Hududni tanlang
group

Д-ПАРА tabletkalar

BKRS Pharma Pvt. Ltd. (Hindiston)
Faol moddalar:
Parasetamol, diklofenak natriy

D-PARA tabletkalarning dorixonalardagi narxlar

product
D PARA tabletkalari 50mg N100
BKRS Pharma Pvt. Ltd.

Yo'riqnoma D-PARA tabletkalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Revmatoid artrid, osteoartrit, bel og'rig'i va tendinit, tendosinovit, bursit, paylarni cho'zilishi va suyaklarni chiqishi kabi, boshqa o'tkir skelet – mushak buzilishlari; ankilozlovchi spondilit; ortopedik, stomatologik va boshqa kichik xirurgik operatsiyalaridagi og'riq va yallig'lanishni susaytirish; yuvenil surunkali artrit; operatsiyadan keyingi og'riq; bosh og'rig'i; tanadagi og'riqlar; isitmani pasaytirishda qo'llaniladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
anamnezdagi aspirin yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalariga angionevrotik shish va bronxospastik reaktsiyalar (“aspirin astmasi”), bronxial astma xurujlari;
zo'rayish bosqichidagi me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit);
homiladorlik, laktatsiya;
12 yoshgacha bo'lgan bolalar;
ko'ruv nervining kasalliklari, nafas yo'llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi;
buyraklar va jigar funktsiyasining yaqqol buzilishlarida qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Paratsetamol og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Og'riqni qoldiruvchi ta'sir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish bilan bog'liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga to'g'ridan-to'g'ri ta'siri bilan bog'liq, buning natijasida tomirlarning kengayishi va kuchli terlash tufayli, tanadan issiqlikning ajralib chiqishi kuchayadi.
Diklofenak natriy nosteroid yallig'lanishga qarshi vositadir. Ta'sir mexanizmi siklooksigenazani nospetsifik susaytirilishi, prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish, shuningdek leykotsitlarda erkin araxidonlar kontsentratsiyasini pasaytirishi bilan bog'liq. Yallig'lanishga qarshi, og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi, trombotsitlarning agregatsiyasiga to'sqinlik qiladi. Uzoq muddat qo'llanganida desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi.

Farmakologik ta'sir

Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so'riladi. Plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasiga 30 - 90 minut o'tgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha to'qimalariga kiradi, yo'ldoshga oson o'tadi va ko'krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to'planganida jigarni nekrozga uchratishi mumkin. Asosan metabolitlari ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarimchiqarilish davri 1,5 - 3 soat oralig'ida. Jigar funktsiyasi buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to'planishiga yordam beradi.
Diklofenak natriy - bir marta ichga qabul qilinganidan so'ng, ichakdan tez va to'liq so'riladi, faol moddaning taxminan 50% jigardan birinchi o'tishda metabolizmga uchraydi. 50 mg dozada preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 1 - 2 soatdan so'ng kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmolь/l) ni tashkil qiladi. Ovqat preparatni so'rilishini sekinlashtiradi, ammo so'rilayotgan faol moddaning miqdori o'zgarmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 99,7% ni tashkil qiladi; bunda preparatning ko'p qismi (99,4%) alьbuminlar bilan bog'lanadi. Sinovial suyuqligiga bo'g'im bo'shlig'iga yaxshi kiradi, u yerda faol moddaning maksimal kontsentratsiyasiga plazmadagiga qaraganda 2 - 4 soat kech erishiladi. Sinovial suyuqligidan yarimchiqarilish davri 3 - 6 soatni tashkil qiladi. Preparatning 60% metabolitlari ko'rinishda buyraklar orqali, qolgan qismi o't-safro orqali chiqariladi. Buyraklar funktsiyasi yaqqol buzilgan (kreatinin klirensi 10ml/min dan kam) bemorlarda, o't-safro bilan chiqariladigan metabolitlarining solishtirma og'irligi oshadi, shuning uchun ularning qondagi kontsentratsiyasining oshishi kuzatilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlikda va laktatsiya (emizish) davrida preparatni qo'llash mumkin emas.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

Д-ПАРА tabletkalar rasmlari

product

D PARA tabletkalari 50mg N100

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

D-PARA tabletkalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

D-PARA tabletkalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

D-PARA tabletkalar dori vositasi BKRS Pharma Pvt. Ltd. (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Yallig'lanishga qarshi

D-PARA tabletkalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

D-PARA tabletkalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

D-PARA tabletkalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

Д-ПАРА tabletkalar analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.