Hududni tanlang
group

BINAFIN tabletkalar

Shreya Layf Saensiz Pvt Ltd (Hindiston) va boshqalar
Faol moddalar:
Terbinafin
Narx: 65 000 so'mdan

BINAFIN tabletkalarning dorixonalardagi narxlar

product
BINAFIN tabletkalari 250mg N14
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
65 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
BINAFIN tabletkalari
product
BINAFIN tabletkalari 500mg N14
Shreya Layf Saensiz Pvt Ltd

Yo'riqnoma BINAFIN tabletkalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

dermatofit zamburug‘lari chaqirgan onixomikoz,
boshni sochli qismini mikozlari,
terini zamburug‘li infeksiyalari - tana, boldir, oyoqlar yuzi, shuningdek Candida urug‘i (masalan
Candida albicans), infeksiyani joylashishi, yaqqolligi yoki tarqalishi, peroral terapiyani maqsadga
muvofiqligini taqazo qilgan hollarda.
Izoh: Mahalliy qо‘llash uchun Binafindan farqli ravishda, Binafin tabletkalari turli rangli
temiratkida samarali emas.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Terbinafinga yoki Binafin tarkibiga kiruvchi har qanday boshqa komponentga bо‘lgan yuqori sezuvchanlik.

Farmakodinamikasi

Terbinafin - teri, sochlar va tirnoqlarni kasalliklarini chaqiruvchi zamburug‘larga nisbatan keng
ta’sir doirasiga ega bо‘lgan allilamindir. U Trichophyton (masalan, T.rubrum, T.mentagrophytes,
T.tonsurans, T.verrucosum, T.violaceum), Microsporum (masalan, M. Canis), Epidermophyton
floccosum, kabi dermatofitlarga, shuningdek Candida (masalan, Candida albicans) va Pityrosporum
urug‘lari achitqisimon zamburug‘larga nisbatan faol. Terbinafin past konsentratsiyalarda
dermatofitlar, mog‘or zamburug‘lar va ayrim dimorf zamburug‘lariga nisbatan fungitsid ta’sir
kо‘rsatadi. Achitqisimon zamburug‘larga nisbatan faolligi, ularni turiga qarab, fungitsid yoki
fungistatik bо‘lishi mumkin.
Terbinafin zamburug‘ hujayrasida sterinlar biosintezini erta bosqichini spetsifik ravishda bosadi. Bu
ergosterin yetishmovchiligiga va skvalenni hujayra ichida tо‘planishiga olib keladi, oqibatda
zamburug‘ hujayrasini о‘limini chaqiradi. Terbinafin ta’siri zamburug‘ hujayrasi membranasida
skvalenepoksidaza fermentini ingibirlash yо‘li bilan amalga oshiriladi. Bu ferment sitoxrom R450
tizimiga mansub emas. Terbinafin gormonlar yoki boshqa dori vositalarini metabolizmiga ta’sir
kо‘rsatmaydi. Binafin ichga buyurilganida terida, sochlarda va tirnoqlarda preparatni fungitsid
ta’sirini ta’minlovchi konsentratsiyasi hosil bо‘ladi.

Farmakologik ta'sir

Terbinafin ichga 250 mg dozada bir marta qabul qilinganidan keyin, qon plazmasida preparatni
maksimal konsentratsiyasiga 2 soatdan sо‘ng erishiladi va 0,97 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Yarimabsorbsiya davri 0,8 soatni tashkil qiladi, yarimtarqalish davri esa - 4,6 soat. Ovqat bilan bir
vaqtda qabul qilinganida preparat dozasini tо‘g‘rilash talab qilinmaydi. Terbinafin ancha darajada
(99%) qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi, terini dermal qavatiga tez о‘tadi va lipofil mug‘uz
qavatda tо‘planadi. Terbinafin shuningdek yog‘ bezlarini sekretiga о‘tadi, bu soch follikullarida,
sochlarda, va yog‘ bezlariga boy bо‘lgan terida yuqori konsentratsiyalarini hosil bо‘lishiga olib
keladi. Terbinafinni shuningdek davolashni boshlagandan keyin birinchi birnecha xaftada tirnoq
plastinkalariga о‘tishi kо‘rsatilgan.
Terbinafin tez metabolizmga uchraydi va kо‘proq darajada sitoxrom R450 ni kamida yetti
izofermenti ishtirokida, bunda asosiy rolni SYP2C9, SYP1A2, SYP3A4,CYP2C8, va CYP2C19
о‘ynaydi. Terbinafinni biotransformatsiyasi natijasida, zamburug‘larga qarshi ta’siriga ega
bо‘lmagan va asosin siydik bilan chaqiriladigan metabolitlari hosil bо‘ladi. Preparatni oxirgi yarim
chiqish davri 17 soat. Preparatni organizmda qanday bо‘lmasin kumulyatsiyasi isbotlanmagan.
Binafinni plazmada yoshga bog‘liq bо‘lgan muvozanat konsentratsiyasini о‘zgarishi aniqlanmagan,
lekin buyrak yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda, preparatni chiqarilish tezligi sekinlashishi
mumkin, bu qon plazmasida terbinafin konsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Jigarni
yondosh kasalliklari bо‘lgan bemorlardagi Binafinni bir martalik dozasini farmakokinetik
tekshiruvlarida preparat klirensini 50% pasayishi mumkinligi kо‘rsatilgan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homilador ayollarda Binafinni qо‘llash klinik tajribasi juda cheklanganligi tufayli, preparatni homiladorlik davrida qо‘llash mumkin emas, agarda potensial davolash samarasi, terapiyani mumkin bо‘lgan xavfidan yuqori bо‘lmasa. Terbinafin kо‘krak suti bilan chiqadi, shuning uchun Binafinni ichga qabul qilayotgan ayollar emizmasliklari kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati о‘tgandan sо‘ng ishlatilmasin.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

BINAFIN tabletkalar boshqa turlari

BINAFIN tabletkalar rasmlari

product

BINAFIN tabletkalari 250mg N14

product

BINAFIN tabletkalari

product

BINAFIN tabletkalari 500mg N14

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

BINAFIN tabletkalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

BINAFIN tabletkalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

BINAFIN tabletkalar dori vositasi Shreya Layf Saensiz Pvt Ltd (Hindiston) Shreya Life Sciences PVT. LTD. (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

O'zbekistonda dorixonalarda BINAFIN tabletkalar dori vositasi qancha turadi?

BINAFIN tabletkalar dori vositasining boshlang'ich narxi - 65 000 so'mdan.

BINAFIN tabletkalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

BINAFIN tabletkalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

BINAFIN tabletkalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

BINAFIN tabletkalar analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.