Hududni tanlang
group

ДУОЦЕФ kukun

East African (India) Overseas (Hindiston)

Yo'riqnoma DUOSEF kukun

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Duotsef, unga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan, quyidagi infektsiyalarni davolash uchun buyuriladi:
  • yuqori va quyi nafas yo'llari va LOR-a'zolarining infektsion-yallig'lanish kasalliklari (shu jumladan, o'tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, o'pka abssessi, plevra empiemasi, o'rta quloqni o'tkir bakterial otiti);

  • teri va yumshoq to'qimalarning infektsion-yallig'lanishli kasalliklari;

  • siydik jinsiy a'zolarning infektsion-yallig'lanishli kasalliklari (pielit, o'tkir va surunkali pielonefrit, tsistit, prostatit, epididimit va boshq.);

  • suyak va bo'g'imlar, yuz-jag'sohasining infektsion-yallig'lanishli kasalliklari;

  • qorin bo'shlig'i a'zolarini infektsion-yallig'lanish kasalliklari (peritonit, xolesistit, pankreatit va boshqalar.);

  • asoratlanmagan gonoreya, shu jumladan penisillinaza ishlab chiqaradigan mikroorganizmlar chaqirgan gonoreya;

  • sepsis va bakterial septisemiya;

  • bakterial meningit va endokardit;

  • yumshoq shankr va sifilis;

  • Laym kasalligi (spiroxetoz);

  • salmonellyoz va salmonella tashuvchilar;

  • immuniteti kuchsizlangan pasientlardagi infektsiyalar;

  • operasiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish.

Operasiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish: operasiyadan oldin preparatni yuborish operasiyadan keyingi infektsiyalar havfini kamaytirishi mumkin. Operasiya o'tkaziladigan pasientlar (masalan, vaginal abdominal gisterektomiya, havf guruhidagi pasientlarda surunkali kalkulyoz xolesistit bo'lganda xolesistektomiya, antimikrob preparatlar yuborishni talab qilmaydigan o'tkir xolesistit, obstruktiv sariqlik yoki o't yo'llariga toshlarni tiqilib qolishi va boshqalar.) infektsiyani rivojlanishiga nisbatan potentsial havfli hisoblanadilar. Shuningdek, operasiya maydoni jiddiy havf solishi mumkin bo'lgan pasientlar (masalan, aorta-koronar shuntlash vaqtida) ham infektsiyani rivojlanishiga nisbatan potentsial havfli hisoblanadilar.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yoki penisillinga, shuningdek lidokainga (mushak ichiga yuborishda) ma'lum allergiyasi bo'lgan pasientlarda qo'llash mumkin emas. Jigar va buyrak etishmovchiligi, anamnezdagi me'da-ichak yo'llari kasalliklari, ayniqsa nospesifik yarali kolit yoki enteritda, homiladorlik, laktasiya vaqtida qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

1000 mg tseftriaksonga ekvivalent bo'lgan tseftriakson natriy,

500 mg Sulbaktamga ekvivalent bo'lgan sulbaktam natriy.

Farmakodinamikasi

Duotsef sulbaktam natriy va tseftriakson natriyning quruq kukun ko'rinishidagi majmuasi bo'lib, eritilganidan keyin qo'llanadi.

Tseftriakson natriy vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan steril, yarimsintetik Tsefalosporin antibiotikdir.

Sulbaktam natriy asosiy penisillin qatori hosilasidir.

Sulbaktam klinik ahamiyatli antibakterial faollikka ega emas. Tekshirishlarda uni,
β-laktam antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar ishlab chiqaruvchi ko'pchilik asosiy β-laktamazalarning qaytmas ingibitori ekanligi ko'rsatilgan.

Sulbaktam ayrim penisillinlarni bog'lovchi oqsillar bilan birikadi, shuning uchun tseftriakson/sulbaktam majmuasi sezgir shtammlarga ko'pincha bir tseftriaksonga nisbatan, kuchliroq ta'sir ko'rsatadi.

Tseftriakson va sulbaktamning majmuasi

Sulbaktam va tseftriaksonning majmuasi tseftriaksonga sezuvchan barcha mikroorganizmlarga nisbatan faoldir. Bundan tashqari, komponentlarning majmuasi turli mikroorganizmlarga nisbatan preparatning alohida komponentlari bilan solishtirganda sinergizm (minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentrasiyalarni pasayishi) namoyon qiladi.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter calcoaceticus, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan ampisillinga chidamli va beta-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumonia, Moraxella catarrhalis (beta-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Morganella morganii Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penisillinaza ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Neisseria meningitides, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens.

Tseftriakson Pseudomonas aeruginosa ga nisbatan ham faol.

Yuqorida ko'rsatilgan mikroorganizmlarning ko'pchilik shtammlari odatda boshqa antibiotiklarga, masalan, penisillinlar, tsefalosporinlar va aminoglikozidlarga nisbatan chidamli, tseftriaksonga nisbatan esa sezuvchandir.

Grammusbat aeroblar: Staphylococcus aureus (shu jumladan penisillinaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes, Viridans group streptococci.

Metisillinga chidamli stafilokokklar tsefalosporinlarga, shu jumladan tseftriaksonga ham chidamlidir.

Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Clostridium species, Peptostreptococcus species.

Clostridium difficile ni ko'pchilik shtammlari tseftriaksonga chidamli.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Citrobacter diversus, Citrobacter freundii,

Providencia species (shu jumladan Providencia rettgeri), Salmonella species (shu jumladan, Salmonella typhi), Shigella species.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Streptococcus agalactiae, Prevotella (Bacteroides) bivius, Porphyromonas (Bacteroides) melaninogenicus.

meningitni chaqiradigan va Listeria monocytogenespenisillinga chidamli S. pneumoniae ga nisbatan kam faol

Farmakologik ta'sir

Mushak ichiga yuborilganidan so'ng tseftriakson va sulbaktamning plazmadagi maksimal kontsentrasiyasi 15 minut va 2 soatlar orasida aniqlanadi. Tseftriaksonning plazmadagi maksimal kontsentrasiyasi mushak ichiga bir martalik dozasi 1,0 g yuborilganidan so'ng taxminan 81 mg/l ni tashkil etadi va 2-3 soat davomida aniqlanadi, ayni paytda sulbaktam natriyning kontsentrasiyasi esa 6-24 mg/ml ni tashkil etadi va doza yuborilganidan keyin 1 soat davomida aniqlanadi.

Tavsiya etilgan dozalarda vena ichiga qo'llanganida tseftriakson natriy organizmning a'zolari va to'qimalariga yaxshi taqsimlanadi. Bakterisid kontsentrasiyalari 24 soat davomida tutib turiladi. Tseftriakson albumin bilan qayuvchan bog'lanadi, va kontsentrasiyasi oshishi bilan bog'lanishi kamayadi, masalan, plazmadagi kontsentrasiyasi 100 mg/l bo'lganida bog'lanishi 95% dan 300 mg/l bo'lganida bog'lanishi 85% gacha kamayadi. Albuminning miqdori kamligi tufayli, erkin tseftriaksonning to'qima suyuqligidagi proportsiyasi plazmadagiga nisbatan muvofiq ravishda yuqori bo'ladi.

Tseftriakson natriyning taqsimlanish xajmi 7-12 l ni tashkil etadi va sulbaktamniki esa 18-27,6 l ni tashkil etadi. Ikkalasi xam amniotik suyuqlikka keng taqsimlanadi. U shuningdek sutda ham aniqlanadi. Yosh va katta yoshdagi sog'lom ko'ngillilarda plazmaning tozalanish koeffisienti minutiga 10-22 ml ni tashkil etadi. Jigarning tozalanishi minutiga 5-12 ml tashkil etadi. Taxminan 75-85% sulbaktam va 50-80% tseftriakson o'zgarmagan holda buyraklar orqali, qolgan doza esa, safro bilan chiqariladi.

Tseftriaksonning plazmadagi o'rtacha yarim parchalanish davri sog'lom yosh, katta yoshdagi ko'ngillilarda 8 soatni tashkil etadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda siydik bilan chiqarilishi dozasining taxminan 70% ni tashkil etadi. Sakkiz kunlikdan kichik bolalarda va 75 yoshdan oshgan keksa odamlarda yarim parchalanish vaqti odatda sog'lom, yosh odamlar guruhiga nisbatan 2-3 marta yuqori bo'ladi. Sulbaktamning plazmadagi o'rtacha yarim parchalanish vaqti taxminan 1 soat.

Gemodializ sulbaktamning yarim parchalanish vaqtini, organizmdan umumiy chiqarilishini, taqsimlash hajmini o'zgartiradi.

Pediatriyada o'tkazilgan tadqiqotlar, majmuaviy shaklda yuborilganida tseftriaksonning komponentlarini farmakokinetikasi ahamiyatli o'zgarishlarga ega emasligini ko'rsatdi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlik va laktasiya davrida faqat ona uchun kutilgan foyda, homila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda qo'llanishi mumkin

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

DUOSEF kukun dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

DUOSEF kukun dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

DUOSEF kukun dori vositasi East African (India) Overseas (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

DUOSEF kukun dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

DUOSEF kukun dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

DUOSEF kukun haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

ДУОЦЕФ kukun analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.