Hududni tanlang
group

БАКИДО eritma

JEDUX PARENTERALS PVT.LTD. (Hindiston)

Yo'riqnoma BAKIDO eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Preparatga sezgir qo'zg'atuvchilar (mikroorganizm va sodda hayvonlar) chakirgan aralash infektsiyalarni davolashda:

— siydik-jinsiy tizimining kasalliklari: o'tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, tsistit, epididimit, siydik yo'llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infektsiyalari;

— penisillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar chakirgan jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar;

- Haemophilus influenzae yoki boshqa grammanfiy qo'zg'atuvchilar, shuningdek tillarang stafilokokk, ichak tayoqchasi, Klebsiella, enterobakteriyalar, protey, Pseudomonas, legionela, stafilokokklar chaqirgan nafas yo'llarining o'tkir, surunkali va qaytalanuvchi infektsiyalari (bronxitlar, pnevmoniya);

- qorin bo'shlig'i a'zolari va o't-chiqarish yo'llarining infektsiyalari, shuningdek amebiaz — ameb dizenteriya, uning ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa amyobali jigar abssessi; lyamblioz, qorin tifi, salmonellyoz, shigelez;

- qulok, tomoq va burunning surunkali va qaytaluvchi infektsiyalarida, agarda ular grammanfiy qo'zg'atuvchilar (shu jumladan Pseudomonas) yoki stafilokokk tomonidan chaqirilgan bo'lsa;

- og'iz bo'shlig'ining infektsiyalari, o'tkir nekrotik yarali gingivit,

- teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;

- suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalari;

- immuntanqisligi yoki neytropeniyasi bo'lgan bemorlarda infektsion asoratlarni oldini olish;

- jarroxlik infektsiyalarini, ayniksa gastroenterologiyala, operasiyadan oldingi profilaktika yoki operasiyadan keyingi davolash;

- ginekologik kasalliklarda qo'llanadi;

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat va uning komponentlariga yukori sezuvchanlik; tutkanokda, anamnezida Markaziy nerv tizimini shikastlanishida (xususan, bosh miya jarohatidan, insultdan yoki Markaziy nerv tizimidagi yallig'lanish jarayonlaridan keyingi) qo'llash mumkii emas.

Preparatni bolalarga, o'smirlarga, homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurish mumkin emas, chunki Bakidoni bu guruh bemorlarda qo'llashning xavfsizligi bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'k.

Tarkibi

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ofloksasin - 200,0 mg; ornidazol - 500,0 mg;

yordamchi moddalar: natriya xloridi, trilon B, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.

Farmakodinamikasi

Bakido majmuaviy dori vositasidir.

Ofloksasin - ftorxinolon guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga karshi vosita. Boshqa ftorxinolonlar kabi ofloksasinning bakterisid ta'siri, uning DNK-giraza bakterial fermentni bloklash qobiliyati bilan bog'liq.

Ofloksasin keng ta'sir doirasiga ega: u ko'pchilik grammanfiy - Escherichia coli, Klebsiella, Proteus, Salmonella, Yersinia, Providencia, Shigella, Enterobacter, Citrobacter, Providentia, Pseudomonas, Hafnia, shuningdek Staphylococcus (metisilinga va boshqa antibiotiklarga chidamli mikroflorani ham qo'shib) bakteriyalarga nisbatan faol.

Shuningdek preparatga Neisseria, Mycoplasma, Chlamydia, Campylobacter, Brucella, Vibrio, Aeromonas, Plesiomonas, Haemophilus influenzae, Versinia lar ham sezgir. Preparatga: enterokokklar, streptokokklar (S.pyogenes, S.pneumoniae, S.viridans), Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma (M.hominis, M.pneumoniae), tuberkulez mikobakteriyalari, shuningdek Mycobacterium fortuitum, Gardnerella vaginalis, Ureaplasma, Bruccella doimiy bo'lmagan sezgirlikka ega

Anaerob bakteriyalar (V. urealiticusdan tashkari), Treponema pallidum, viruslar, zamburug'lar va bir hujayralilar dori vositasiga sezgir emas.

Ornidazol - protozoylarga qarshi va antibakterial vosita. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) larga, shuningdek ayrim Bacteroides, Clostridium spp., Fusobacterium spp. kabi anaerob bakteriyalarga va anaerob kokklarga nisbatan faol.

Ta'sir mexanizmi bo'yicha ornidazol – nitroguruhni tiklash va ferridoksinlar guruhi oksillarni nitrobirikmalar bilan o'zaro ta'sirini tezlashtirish qobiliyatiga ega ferment tizimi bo'lgan mikroorganizmlarga nisbatan tanlab ta'sir qiluvchi DNK-trop preparatdir. Preparatni mikrob xujayrasiga kirganidan keyin uning ta'sir mexanizmi mikroorganizmdagi nitroreduktaza ta'siri ostida nitroguruhini tiklanishi va tiklangan nitroimidazolni faolligi bilan ifodalanadi. Tiklanish mahsulotlari DNK degradasiyasini chaqirib, u bilan kompleks hosil qiladi, DNK replikasiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, preparat metabolizmining maxsulotlari tsitotoksik xususiyatlariga ega va xujayra nafasi jarayonlarini buzadi

Farmakologik ta'sir

Ofloksasin tez va deyarli to'liq so'riladi. Preparatning Biokiraolishligi deyarli 100% ga etadi.

Ofloksasinning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi 0,5-1 soatdan so'ng aniqlanadi. Yarim chikarilish davri 5-7 soatni tashkil qiladi. Preparatning taxminan 90% buyraklar orkali o'zgarmagan xolda chikariladi, yuborilgan miqdorining taxminan 5% metabolizmga uchraydi. Ornidazol organizmning safro, so'lak, plevral, peritoneal va orqa miya suyukligi (qon plazmasidagi kontsentrasiyasidan taxminan 43%), qin sekreti, suyak to'qimasi, jigar, eritrositlar kabi ko'pchilik to'qimalari va biologik suyukliklarida taksimlanadi. Plazma oksillari bilan bog'lanishi 20% dan kamroqni tashkil qiladi. Ornidazol yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak sutiga chiqariladi. Organizmda preparatning deyarli 30-60% gidroksilizasiya, oksidlanish va glikozilizasiya yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va antibakterial ta'sirga ega. Ornidazol bir marta yuborilganidan keyin asosan siydik bilan (60-80%), qisman – safro bilan o'zgarmagan holda va metabolitlari ko'rinishida 5 sutka davomida chikariladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Preparatni xomilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin emas.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

BAKIDO eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

BAKIDO eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

BAKIDO eritma dori vositasi JEDUX PARENTERALS PVT.LTD. (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

BAKIDO eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

BAKIDO eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

BAKIDO eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

БАКИДО eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© med24.uz, 2023–2024. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI