Hududni tanlang
group

DIAKARB tabletkalar

Akrixin, AO (Rossiya) va boshqalar
Faol moddalar:
Asetazolamid
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing
Narx: 60 000 so'mdan

DIAKARB tabletkalarning dorixonalardagi narxlar

product
DIAKARB tabletkalari 250mg N30
Farmasevticheskiy zavod «Polpharma», AO
60 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
Diacarb tabletkalari 250mg N30
«Polfarma» AO
60 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
DIAKARB tabletkalari 250mg N24
Farmasevticheskiy zavod «Polpharma», AO
product
DIAKARB 0,25 tabletkalari N30
Akrixin, AO

Yo'riqnoma DIAKARB tabletkalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

yurak etishmovchiligidagi yoki dori vositalarini qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan shishlar

  • surunkali ochiq burchakli glaukoma, ikkilamchi glaukoma, yopiq burchakli glaukoma (ko'z ichki bosimini pasaytirish uchun operasiyadan oldingi qisqa muddatli davolashda va yopiq burchakli glaukomaning o'tkir xurujini qo'zg'atuvchi oftalmologik muolajalardan oldin)

  • tutqanoq (tutqanoqqa qarshi boshqa vositalar bilan majmuada) – bolalarda kichik tutqanoq xurujlarida (petit mal) va kattalarda katta xurujlarida (grand mal), aralash shakllarida

  • balandlikka ko'tarilish bilan bog'liq kasallik (preparat iqlimga moslashish vaqtini qisqartiradi, lekin kasallikning ko'rinishlariga uning ta'siri juda oz)

  • bosh miya ichki bosimini oshishi (xavfsiz bosh suyagi ichki bosimi gipertenziyasi, qorinchalar shuntlanganidan keyingi bosh miya ichki bosimi gipertenziyasi) da qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

qon zardobida natriy va kaliy darajasini kamayishi

  • jigar va buyrak faoliyatini buzilishi

  • buyrak usti bezi etishmovchiligi

  • giperxloremik asidoz

  • jigar tsirrozi

  • surunkali dekompensasiyalangan yopiq burchakli glaukoma (uzoq muddatli davolashda)

  • preparatning komponentlariga yoki sulfonamidlarga yuqori sezuvchanlik

  • Addison kasalligi

  • homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: atsetazolamid - 250 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, povidon, kroskarmellozaning natriyli tuzi, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Farmakodinamikasi

Atsetazolamid kuchsiz diuretik faollikka ega bo'lgan karboangidrazaning kuchli ingibitoridir. Ta'sir mexanizmi karbonat kislotasidagi Na+ va N+ ionlarining ajralib chiqishini bostirishi bilan bog'liq. Karboangidraza faolligini atsetazolamid tomonidan susaytirilishi (ingibitsiya qilinishi) nefronning proksimal naychasida ko'mir kislotasining sintezini bostiradi. Na+ ionlarining o'rnini egallash uchun zarur bo'lgan N+ ionlarining manbai bo'lgan karbonat kislotasining etishmovchiligi, buyraklar tomonidan natriy va suvni chiqarilishini oshiradi. Nefronning distal qismida atsetazolamidning ta'siri oqibatidagi katta miqdorda natriyni chiqarilishi natijasida, Na+ ionlarini o'rnini K+ ionlarini egallashi oshadi, bu kaliyni katta yo'qotilishiga va gipokaliemiyaga olib keladi. Atsetazolamid bikarbonatlarni chiqarilishini oshiradi, bu metabolik asidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Atsetazolamid siydik bilan fosfatlar, magniy, kaltsiyni chiqarilishini chaqiradi, bu ham metabolik buzilishlarga olib kelishi mumkin.

Qo'llash boshlanganidan keyin 3 kun o'tgach, atsetazolamid o'zining diuretik xususiyatlarini yo'qotadi. Davolashdagi bir necha kunlik tanaffusdan keyin qaytatdan buyurilgan atsetazolamid, karboangidrazaning normal faolligi tiklanganligi tufayli, diuretik ta'sirini qaytadan boshlaydi.

Atsetazolamidning ekstrarenal ta'siri glaukomani davolash uchun ishlatiladi. Kipriksimon tananing karboangidrazasini susayishi ko'zning oldi kamerasi suyuqligining sekresiyasini kamaytiradi, bu ko'z ichki bosimini pasaytiradi.

Preparat tutqanoqni davolashda yordamchi vosita sifatida qo'llanadi. Nerv xujayralaridagi karboangidrazani susaytirishi patologik qo'zg'aluvchanlikni tormozlaydi.

Atsetazolamid likvordinamik buzilishlar va bosh miya ichki gipertenziyasini davolash uchun qo'llanadi. Preparat bosh miyada xususan, bosh miya qorinchalarining nerv chigallarida orqa miya suyuqligini ishlab chiqarilishini kamaytirib, karboangidrazaning faolligini susaytiradi.

Atsetazolamid kislota-ishqor holatini metabolik asidoz tomonga o'zgartiradi, bu nafasni buzilishlarini davolash uchun, shu jumladan uyqudagi Markaziy genezli apnoe sindromini davolash uchun ishlatiladi.

Farmakologik ta'sir

Atsetazolamid me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. 500 mg dozada ichga qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal kontsentrasiyasi (12-27 mkg/ml) ga 1-3 soatdan so'ng erishiladi. Yuborilgan vaqtdan boshlab, minimal kontsentrasiyalarda qonda 24 soat davomida tutib turiladi. Atsetazolamid yo'ldosh orqali o'tadi, oz miqdorda ko'krak sutiga kiradi. To'qimalarda to'planmaydi va organizmda metabolizmga uchramaydi. Buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan so'ng qabul qilingan dozaning taxminan 90% 24 soat davomida siydik bilan chiqariladi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

DIAKARB tabletkalar rasmlari

product

DIAKARB tabletkalari 250mg N30

product

Diacarb tabletkalari 250mg N30

product

DIAKARB tabletkalari 250mg N24

product

DIAKARB 0,25 tabletkalari N30

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

DIAKARB tabletkalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

DIAKARB tabletkalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

DIAKARB tabletkalar dori vositasi Akrixin, AO (Rossiya) Farmasevticheskiy zavod «Polpharma», AO (Polsha) «Polfarma» AO (Polsha) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Oftolmologik vositalar

O'zbekistonda dorixonalarda DIAKARB tabletkalar dori vositasi qancha turadi?

DIAKARB tabletkalar dori vositasining boshlang'ich narxi - 60 000 so'mdan.

DIAKARB tabletkalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

DIAKARB tabletkalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

DIAKARB tabletkalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

DIAKARB tabletkalar analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.