishini oshirishi mumkin.
Okklyuzion bog'lamlar sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlarning teri orqali so'rilishini ahamiyatli oshirishi mumkin.
Teri orqali so'rilgandan so'ng sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlar, tizimli qon oqimida taqsimlangan kortikosteroidlarning farmakokinetik yo'llari bilan o'xshash. Kortikosteroidlar u yoki boshqa darajada plazma oqsillari bilan bog'lanadi, asosan jigarda to'planadi va buyraklar orqali chiqariladi. Sirtga qo'llash uchun kortikosteroidlardan ba'zilari va ularning metabolitlari ham safroga ajraladi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

ЭКЗОБЕТА maz rasmlari

product

EKZOBETA maz 0,05% 15g

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

EKZOBETA maz dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

EKZOBETA maz dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

EKZOBETA maz dori vositasi Agio Pharmaceutical Limited (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Dermatologik

EKZOBETA maz dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

EKZOBETA maz dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

EKZOBETA maz haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

ЭКЗОБЕТА maz analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.