Hududni tanlang
group

BALGIL eritma

Bal Pharma Ltd (Hindiston)
Faol moddalar:
Metronidazol
Narx: 23 000 so'mdan

BALGIL eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
BALGIL V.I. infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Bal Pharma Ltd
23 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati

Yo'riqnoma BALGIL eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Metronidazol infuziya uchun eritma preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun qo'llanadi:
asosan qorin bo'shlig'i a'zolari va siydik chiqarish yo'llaridagi xirurgik aralashuvlarda anaerob infektsiyalarni oldini olish va davolash;
og'ir aralash aerob-anaerob infektsiyalarni majmuaviy davolash;
ichak va jigar amebiazining og'ir shakli;
sepsis;
peritonit
osteomiyelit;
ginekologik kasalliklar;
kichik chanoq va bosh miya abstsesslari;
abstsesslanuvchi pnevmoniya;
gazli gangrena;
teri qoplamalari va yumshoq to'qimalar, suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalari.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

metronidazolga yoki boshqa nitroimidazol xosilalariga yuqori sezuvchanlik;
leykopeniya (shu jumladan anamnezdagi);
MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq);
buyrak yetishmovchiligi;
homiladorlikning I uch oyligi;
xomiladorlikning I va III uch oyligi - faqat xayotiy ko'rsatmalar bo'yicha;
emizuvchi onalarga - ko'rsatmalar bo'yicha, bir vaqtda emizishni to'xtatish bilan.

Farmakodinamikasi

Metronidazol sintetik protivoprotozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi vosita, 5-nitroimidazol xosilasi. Preparat Trichomonas vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolytica, Lamblia intestinalis larga nisbatan, shuningdek obligat anaeroblarga (spora xosil qiluvchi va xosil qilmaydigan) - Bacteroides spp. (B.fragilis, B.ovatus, B.distasonis, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus), Fusobacterium spp., Clostridum spp., Peptostreptococcus spp., Peptococcus spp., Eubacterium ning sezgir shtammlariga nisbatan faollik nomoyon qiladi. Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakulьtativ anaeroblar sezgir, lekin aralash flora (aeroblar va anaeroblar) mavjudligida metronidazol aeroblarga qarshi odatdagi samarali antibiotiklar bilan sinergik ta'sir qiladi.
Metronidazolning ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va soddalarning xujayra ichki tashuvchi proteinlar tomonidan metronidazolning 5-nitroguruxini bioximik tiklanishidan iborat. Metronidazolning tiklangan 5-nitroguruxi mikroorganizmlar xujayralarining DNK si bilan o'zaro ta'sirlashib, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibirlaydi, bu bakteriyalarning xalok bo'lishiga olib keladi.

Farmakologik ta'sir

Vena ichiga tomchilab yuborilganidan keyin 1 soat o'tgach qon zardobidagi preparatning kontsentratsiyasi 35,2 mkg/ml ni, 4 soat o'tgach - 33,9 mkg/ml ni, 8 soat o'tgach - 25,7 mkg/ml ni tashkil qiladi. Metronidazol organizmning ko'pchilik to'qimalari va suyuqliklarida bakteritsid kontsentratsiyalarga erishib yuqori kiruvchi qobilyatiga ega, shu jumladan o'pkalar, buyraklar, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, safro, so'lak, amniotik suyuqlik, abstsesslar bo'shlig'i, qin sekreti, urug' suyuqligi, ko'krak sutini xam qo'shib.
Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi kuchsiz va 10-20% dan oshmaydi. Normal safro xosil bo'lishida vena ichiga yuborilganidan keyin metronidazolning safrodagi kontsentratsiyasi, qon plazmasidagi metronidazolning kontsentratsiyasidan axamiyatli yuqori bo'lishi mumkin.
Metronidazolning chiqarilishi buyraklar orqali amalga oshiriladi - dozaning 63% (preparatning 20% o'zgarmagan xolda chiqariladi). Metronidazolning yarimchiqarilish davri 6-7 soatni tashkil qiladi. Plazma klirensi 10,2 ml/minutni tashkil qiladi.
Buyraklar faoliyatining buzilishi bo'lgan bemorlarda preparat takroriy yuborilganidan keyin qon zardobida metronidazolni yig'ilishi kuzatiladi. Shuning uchun og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda metonidazolni qabul qilish tez-tezligini kamaytirish kerak.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

BALGIL eritma rasmlari

product

BALGIL V.I. infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

BALGIL eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

BALGIL eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

BALGIL eritma dori vositasi Bal Pharma Ltd (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Antibiotiklar

O'zbekistonda dorixonalarda BALGIL eritma dori vositasi qancha turadi?

BALGIL eritma dori vositasining boshlang'ich narxi - 23 000 so'mdan.

BALGIL eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

BALGIL eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

BALGIL eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

BALGIL eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.