Hududni tanlang
group

BESIPTOL tabletkalar

NIKA PHARM OOO (O'zbekiston)
Faol moddalar:
Sulfametoksazol trimetoprim
Narx: 10 000 so'mdan

BESIPTOL tabletkalarning dorixonalardagi narxlar

product
BESIPTOL NIKA tabletkalari 480mg N20
NIKA PHARM OOO
18 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
BESIPTOL NIKA tabletkalari 480mg N10
NIKA PHARM OOO
10 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
BESIPTOL NIKA tabletkalari 480mg N40
NIKA PHARM OOO
product
BESIPTOL NIKA tabletkalari 480mg N50
NIKA PHARM OOO
product
BESIPTOL NIKA tabletkalari 480mg N100
NIKA PHARM OOO
product
BESIPTOL NIKA tabletkalari 480mg N30
NIKA PHARM OOO

Yo'riqnoma BESIPTOL tabletkalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

- pnevmosist pnevmoniya, toksoplazmoz, nokardioz;

- siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari.

Surunkali bronxitni zo'rayishi (faqat Besiptol Nikapharm bakteriologik sezuvchanlik aniqlanganidan keyin).

Bolalardagi o'tkir otit (faqat Besiptol Nikapharm bakteriologik sezuvchanlik aniqlanganidan keyin).

Preparat shuningdek akne, o't yo'llarining infektsiyalari, brusellyoz (boshqa dori preparatlari bilan majmuada), yumshoq shankr, Burkholderia cepacia (Pseudomonas cepacia) chaqirgan kistoz fibrozdagi infektsiyada, gonoreya, venerik granulyoma (chov granulyomasi), listerioz, soxta vabo, maduromikoz (misetoma), o'rta otit, ko'k yo'tal, qorin tifi va paratif, Uipl kasalligini davolashda ham qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

o'ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, sulfanilamidlarga yoki trimetoprimga);

  • jigar yoki buyrak etishmovchiligi.

  • V12-tanqisligi anemiya.

  • agranulositoz.

  • leykopeniya.

  • glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning tanqisligi.

  • chala tug'ilgan va 6 xaftagacha bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar.

  • bolalardagi giperbilirubinemiyada qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: sulfametoksazol – 400 mg, trimetoprim – 80 mg.

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, polivinilpirrolidon 30 (povidon), magniy stearati.

Farmakodinamikasi

Besiptol Nikapharm – sulfanilamid preparati – sulfametoksazol va diaminopirimidin hosilasi – trimetoprim saqlovchi majmuaviy antibakterial preparatdir. Bakteriostatik ta'sir ko'rsatuvchi ushbu ta'sir etuvchi har bir moddalarning majmuasi grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar, shu jumladan sulfanilamidlarga chidamli mikroorganizmlarga nisbatan yuqori bakterisid faollikni ta'minlaydi. Bakterisid samara Besiptol Nikapharm bakteriyalar metabolizmiga ikki tomonlama bloklovchi ta'siri bilan bog'liq: sulfametoksazol digidrofolat kislotasining sintezini buzadi, trimetoprim esa digidrofolat kislotasini tetragidrofolat kislotasiga aylanishiga to'sqinlik qiladi. Ikkala komponent shu tariqa mikroorganizmlar tomonidan purin birikmalari, so'ngra nuklein kislotalari (RNK va DNK) sintezi uchun zarur folat kislotasi hosil bo'lishi jarayonini buzadi. Bu oqsillar hosil bo'lishini buzadi va bakteriyalarni nobud bo'lishiga olib keladi.

Preparatning faolligi deyarli barcha guruh mikroorganizmlarga nisbatan namoyon bo'ladi: grammanfiy: ko'pgina Enterobacteriaceae tayoqchalari (Salmonella spp., Shigella spp., Klebsiella spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Enterobacter spp., Serratia spp., Escherichia coli), Haemophilus influenzae, Morganella morganii, Yersinia spp., Brucella spp., Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae, shuningdek Pneumocystis carinii. grammusbat; stafilokokklar (Staphylococcus aureus, Staphylococcus saprophyticus), streptokokklar (Streptococcus pnemoniae, Streptococcus viridans).

Mikobakteriyalar, ko'pchilik anaerob bakteriyalar va zamburug'larga ta'sir qilmaydi.

Farmakologik ta'sir

Ichga qabul qilinganida preparatning ikkala komponenti me'da-ichak yo'llaridan tez va deyarli to'liq (90%) so'riladi. Qon va to'qimalarda faol moddalarning kontsentrasiyalariga terapevtik miqdori qabul qilinganidan keyin 60 minut o'tgach erishiladi va 12 soat davomida saqlanadi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyaga 2-4 soatdan keyin erishiladi.

Organizmning to'qima va suyuqliklariga, shu jumladan o'pka, bodomsimon bezlar, orqa miya suyuqligi, prostata bezi va buyraklar, o'rta quloq suyuqligi, bronxlar va qin ajralmalari, shuningdek ona sutiga va yo'ldosh to'sig'i orqali kiradi. Plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi trimetoprim uchun 45% va sulfametoksazol uchun 70% ga etadi.

Ikkala modda faol bo'lmagan metabolitlarini hosil qilib, jigarda (atsetil guruhini qo'shilishi) metabolizmga uchraydi.

Sulfametoksazolning yarim chiqarilish davri 6-12 soatni, trimetoprimniki - 8-10 soatni tashkil qiladi.

Preparatning ikkala komponenti asosan siydik bilan chiqariladi. Sulfametoksazolning 15 dan 30% gacha va trimetoprimning 40-60% o'zgarmagan holda chiqariladi.



Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

BESIPTOL tabletkalar rasmlari

product

BESIPTOL NIKA tabletkalari 480mg N10

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

BESIPTOL tabletkalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

BESIPTOL tabletkalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

BESIPTOL tabletkalar dori vositasi NIKA PHARM OOO (O'zbekiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Antibiotiklar

O'zbekistonda dorixonalarda BESIPTOL tabletkalar dori vositasi qancha turadi?

BESIPTOL tabletkalar dori vositasining boshlang'ich narxi - 10 000 so'mdan.

BESIPTOL tabletkalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

BESIPTOL tabletkalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

BESIPTOL tabletkalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

BESIPTOL tabletkalar analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.