Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Kattalar, o'smirlar va bolalarni davolash uchun terapevtik ko'rsatmalar:
sut bezining raki.
osteosarkomani noad'yuvant va ad'yuvant davolash,
kattalardagi yumshoq to'qimalarning tarqalgan sarkomasi,
o'pkaning maydaxujayrali raki (O'MR),
xodjkin limfomasi,
yuqori xavfli noxodjkin limfomasi,
o'tkir limfatik leykemiyadagi induktsion va konsolidatsion davolash,
o'tkir miyeloblast leykoz,
tarqalgan ko'psonli miyeloma,
endometriyning tarqalgan yoki qaytalanuvchi papillyar raki,
qalqonsimon bezining tarqalgan yoki qaytalanuvchi papillyar / follikulyar kartsinomasi,
qalqonsimon bezining anaplastik kartsinomasi,
maxalliy tarqalgan yoki metastazlanuvchi qovuq rakini tizimli davolash,
qovuqning yuzaki rakini transuretral rezektsiyadan keyingi qovuq ichki profilaktikasi.
tuxumdonlarning qaytalanuvchi raki,
Vilьms o'smasi (kuchli xavfli variantlardagi II bosqich, xamma tarqalgan bosqichlari [III-IV]),
tarqalgan neyroblastoma,
Yuing sarkomasida qo'llanadi.
Doksorubitsin ko'pincha boshqa sitostatiklar bilan majmuaviy ximioterapiyada ishlatiladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Doksorubitsinga, boshqa antratsiklinlarga yoki antratsendionlarga yoki 6.1 bo'limda sanab o'tilgan yordamchi moddalardan xar qandayiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumukin emas.
Vena ichiga yuborishga qarshi ko'rsatmalar:
yaqqol davom etayotgan miyelosupressiya va/yoki oldingi sitotoksik davolash va/yoki nurlantirish chaqirgan og'ir stomatit (shu jumladan qon ketishining yuqori xavfi bo'lgan patsiyentlardagi);
4-nchi darajali yurak yetishmovchiligi;
o'tkir tizimli infektsiya;
jigar faoliyatining og'ir buzilishlari;
gemodinamikaga ta'sir qiluvchi og'ir aritmiyalar, yurak faoliyatining buzilishlari, anamnezdagi miokard infarkti, yurakning o'tkir yallig'lanishli kasalliklari;
gemorragik diatez;
og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining yallig'lanishi; emizishda qo'llash mumkin emas.
Qovuq ichiga yuborishga qarshi ko'rsatmalar:
qovuqqa o'sib kiruvchi invaziv o'smalar (T1 va yuqori);
siydik yo'llarining infektsiyalari;
qovuqning yallig'lanishi;
qovuqni kateterizatsiya qilishni mumkin emasligi;
gematuriya;
emizishda qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Doksorubitsin antibiotik bo'lib, sitostatik ta'sirga ega va antratsiklinlar guruxiga kiradi; u Streptomyces peucenius var. caesius kulьturasidan ajratib olingan. U yarimsintetik usul bilan daunorubitsindan ishlab chiqariladi. Doksorubitsin to'qimalarni kuchli ta'sirlantiradi.
Doksorubitsinning biologik faolligi DNK bilan bog'lanishi bilan bog'liq bu ferment tizimining ingibitsiya qilinishiga olib keladi, bu DNK replikatsiyasi va DNK transkriptsiyasi uchun xal qiluvchi ahamiyatga ega.
Xujayra siklini bloklanishi, extimol, o'zining maksimumiga S-faza va mitoz vaqtida yetadi; lekin ingibitsiya qilinish shuningdek xujayra siklining boshqa fazalarida xam kuzatiladi.
Farmakologik ta'sir
Vena ichiga yuborilgandan keyin doksorubitsinning eliminatsiyasi plazmadan yakuniy fazada davomiyligi 30 soatlik yarim chiqarilish davri bilan uch fazali chiqarilish bilan xarakterlanadi. Taqsimlanish xajmi tahminan 25 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi tahminan 70% ni tashkil qiladi.
Eng yuqori kontsentratsiyalari o'pka, jigar, taloq, buyraklar, yurak, ingichka ichak va suyak ko'migida aniqlangan. Doksorubitsin gematoentsefalik to'siq orqali o'tadi.
Doksorubitsin tez metabolizmga uchraydi va uning asosiy metaboliti doksorubitsinning kamroq faol 13-digidro xosilasi xisoblanadi. Besh kun davomida taxminan 5% siydikda aniqlanadi, shu vaqtning o'zida 40-50% o't-safro bilan 7 kun davomida chiqariladi. Jigar faoliyatini pasayishi moddaning eliminatsiyasini sekinlashishiga olib keladi.
Xavfsizligi bo'yicha klinikagacha bo'lgan ma'lumotlar
Xayvonlardagi tekshirishlarga bag'ishlangan adabiyotlar doksorubitsinni fertillikka ta'siri va embriotoksik, fetotoksik va teratogen samaralar ko'rsatishini ko'rsatadi. Boshqa ma'lumotlar doksorubitsinni mutagen samara ko'rsatishidan dalolat beradi.