Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Quyidagi kasalliklari bo'lgan katta yoshdagi patsiyentlarda aterotrombotik asoratlarni oldini olish:
miokard infarkti, ishemik insulьt yoki periferik arteriyalarning diagnostika qilingan okklyuzion kasalligi bo'lgan patsiyentlarda;
ST segmentini ko'tarilishisiz o'tkir koronar sindromi (nostabil stenokardiya yoki Q tishchasisiz miokard infarkti) bo'lgan patsiyentlarda, shu jumladan teri orqali koronar aralashuv yoki aorto-koronar shuntlash o'tkazilgan (stent qo'yilgan yoki stent qo'yilmagan holda) patsiyentlarda;
ST segmentini ko'tarilishi bilan o'tkir koronar sindrom (o'tkir miokard infarkti) bo'lgan patsiyentlarda dorilar bilan davolashda va atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuada trombolitik davolash o'tkazilishi mumkin bo'lganda qo'llaniladi.
Yurak bo'lmachalari fibrillyatsiyasida aterotrombotik va tromboembolik asoratlarni (shu jumladan insulьt) oldini olishda:
qon tomirlari asoratlarini rivojlanish xavfining kamida bitta omili bo'lgan, K vitaminining antagonistlarini qabul qila olmaydigan va qon ketishlarini rivojlanish xavfi past bo'lgan katta yoshdagi patsiyentlarda (atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuada) qo'llaniladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Klopidogrel yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Og'ir jigar yetishmovchiligi.
O'tkir patologik qon ketishi (masalan, peptik yaradan qon ketishi yoki bosh miyaga qon quyilishi).
Farmakologik ta'sir
Klopidogrel kuniga 75 mg dozada bir marta va takroran ichga qabul qilingandan keyin tezda so'riladi. Klopidogrelning metabolitlarini siydik bilan chiqarilishiga doir ma'lumotlarga muvofiq, klopidogrelni absorbtsiyasi 50% dan kamni tashkil etadi. In vitro sharoitlarda klopidogrel va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy metaboliti plazma oqsillari bilan qaytuvchan bog'lanadi (muvofiq ravishda 98% va 94%). Klopidogrel jigarda faol metabolizmga uchraydi. Odam tomonidan 14S-nishonlangan klopidogrel ichga qabul qilinganidan keyin 120 soat davomida uning taxminan 50% siydik bilan va taxminan 46% ahlat bilan ajratiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Homiladorlikda (V toifasida)
Klopidogrelni homiladorlik davrida klinik qo'llanilishi to'g'risida ma'lumotlar yo'qligini nazarda tutib, uni bu davrda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Laktatsiya davrida
Farmakokinetik/toksikologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, klopidogrel va uning metabolitlari ona suti bilan chiqariladi. Shuning uchun klopidogrel bilan davolashga zarurat bo'lganida emizishni to'xtatish lozim.
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.