Foydalanish uchun ko'rsatmalar
shamollash bilan kuzatiladigan bronxospazmlar.
masalan, bronxial astma va surunkali bronxit bilan kuzatiladigan shilliq qavatini ko'chishini saqlovchi yopishqoq massaning yuqori sekretsiyasi chaqirgan nafas buzilishlari.
burun bo'shlig'i va bronxial membranalarning dimlanishi bilan birga kechuvchi shamollash va yo'talning barcha turlarida qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddalariga, teofillinga yoki preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Atsefil Kaf siropi majmuaviy preparat hisoblanib, uning ta'siri tarkibidagi komponentlar ta'siri bilan bo'ladi.
Difengidramin antigistamin, allergiyaga qarshi, qayd qilishga qarshi, uyqu chaqiruvchi, maxalliy og'riqsizlantiruchi ta'sirlariga ega.
N1 gistamin – retseptorlarini bloklaydi va gistamin sababli shu retseptorlar turi orqali samaralarini bartaraf qiladi. Gistamin chaqiruvchi silliq mushaklar spazmini, kapilyarlarni yuqori o'tkazuvchanligini, to'qimalar shishishini, qichishish va qizarishini kamaytiradi yoki ogohlantiradi.
Gistamin bilan antogonizmi yallig'lanish va allergiyalardagi tizimli reaktsiyalariga solishtirganda, yaьni qon bosimini pasayishi, mahalliy tomir reaktsiyalariga nisbatan ko'proq namoyon bo'ladi.
Mahalliy anesteziyani chaqiradi (ichiga qabul qilinganida, og'iz bo'shlig'ining shilliq qavatida qisqa muddatli uvishish), spazmolitik ta'sir qo'rsatadi, vegetativ gangliylarning retseptorlaridagi xolinoretseptorlarni bloklaydi (qon bosimini pasaytiradi). Miyaning N3- gistamin retseptorlarini bloklaydi va markaziy xolinergik tuzilmalarini susaytiradi.
Sedativ uyqu chaqiruvchi va qusishga karshi ta'sir ko'rsatadi.
Gistamin liberotorlari (tubokurarin, morfin, sombrevin), chaqirgan bronxospazmda samaraliroq, allergik bronxospazmda – samarasi kamroq.
Bronxial astmada kamfaol va atsefillin, efedrin va boshka bronxolitiklar bilan birgalikda qo'llaniladi.
Atsefillin piperazini – bronxolitik vosita, purindan olingan; fosfodiesterazani ingibitsiya qiladi, to'qimalarda sAMF to'planishini oshiradi, adenozin (purin) retseptorlarini bloklaydi; Xujayra membranasining kanallaridan kalьtsiy ionlarini kirishini kamaytiradi, sillik mushaklarning qisqaruvchanlik faolligini kamaytiradi.
Bronxlar, qon-tomir mushaklarini bo'shashtiradi (asosan, bosh miya, teri va buyrak); periferik vazodilatatsiya ta'siriga ega, buyrakda qon aylanishini oshiradi, o'rtacha diuretik ta'sirga ega.Semiz hujayralar membranalarini barqarorlashtiradi, allergik reaktsiyalar mediatorlarini chiqishini tormozlaydi. Mukotsiliar klirensni oshiradi, diafragma qisqarishini rag'batlantiradi, nafas olish va qovurgalar aro mushaklar faoliyatini yaxshilaydi, nafas olish markazini rag'batlantiradi.
Nafas olish faoliyatini normallashtirib, qonni kislorod bilan to'yintiradi va karbonat angidrid kontsentratsiyasini kamaytiradi; nafas olish markazlarini rag'batlantiradi. Gipokaliyemiya sharoitida o'pka ventilyatsiyasini kuchaytiradi.
Farmakologik ta'sir
Atsefillin piperazin va difengidramin gidroxloridi me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Asosan siydik bilan chiqariladi.
Og'iz orqali qabul qilinganidan keyin difengidramin gidroxloridining plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasi 1-4 soatdan qeyin kuzatiladi. Difengidramin a'zolar va to'qimalarda, shu jumladan MNT to'qimalarida yaxshi taqsimlanadi. U yo'ldosh orqali o'tadi, ko'krak sutida aniqlanadi. Difengidramin yuqori darajada plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Yarim chiqarilish davri 2,4 soatdan 9,3 soatgachani tashkil qiladi.