Yordamchi modda: in’eksiya uchun suv.
Sitikolin neyronlarning membranasidagi strukturaviy fosfolipidlarning biosintezini rag‘batlantiradi, membranalarning funksiyalarini yaxshilaydi, shu jumladan ion almashinadigan nasoslar va neyroretseptorlarning ishlashini yaxshilaydi. Sitikolin membranani barqarorlashtiruvchi ta’siri tufayli shishlarni yo‘qotish xususiyatiga ega, shuning uchun miya shishini kamaytiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sitikolin ba’zi fosfolipaza faolligini ingibirlaydi, erkin radikallarning qoldiq shakllanishiga to‘sqinlik qiladi, membrana tizimlarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydi va himoya antioksidant tizimining saqlanishini ta’minlaydi.
Sitikolin shikastlangan to‘qima hajmini pasaytiradi, hujayralar o‘limining oldini oladi, apoptoz mexanizmlariga ta’sir qiladi va xolinergik uzatishni yaxshilaydi. Sitikolin shuningdek miya insultiga profilaktik neyroprotektiv ta’sirga ega.
Sitikolin miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lgan bemorlarning tezkor funksional reabilitatsiyasiga yordam beradi, miya to‘qimalariga ishemik zararni kamaytiradi, bu rentgenologik tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlangan.
Miya travmatik jarohatlarini tiklanish davrini qisqartiradi va travmadan keyingi sindromning intensivligini pasaytiradi.
Sitikolin miya faoliyati darajasini oshirishga yordam beradi, amneziya darajasini pasaytiradi, miya yarim ishemiyasida kuzatiladigan kognitiv, sezgir va motorli kasalliklar holatini yaxshilaydi.
Arginin (α-amino-δ-guanidinovalerian kislotasi) – aminokislota bo‘lib, shartli almashinmaydigan aminokislotalar sinfiga kiradi va organizmning ko‘psonli hayotiy muhim faoliyatlarning faol va har tomonlama xujayra regulyatori hisoblanib, organizmning og‘ir holatida muhim protektor samara ko‘rsatadi. Arginin gidroxloridi antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, sitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikatsion faollik ta’sir ko‘rsatib, oraliq almashinuv va energiya bilan ta’minlash jarayonlarini faol boshqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi, organizmda gormonal balansni tutib turishda ma’lum rol o‘ynaydi. Ma’lumki arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormonlar va prolaktinlar miqdorini oshiradi, prolin, poliamin, agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranani qutbsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Arginin gidroxloridi endoteliotsitlarda azot oksidi sintezini katalizatsiya qiladigan NO-sintaza-fermentiga substrat hisoblanadi. Preparat guanilatsiklazani faollashtiradi va qon tomirlar endoteliysida siklik guanidinmonofosfat (sGMF) miqdorini oshiradi, qon tomirlar endoteliyida trombotsitlar va leykotsitlar faolligi va adgeziyasini kamaytiradi, adgeziyalovchi proteinlar VCAM-1 va MSR-1 sintezini bostiradi va shu bilan aterosklerotik blyashalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini oldini oladi, qon tomirlar devoridagi silliq miotsitlar migratsiyasi va proliferatsiyasi stimulyatori va kuchli vazakonstriktor bo‘lgan endotelin-1 sintezini bostiradi. Arginin gidroxloridi shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – assimetrik dimetilarginin sintezini bostiradi. Preparat T-hujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining faoliyatini rag‘batlantiradi, jismoniy yuklama vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Yaqqol kislota hosil qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtirishga olib keladi.
Levokarnitin B guruhi vitaminlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy moddadir. U metabolik jarayonlarda hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyaga yog‘ kislotalarini tashuvchisi sifatida ishtirok etadi, bu yerda ular ATF shaklida ko‘p miqdordagi metabolik energiya hosil qilib beta-oksidlanishga uchraydi, lipid peroksidatsiyasini oldini oladi va antioksidant ta’sirga ega. Lipoliz jarayonlarini kuchaytirib, yog‘larni erituvchi ta’siriga ega va giperlipidemiyani yo‘q qiladi, antiaterosklerotik xususiyatlarga ega. Fosfolipidlar, sfingomiyelin, serebrosidlar, atsetilxolin sintezida ishtirok etib, u membranani himoya qiluvchi, neyrotrofik ta’sirga ega, asab impulslarining uzatilishini normallashtiradi.
Levokarnitin - oqsil va yog‘ almashinuvini normallashtiradi, gidroksidi qon zahirasini tiklaydi, keto kislotalar va anayerob glikolizning hosil bo‘lishini ingibirlaydi, lakto atsidozni pasaytiradi, to‘qimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi, shuningdek, motor faolligini oshiradi va jismoniy mashqlar bajarish saloxiyatini oshiradi, natijada glikogeng tejaladi va uning jigarda zaxirasi ortadi. Levokarnitin anabolik ta’sirga ega, tiroksinning qisman antagonisti xisoblanib gipertireozda kuchaygan metabolizmni normallashtiradi, me’da shirasining ajralishini rag‘batlantiradi, oqsil va uglevodlar molekulalarining parchalanishini sekinlashtiradi. Tananing ortiqcha vaznini pasaytiradi va mushaklardagi yog‘ni kamaytiradi. U neyrotrofik ta’sirga ega, apoptoz rivojlanishini ingibirlaydi, ta’sirlangan hududni cheklaydi va asab to‘qimalarining tuzilishini tiklaydi.
Uzluksiz infuziya bilan qon plazmasidagi arginin gidroxloridning maksimal kontsentratsiyasiga yuborish boshlangandan 20-30 daqiqadan so‘ng erishiladi. Arginin gidroxloridi platsent to‘sig‘iga kirib boradi, buyrak kalavasida filtrlanadi, ammo buyrak kanallarida deyarli to‘liq qayta so‘riladi.
Yuborilgan dozaning ozgina qismi siydik va najas bilan chiqariladi (3% dan kam). Yana dozaning taxminan 12% nafas yo‘llari orqali chiqariladi. Preparatning siydik va nafas yo‘llari orqali chiqarilishi ikki bosqichga ega: birinchi faza tez ajraladi (siydik bilan - dastlabki 36 soat ichida, nafas olish yo‘llari orqali - dastlabki 15 soat ichida), ikkinchi faza sekin ajralib chiqadi. Sitikolin va levokarnitin dozasining asosiy qismi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi.
BRALEKORD eritma 100 ml