Foydalanish uchun ko'rsatmalar
1. Jadal terapiya bo'limidagi katta patsiyentlarda sedatsiya, ular uchun zarur sedatsiya chuqurligi darajasi tovushli stimulyatsiyaga javoban uyg'onish darajasidan oshmaydi (Richmond qo'zg'alish-sedatsiya shkalasi (RASS) bo'yicha 0 dan -3 ballgacha bo'lgan diapazonga to'g'ri keladi).
2. Intubatsiya qilinmagan patsiyentlarda diagnostik yoki jarrohlik manipulyatsiyalardan oldin va/yoki ular vaqtida sedatsiya, masalan ambulator aralashuvlarda/es-xushi saqlangan holda sedatsiya.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddaga yoki boshqa komponentlarga o'ta yuqori sezuvchanlik.
Yurak ritmini sun'iy boshqaruvchisi bo'lmagan II-III darajali atrioventrikulyar blokada.
Nazorat qilib bo'lmaydigan arterial gipotenziya
Bosh miyada qon aylanishining o'tkir buzilishida qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Deksmedetomidin farmakologik xususiyatlarning keng doirasiga ega bo'lgan α2-adrenoretseptorlar selektiv agonisti hisoblanadi. U simpatik nerv oxirlaridan noradrenalinni ajralib chiqishini kamaytirishi tufayli, simpatolitik samraga ega. Sedativ samarasi bosh miyaning ustunidagi moviy dog'da (asosan noradrenergik neyronlar bo'lgan yadro) qo'zg'alishni pasaytirishi bilan bog'liq.
Deksmedetomidin analьgeziyalovchi va anestetik/analьgetik samarani saqlovchi samaralarga ega. Yurak-qon tomir tizimiga bo'lgan ta'sir samaralari dozaga bog'liq xarakterga ega: infuziya tezligi past bo'lganda asosan markaziy samara o'rin tutadi, bu yurak qisqarishlari soni va arterial bosimni pasayishiga olib keladi. Yuqori dozalar qo'llanganda ko'proq umumiy qon tomirlar qarshiligini va shu bilan birga arterial bosimni oshishiga olib keluvchi periferik vazokonstriktsiya (periferik qon tomirlarini torayishi) yuz beradi, ayni paytda bradikardik ta'siri saqlanib qoladi. Deksmedetomidin, sog'lom shaxslarda monoterapiya sifatida qo'llanganda nafasni susaytirish xususiyatiga deyarli ega emas.
α2-adrenoretseptorlar bilan bog'liq bo'lgan fiziologik reaktsiyalar muhitga qarab o'zgarib turadi. Anesteziologiya nuqtai nazaridan, nefronlar giperpolyarizatsiyasi α2-adrenoretseptorlar agonistlarining markaziy va periferik ta'sir mexanizmining asosiy tayanch elamenti hisoblanadi. Odatda presinaptik α2-adrenoretseptorlarni faollashuvi norepinefrinni ajralib chiqishini susaytiradi va og'riq signallarini o'tkazilishini to'xtatadi.
Markaziy nerv tizimi (MNT) ning postsinaptik α2-adrenoretseptorlarini faollashuvi simpatik faollikni bostiradi, buning natijasida arterial bosim va yurak qisqarishlari soni pasayadi. Ushbu samaralarning majmuasi og'riq qoldiruvchi sedativ va anksiolitik ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Deksmedetomidin mana shu barcha samaralarni o'zida jamlagan bo'lib, turli ta'sir etuvchi moddalar qo'llanganida yuz beruvchi noxush rektsiyalardan saqlanish imkonini beradi. Farmakologik tadqiqotlar (turli α2-adrenoretseptorlarga yaqinlikni o'rganish), shuningdek biologik sinovlar jarayonida α2-adrenoretseptorlarning kamida 3 ta izoretseptorlari aniqlangan.
α2-adrenoretseptorning ta'siri guanozintrifosfat bilan bog'langan oqsil (G-oqsillar) orqali namoyon bo'ladi. Faollashgan G-oqsillar ikkinchi neyromediator tizimning retseptorlarini signalizatsiya qilish yoki ion kanallarning faolligini modulyatsiya qilish yordamida hujayra faolligini modulyatsiya qiladi. Ikkinchi neyromediator tizimni faollashuvi adenilattsiklazani ingibitsiyasiga olib keladi, bu o'z navbatida 3,5-tsiklik adenozinmonofosfat (tsAMF) ni ishlab chiqarilishini susayishiga olib keladi. Spetsifik sAMF-ga qaram kinazalar oqsil-nishonlarning faolligini modifikatsiya qilib, ularning fosforlanishini nazorat qiladi.
Ion faolligini muvofiqlashtirilishi hujayra membranasining giperpolyarizatsiyasiga olib keladi. Kaliy ionlarini faollashgan kanallar orqali efflyuksi qo'zg'aluvchan membrananing giperpolyarizatsiyasiga olib keladi, bu spaykaga olib keluvchi razryadlar sonini kamayishi uchun samarali vosita hisoblanadi. α2-adrenoretseptorlarni rag'batlantirilishi shuningdek nerv oxirlariga kalьtsiyni oqib kelishini qisqartiradi, bu esa, neyromediatorlarni otilib chiqishini ingibitsiya qilinishiga sabab bo'lishi mumkin. Anesteziologiya nuqtai nazaridan neyronlarning giperpolyarizatsiyasi α2-adrenoretseptorlar agonistlarining ta'sir mexanizmining asosiy elementi hisoblanadi.
Odatda presinaptik α2-adrenoretseptorlarni faollashuvi norepinefrinni ajralib chiqishini susaytiradi va og'riq signallarini o'tkazilishini to'xtatadi. Markaziy nerv tizimi (MNT) ning postsinaptik α2-adrenoretseptorlarini faollashuvi simpatik faollikni susaytiradi, buning natijasida arterial bosim va yurak qisqarishlari soni pasayadi. Ushbu samaralarning majmuasi og'riq qoldiruvchi, sedativ va anksiolitik ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Deksmedetomidin o'zida ushbu samaralarni jamlagan bo'lib, turli ta'sir etuvchi moddalarni qo'llaganda yuz beruvchi noxush reaktsiyalardan saqlanish imkonini beradi. Deksmedetomidin α2-adrenoretseptorlarga nisbatan dozaga bog'liq selektivlikka ega bo'lgan α2-adrenoretseptorlarning agonistidir.
1-Ko'rsatma: jadal davolash bo'limida davolanayotgan katta patsiyentlarda sedatsiya
Operatsiyadan keyingi jadal davolash bo'limida davolanayotgan, avval intubatsiya qilingan va midazolam yoki propofol yordamida sedatsiya chaqirilgan patsiyentlarda o'tkazilgan platsebo-nazoratli klinik tadqiqotlarda, deksmedetomidin 24 soat davomida qo'shimcha sedatsiyaga (midazolam yoki propofol bilan) va opioidlarga bo'lgan ehtiyojni ancha ahamiyatli darajada pasaytirgan. Deksmedetomidin qabul qilgan ko'pchilik patsiyentlar qo'shimcha sedatsiyaga muxtoj bo'lishmagan. Patsiyentlar, deksmedetomidin infuziyasi to'xtatilmasdan, muvoffaqiyatli ekstubatsiya qilinishlari mumkin bo'lgan.
Deksmedetomidin, 14 kun davomida uzoq muddatli yengil yoki o'rtacha darajadagi sedatsiyaga (RASS 0 dan -3 gacha) muhtoj bo'lgan, jadal davolash bo'limida davolanayotgan asosan terapevtik patsiyentlarda sedatsiyaning maqsadli diapazonida bo'lish vaqti bo'yicha midazolam (xavflar nisbati 1,07; 95 % II 0,971 – 1,176) va propofol (xavflar nisbati 1,00; 95 % II 0,922 – 1,075) bilan o'xshash bo'lgan.
Deksmedetomidin midazolamga nisbatan, o'pkaning sun'iy ventilyatsiyasi davomiyligini va propofol va midazolamga nisbatan, traxeyani ekstubatsiyasigacha bo'lgan vaqtni qisqartirgan. Deksmedetomidin qabul qilgan patsiyentlar, propofol yoki midazolam qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan, yengilroq uyg'onishgan, personal bilan yaxshiroq hamkorlik qilishgan va og'riq jadalligi bo'yicha yaxshiroq xabar berishgan. Deksmedetomidin qabul qilgan patsiyentlarda, midazolam qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan, arterial gipotenziya va bradikardiya ko'poq yuzaga kelgan, lekin taxikardiya kamroq rivojlangan, propofol qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan esa, taxikardiya ko'proq rivojlangan, lekin arterial gipotenziyani rivojlanish tezligi bir xil bo'lgan.
CAM-ICU shaklasi yordamida baholanuvchi deliriyni rivojlanish tezligi, tadqiqotlarda midazolamga nisbatan pasroq bo'lgan, deliriy bilan bog'liq noxush ko'rinishlar esa, propofolga nisbatan, deksmedetomidin qabul qilgan guruhda kamroq rivojlangan.
Sedatsiya darajasi yetarli bo'lmaganligi tufayli sedatsiya to'xtatilgan patsiyentlar propofol yoki midazolamga o'tkazilgan. Sedatsiya darajasini yetarli bo'lmasligi xavfi, bevosita boshqa dori vositasiga o'tishdan oldin standart usullar bilan sedatsiya holatiga kiritish qiyin bo'lgan patsiyentlarda yuqoriroq bo'lgan.
Bolalarda preparatning samaradorligini tasdiqlovchi dalillar jadal terapiya bo'limida 1 oylikdan ≤ 17 yoshgacha bo'lgan operatsiyadan keyingi katta populyatsiyada dozani nazorat qilish bilan o'tkazilgan klinik tadqiqotda olingan. Deksmedetomidin qabul qilgan taxminan 50% patsiyentlar 24 soatdan oshmagan (mediana 20,3 soat) davolash davri davomida midazolam yordamida qo'shimcha sedatsiyani talab etishmagan. Preparatni 24 soatdan ortiq qo'llanilishi yuzasidan ma'lumotlar mavjud emas.
Yangi tug'ilgan (homiladorlikning 28-44-chi haftasida tug'ilgan) chaqaloqlarda qo'llanilishi yuqasidan ma'lumotlar cheklangan va faqat past dozalar (≤0,2 mkg/kg/soat) uchun mavjud (5.2 va 4.4 bo'limlarga qarang). Yangi tug'ilgan chaqaloqlar, gipotermiya bo'lgan hollarda va yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmi yurak qisqarishlari soniga bog'liq bo'lgan holatlarda, deksmedetomidinning bradikardik samarasiga ayniqsa sezgir bo'lishlari mumkin.
Jadal terapiya bo'limidagi patsiyentlar ishtirokida faol nazorat preparatini qo'llagan holda o'tkazilgan ikki yoqlama yashirin klinik tadqiqotlarda buyrak usti bezi po'stlog'ini susayishini yuz berishlari tezligi (chastotasi), midazolam qabul qilgan (n=338), yoxud propofol qabul qilgan (n=275) patsiyentlardagi 0% ga nisbatan, deksmedetomidin qabul qilgan patsiyentlarda (n=778) 0,5 % ni tashkil etgan. Bu noxush ko'rinish 1 holatda yengil darajaga va uchta holatda o'rtacha og'irlik darajasida bo'lgan holat sifatida qayd etilgan.
2-Ko'rsatma: ambulator aralashuvlarda sedatsiya/es-hushi saqlangan holatda sedatsiya
Jarrohlik yoki boshqa tibbiy aralashuvlardan oldin va/yoki ularni o'tkazish vaqtida intubatsiya qilinmagan patsiyentlarda sedatsiya uchun qo'llangan deksmedetomidinning xavfsizligi va samaradorligi ikkita randomizatsiyalangan ikki yoqlama yashirin platsebo-nazoratli ko'p markazli klinik tadqiqotlarda baholangan.
1-Tadqiqotda turli jarrohlik yoki boshqa tibbiy aralashuvlarda nazorat qilingan anesteziya ostida bo'lgan patsiyentlarda deksmedetomidinning sedativ xususiyatlari o'rganilgan va sedatsiyaning istalgan darajasiga erishish uchun midozolam bilan qo'shimcha sedatsiya talab etilmagan patsiyentlar ulushi aniqlangan; bunda faollik va sedatsiyani baholash shkalasi (OAAS) qo'llanilgan.
Randomizatsiyadan keyin patsiyentlarga deksmedetomidinni 1 mkg/kg dozada (n=129), deksmedetomidinni 0,5 mkg/kg dozada (n=63) yuklama infuziyasi yoki platsebo (fiziologik eritma) infuziyasi 10 minut davomida o'tkazildi, shundan so'ng boshlang'ich doza – soatiga 0,6 mkg/kg doza bilan samarani bir maromda tutib turuvchi infuziya o'tkazildi. Tekshirilayotgan preparatning samarani bir maromda tutib turuvchi infuziyasining dozasini sedatsiyaning istalgan darajasiga (OAAS - faollik va sedatsiyani baholash shakalasi bo'yicha ≤ 4) erishish uchun soatiga 0,2 mkg/kg dan 1 mkg/kg gacha titrlashimiz mumkin bo'lgan. Zarurat bo'lganida, OAAS - faollik va sedatsiyani baholash shakalasi bo'yicha sedatsiyaning zarur darajasiga erishish va uni tutib turish uchun patsiyentlarga midozolam yuborilishi mumkin. Istalgan sedatsiya darajasiga erishilgach, mahalliy anesteziya bajarilgan. Deksmedetomidin guruhi va platsebo guruhining demografik xarakteristikalari bir xil bo'lgan.
Samaradorlikni baholash natijalari bo'yicha intubatsiya qilinmagan patsiyentlarni sedatsiyasi uchun platseboga nisbatan, deksmedetomidin ancha samaraliroq ekanligi namoyish etilgan. Deksmedetomidinni 1 mkg/kg dozada qabul qilgan 54% patsiyent va deksmedetomidin 0,5 mkg/kg dozada qabul qilgan 40% patsiyentlar, platsebo qabul qilgan 3% patsiyentlarga nisbatan, midozolam bilan qo'shimcha sedatsiyaga muhtoj bo'lishmagan.
2-Tadqiqotda deksmedetomidinni, jarrohlik yoki diagnostik manipulyatsiyalar oldidan katta patsiyentlarni hushi o'zidaligida kamera yordamida kuzatish yo'li bilan intubatsiya uchun qo'llanilishi o'rganilgan. Deksmedetomidinning sedativ xususiyatlari, Ramsay sedatsiya shkalasi bo'yicha sedatsiya chuqurligi darajasi ≥ 2 ga erishish uchun midozolam bilan qo'shimcha sedatsiya talab etilmagan patsiyentlar ulushini qiyoslash yordamida tekshirilgan. Patsiyentlar randomizatsiya qilingan va deksmedetomedinni 1 mkg/kg dozada (n=55) yuklama infuziyasini yoki platseboni (fiziologik eritma (n=50)) 50 minut davomida qabul qilishgan, shundan so'ng 0,7 mkg/kg/soat fiksatsiyalangan doza bilan samarani bir maromda tutib turuvchi infuziyasi yuborildi. Zarurat bo'lganida patsiyentlar Ramsay sedatsiya shkalasi bo'yicha ≥ 2 sedatsiya darajasiga erishish va/yoki shu maromda tutib turish uchun midozolam qabul qilishgan.
Deksmedetomidin guruhi va platsebo guruhining demografik xarakteristikalari bir xil bo'lgan.
Samaradorlikni baholash natijalari bo'yicha intubatsiya qilinmagan patsiyentlarni sedatsiyasi uchun platseboga nisbatan, deksmedetomidin ancha samaraliroq ekanligi namoyish etilgan. Deksmedetomidinni qabul qilgan 53% patsiyentlar, platsebo qabul qilgan 14% patsiyentlarga nisbatan, midozolam bilan qo'shimcha sedatsiyaga muhtoj bo'lishmagan.
Farmakologik ta'sir
Deksmedetomidinning farmakokinetikasi sog'lom ko'ngillilarda qisqa muddatli vena ichiga yuborilganda va jadal davolash bo'limidagi patsiyentlarda preparatni uzoq vaqt davomida infuzion tarzda yuborilganda o'rganilgan.
Taqsimlanishi
Deksmedetomidin ikki kamerali taqsimlanish modeli orqali taqsimlanadi. Sog'lom ko'ngillilarda u tez taqsimlanish fazasiga uchraydi, yarim taqsimlanish davri (T1/2α) taxminan 6 minutga teng. Yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 1,9–2,5 soatga (minimal qiymati — 1,35 soat, maksimal qiymati — 3,68 soat) teng va statsionar taqsimlanish hajmining o'rtacha qiymati (Vss) taxminan 1,16–2,16 l/kg (90–151 l) ga teng. Qon plazmasidan klirensining o'rtacha qiymati (Cl) — 0,46–0,73 l/soat/kg (35,7–51,1 l/soat) n tashkil etadi. Ko'rsatilgan qiymatlar Vss va Cl bilan bog'liq o'rtacha tana vazni 69 kg ga teng bo'lgan. Deksmedetomidinning farmakokinetikasi jadal terapiya bo'limidagi patsiyentlarda qon plazmasida preparatning > 24 soatlik infuziyasidan so'ng bir xil bo'lgan. Hisoblab chiqilgan farmakokinetik parametrlar: T1/2 taxminan 1,5 soatga teng, Vss — taxminan 93 l ga va Cl — taxminan 43 l/soat ga teng. 0,2 dan 1,4 mkg/kg/soat gacha dozalar diapazonida deksmedetomidinning farmakokinetikasi to'g'ri praportsional, u 14 kungacha davom etgan davolanishda to'planmaydi. Deksmedetomidinning qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi — 94 % ni tashkil etadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanish darajasi 0,85 dan 85 ng/ml gacha kontsentratsiyalar diapazonida o'zgarmas bo'lgan. Deksmedetomidin, ham odamning zardob alьbumini, ham α1-nordon glikoprotein bilan bog'lanadi, zardob alьbumini deksmedetomidin qon plazmasida bog'lanadigan asosiy oqsil hisoblanadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Deksmedetomidin jigarda to'liq metabolizmga uchraydi. Boshlang'ich metabolizmi uchta metabolik yo'l: to'g'ridan-to'g'ri N-glyukuronizatsiya, to'g'ridan-to'g'ri N-metil guruhini birikishi va sitoxrom R450 yordamida oksidlanish yo'l bo'yicha kechadi. Deksmedetomidinning qon oqimidagi asosiy metabolitlari ikkita izomer N-glyukuronid hisoblanadi. Metabolit H-l (N-metil-Z-gidroksimetildeksmedetomidina O-glyukuronid) ham deksmedetomidin biotransformatsiyasining asosiy qonda aylanib yuruvchi mahsuloti hisoblanadi. Sitoxrom R450 qonda aylanib yuruvchi ikkita ikkinchi darajali metabolitlarni: deksmedetomidinning 3-metil guruhida gidroksillanish yo'li bilan hosil bo'ladigan 3-gidroksimetildeksmedetomidin va imidazol xalqani oksidlanishi hisobiga hosil bo'luvchi N-3 metabolitni hosil bo'lishini katalizlaydi. Mavjud ma'lumotlarga muvofiq, oksidlangan metabolitlarni hosil bo'lishi sitoxrom R450 ning qator izofermentlari (CYP2A6, CYP1A2, CYP2E1, CYP2D6 va CYP2C19) ishtirokida yuz beradi. Bu metabolitlar ahamiyatli farmakologik faollikka ega emas.
Radioaktiv izotop bilan nishonlangan deksmedetomidinni vena ichiga yuborilgandan keyin 9 kundan so'ng radiaktiv moddaning taxminan 95% siydikda va 4% axlatda aniqlangan. Siydikdagi asosiy metabolitlari – yuborilgan dozaning 34% ni tashkil etuvchi ikkita izomer N-glyukuronidi va yuborilgan dozaning 14,51 % ni tashkil etuvchi N-metil-Z-gidroksimetildeksmedetomidina O-glyukuronid hisoblanadi. Metabolitlar deksmedetomidin-karbon kislotasi, 3-gidroksimetildeksmedetomidin va uning O-glyukuronidi yuborilgan dozaning 1,11–7,66 % ni tashkil etadi. O'zgarmagan deksmedetomidinning 1% dan kamrog'i siydikda aniqlanadi. Siydikdagi metabolitlarning taxminan 28% aniqlanmagan ikkinchi darajali metabolitlar hisoblanadi.
Maxsus patsiyentlar guruhi
Preparatning farmakokinetikasida yoshga va jinsga bog'liq sezilarli farqlar yo'q.
Sog'lom ko'ngillilarga nisbatan, jigar yetishmovchiligi bo'lgan shaxslarda deksmedetomidinni plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi pasayadi. Deksmedetomidinning bog'lanmagan fraktsiyasining o'rtacha ulushi sog'lom ko'ngillilarda 8,5 % dan, og'ir jigar yetishmovchiligi bo'lgan shaxslarda 17,9 % gacha o'zgarib turgan. Turli og'irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha A, V va S sinflari) bo'lgan patsiyentlarda deksmedetomidinning buyrak klirensi pasaygan va qon plazmasidan yarim chiqarilish davri - T1/2 uzaygan. Sog'lom ko'ngillilarda kuzatilgan ko'rsatkichlarga nisbatan, yengil, o'rtacha va og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan shaxslarda qon plazmasidan bog'lanmagan deksmedetomidinning klirensini o'rtacha qiymatlari muvofiq ravishda 59, 51 va 32 % ni tashkil etgan. Yengil, o'rtacha va og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan shaxslarda o'rtacha T1/2 muvofiq ravishda 3,9; 5,4 va 7,4 soatga uzaygan. Deksmedetomidinning dozasini tanlash sedativ samaraning darajasiga qarab amalga oshirilishiga qaramay, jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda, buzilish darajasiga yoki klinik javobga qarab, preparatning boshlang'ich yoki samarani bir maromda tutib turuvchi dozasini pasaytirish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.
Sog'lom ko'ngillilarga nisbatan, og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/minut) bo'lgan patsiyentlarda deksmedetomidinning farmakokinetikasi o'zgarmaydi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (homiladorlikning 28-44-chi haftasida tug'ilgan chaqaloqlarda) va 17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda olingan ma'lumotlar cheklangan. Deksmedetomidinning yarim chiqarilish davri 1 oylikdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda katta patsiyentlarda kuzatilganiga muvofiq kelgan, lekin yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (1 oylikkacha) ancha uzoq davr kuzatiladi. 1 oylikdan 6 yoshgacha bo'lgan yosh guruhida tana vazni bo'yicha muvofiqlashtirilgan qon plazmasidan klirensi yuqoriroq bo'lgan, lekin kattaroq yoshdagi bolalar va o'smirlarda pasaygan. Yangi tug'ilgan (1 oylikkacha bo'lgan) chaqaloqlarda tana vazni bo'yicha muvofiqlashtirilgan qon plazmasidan klirensi xali yetuklik darajasiga yetmaganligi tufayli, kattaroq yoshdagi guruhlardagiga nisbatan pastroq (0,9 l/soat/kg) bo'lgan. Mavjud ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
|
|
Ўртача қиймати (95 % ИИ)
|
Ёш
|
N
|
Cl (л/соат/кг)
|
t1/2
(соат)
|
1 ойликкача
|
28
|
0,93
|
4,47
|
|
|
(0,76; 1,14)
|
(3,81; 5,25)
|
1 дан <6 ойликкача
|
14
|
1,21
|
2,05
|
|
|
(0,99; 1,48)
|
(1,59; 2,65)
|
6 дан <12 ойликкача
|
15
|
1,11
|
2,01
|
|
|
(0,94; 1,31)
|
(1,81; 2,22)
|
12 дан <24 ойликкача
|
13
|
1,06
|
1,97
|
|
|
(0,87; 1,29)
|
(1,62; 2,39)
|
2 ёшдан <6 ёшгача
|
26
|
1,11
|
1,75
|
|
|
(1,00; 1,23)
|
(1,57; 1,96)
|
6 ёшдан <17 ёшгача
|
28
|
0,80
|
2,03
|
|
|
(0,69; 0,92)
|
(1,78; 2,31)
|
Xavfsizlik bo'yicha klinika oldi ma'lumotlari
Bir marta va ko'p marta yuborilgandagi farmakologik xavfsizlikni, toksiklikni, shuningdek genotoksiklikni o'rganish yuzasidan umum qabul qilingan tadqiqotlarga asoslangan klinika oldi tadqiqotlaridan kelib chiqib, ushbu dori vositasi odam uchun xavf tug'dirmaydi degan xulosaga kelish mumkin.
Reproduktiv toksiklikni o'rganish yuzasidan kalamushlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda deksmedetomidin erkak va urg'ochilardagi fertillikka ta'sir ko'rsatmagan, shuningdek quyonlar va kalamushlarda teratogen samaralar ham aniqlanmagan. Quyonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda preparatning sutkada 96 mkg/kg li maksimal dozasini vena ichiga yuborilishi natijasidagi ekspozitsiya, odamda terapevtik doza yuborilgandagi ekspozitsiya bilan bir xil bo'lgan. Kalamushlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda sutkada 200 mkg/kg li maksimal dozani teri ostiga yuborilishi homila o'limini oshishini va homila vaznini kamayishini chaqirgan. Aftidan, bu urg'ochi hayvondagi toksiklik bilan bog'liq bo'lgan. Homilaning tana vaznini kamayishi kalamushlarda, sutkada 18 mkg/kg dozada qo'llab fertillik o'rganilganda aniqlangan, sutkada 54 mkg/kg dozani qo'llanilishi ossifikatsiyani kechikishi bilan kechgan. Kalamushlarda erishilgan ekspozitsiya darajasi, odamda terapevtik doza yuborilganidagiga qaraganda pastroq bo'lgan.
Asosiy ma'lumotlar
-
Nimadan?
-
Nima uchun?
-
Kategoriya