Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Bosh miya va yurak-qon tomirlarining aterosklerozi, periferik qon tomirlarning aterosklerozi, shu jumladan vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan oqsoq ko‘rinishlari, diabetik angiopatiya, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, o‘tkir miokard infarkti va bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzilishi o‘tkazilganidan keyingi holat, miokardiopatiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, giperxolesterinemiya, stenokardiya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, interstitsial pnevmoniya, idiopatik o‘pka gipertenziyasi, o‘pkaning surunkali postembolik gipertenziyasi, turli etiologiyali o‘tkir va surunkali gepatitlar, giperammoniyemiya, gipoksik holatlar, rekonvalessensiya jarayonidagi astenik holatlar, shu jumladan infeksion kasalliklar va jarrohlik muolajalaridan keyingi, metabolik alkaloz, ayrisimon bezi faoliyatini pasayishi, homilaning rivojlanishini kechikishi va preeklampsiyada qo‘llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari, giperxloremik atsidoz; anamnezdagi allergik reaksiyalar; kaliy saqlovchi diuretiklarni, shu jumladan spironolaktonni qo‘llash. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: L-arginin gidroxloridi - 4,2 g;
yordamchi modda: in’eksiya uchun suv 100 ml gacha.
Farmakodinamikasi
Arginin (α-amino-δ-guanidinovalerian kislotasi) – aminokislota bo‘lib, shartli almashinmaydigan aminokislotalar sinfiga kiradi va organizmning ko‘pqirrali faol va ko‘plab hayotiy muhim vazifalarining xujayra regulyatori hisoblanadi, organizmning og‘ir holatida muhim protektor samara ko‘rsatadi.
Arginin gidroxloridi antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, sitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi, oraliq almashinuv va energiya bilan ta’minlash jarayonlarini faol boshqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi, organizmda gormonal balansni tutib turishda muxim rol o‘ynaydi. Ma’lumki arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormon va prolaktin miqdorini oshiradi, prolin, poliamin, agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranani qutbsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Arginin jigarda mochevina sintezi siklidagi asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoammoniyemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashishi yo‘li bilan amalga oshadi. Antioksidant, antigipoksik va membranani barqarorlashtiruvchi faolligi hisobiga gepatoprotektor ta’sir ko‘rsatadi, gepatotsitlarda energiya bilan ta’minlash jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Arginin gidroxloridi endoteliotsitlarda azot oksidi sintezini katalizatsiya qiladigan NO-sintaza-fermentiga substrat hisoblanadi. Preparat guanilatsiklazani faollashtiradi va qon tomirlar endoteliysida siklik guanindimonofosfat (sGMF) miqdorini oshiradi, qon tomirlar endoteliyiga trombotsitlar va leykotsitlar faolligi va adgeziyasini kamaytiradi, adgeziyalovchi proteinlar VCAM-1 va MSR-1 sintezini bostiradi va shu bilan ateroskleroz pilaklarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini oldini oladi, qon tomirlar devoridagi silliq miotsitlar migratsiyasi va proliferatsiyasi stimulyatori va kuchli vazakonstiktor bo‘lgan endotelin-1 sintezini to‘xtatadi. Arginin gidroxloridi shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – assimetrik dimetilarginin sintezini pasaytiradi. Preparat T-hujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining faoliyatini rag‘batlantiradi, jismoniy yuklama vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Yaqqol kislota hosil qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtirishga olib keladi.
Farmakologik ta'sir
Vena ichiga uzluksiz infuziya qilinganida qon plazmasida arginin gidroxloridining maksimal konsentratsiyasi yuborish boshlanganidan keyin 20-30 minut o‘tgach kuzatiladi. Arginin gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, buyrak kalavalarida filtrlanadi, biroq buyrak naychalarida deyarli to‘liq qayta so‘riladi.