Hududni tanlang
group

ALLERVEY tabletkalar

Dr.Reddy's Laboratories Ltd. (Hindiston) va boshqalar
Faol moddalar:
Levosetirizin
Narx: 21 000 so'mdan

ALLERVEY tabletkalarning dorixonalardagi narxlar

product
ALLERVEY M tabletkalari 5 mg+10 mg N30
Dr. Reddy’s Laboratories Limited
152 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
ALLERVEY tabletkalari 5mg N10
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
21 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
ALLERVEY M tabletkalari 5 mg+10 mg N10
Dr. Reddy’s Laboratories Limited

Yo'riqnoma ALLERVEY tabletkalar

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Yil bo'yi davom etuvchi (doimiy davom etuvchi) va mavsumiy (vaqti-vaqti bilan zo'rayuvchi) allergik rinit simptomlarini, shu jumladan yondosh bronxial astmasi bo'lgan pasientlarni davolash uchun qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Montelukastga, levosetirizinga, piperazinning boshqa hosilalariga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Laktaza tanqisligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya.

Buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam).

15 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas (xavfsizlik va samaradorlik bo'yicha ma'lumotlarni cheklanganligi tufayli).

Homiladorlik va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Ehtiyotkorlik bilan

Surunkali buyrak etishmovchiligi (dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi); keksalar (kalavalar filtrasiyasi yoshga doir pasayganda); orqa miyani shikastlanishi, prostata bezi giperplaziyasi, shuningdek siydikni tutilishiga boshqa moyil omillar bo'lgan pasientlarda, chunki levosetirizin siydikni tutilishi xavfini oshirishi mumkin; alkogol bilan bir vaqtda iste'mol qilinganda.

Tarkibi

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: levosetirizin digidroxloridi 5,00 mg;

montelukast natriy 10,40 mg (montelukastga qayta hisoblanganda 10,00 mg);

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza (Avicel PH 101), kroskarmelloza natriy, gipromelloza, quyialmashingan gidroksipropilsellyuloza (HPC LH 11), mikrokristall tsellyuloza (PH 112), magniy stearati.

plyonka qobig'i: oq opadray OY-58900.

Farmakodinamikasi

Preparat montelukast (leykotrien reseptorlari blokatori) va levosetirizin (N1-gistamin reseptorlari blokatori) majmuasidan iborat.

Montelukast

Montelukast nafas yo'llari epiteliysi, shu jumladan bronxlarning silliq mushaklari xujayralari, makrofaglar va boshqa yallig'lanish xujayralari (shu jumladan eozinofillar va ayrim mieloid o'zak xujayralar) da joylashgan tsisteinil leykotrienlarning CysLT-reseptorlarini selektiv ingibitsiya qiladi. Tsisteinil leykotrienlar (LTC4, LTD4, LTE4) araxidon kislotasidan hosil bo'luvchi eykozanoidlar sinfiga mansub va organizmning turli xujayralarida, shu jumladan semiz xujayralar va eozinofillarda hosil bo'ladigan yallig'lanish mediatorlari bo'lib hisoblanadi.

Tsisteinil leykotrienlar bronxial astma allergik rinit patofiziologiyasi bilan korrelyasiya qiladi. Allergik rinitda allergen ta'siridan keyin allergik reaktsiyaning erta va kechki fazalari vaqtida burun bo'shlig'i shilliq qavatidagi yallig'lanish xujayralaridan tsisteinil leykotrinlarni ajralib chiqishi kuzatiladi, bu allergik rinit simptomlari bilan namoyon bo'ladi. Tsisteinil leykotrienlar bilan intranazal sinamada nazal obstruktsiya simptomlarini oshishi namoyish etilgan. Montelukast CysLT1-reseptorlari bilan yuqori darajada yaqinlik va tanlovchanlik bilan bog'lanadi, periferik qonda va nafas yo'llarida eozinofillar sonini kamaytiradi.

Levosetirizin

Levosetirizin – tsetirizinning R-enantiomeri, N1‑gistamin reseptorlarini bloklovchi gistaminning kuchli va selektiv antagonisti, unga yaqinligi tsetirizinga nisbatan 2 marta yuqori.

Levosetirizin allergik reaktsiyalarning gistaminga bog'liq bosqichiga ta'sir ko'rsatadi, eozinofillar migrasiyasini kamaytiradi, qon-tomirlarning o'tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig'lanish mediatorlari va tsitokinlarni (VCAM-1 va boshqalarni) ajralib chiqishini cheklaydi.

Levosetirizin allergik reaktsiyalarni rivojlanishini oldini oladi va kechishini engillashtiradi, qichishishga qarshi va ekssudasiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Deyarli antixolinergik va antiserotonin ta'sir ko'rsatmaydi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ samara namoyish qilmaydi.

Bir martalik doza qabul qilingandan keyin ta'siri 50% pasientlarda 12 minutdan keyin, 95% pasientlarda esa – 1 soatdan keyin boshlanadi va 24 soat davomida davom etadi.

Farmakologik ta'sir

Montelukast

So'rilishi

Montelukast ichga qabul qilingandan keyin tez va deyarli to'liq so'riladi. Odatdagi ovqat qabul qilish montelukastning Biokiraolishligi va qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga (Cmax) ta'sir ko'rsatmaydi. Kattalarda 10 mg dozada plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka ko'rinishidagi motelukast och qoringa qabul qilinganda Cmax ga 3 soatdan keyin erishiladi. Ichga qabul qilinganda Biokiraolishligi 64% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Montelukast qon plazmasidagi oqsillar bilan 99% dan ortiq bog'lanadi. Montelukastning taqsimlanish xajmi o'rtacha 8-11 l ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Montelukast jigarda faol metabolizmga uchraydi. Terapevtik dozalar qo'llanilganda muvozanat holatida plazmadagi montelukast metabolitlarining kontsentrasiyalari kattalar va bolalarda aniqlanmaydi. Montelukastning metabolizmi jarayoniga tsitoxrom R450 izofermentlari (SYR3A4 va SYR2S9) jalb etilganligi taxmin qilinadi, bunda montelukast terapevtik kontsentrasiyalarda tsitoxrom P450 izofermentlari: CYP3A4, SYR2S9, SYR1A2, SYR2A6, SYR2S19 va S R2D6 ni ingibitsiya qilmaydi.

Chiqarilishi

Sog'lom kattalarda montelukastning klirensi o'rtacha minutiga 45 ml ni tashkil qiladi. Montelukastni ichga qabul qilganda dozaning 86% 5 kun davomida ichak orqali va 0,2% dan kamrog'i – buyraklar orqali chiqariladi, bu montelukast va uning metabolitlarini deyarli faqat safro bilan chiqarilishini tasdiqlaydi. Sog'lom kattalarda montelukastning yarim chiqarilish davri 2,7 dan 5,5 soatgachani tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganda montelukastning farmakokinetikasi doza 50 mg dan oshirilganda deyarli proportsional xarakterni saqlaydi. Montelukastni ertalabki va kechki soatlarda qabul qilganda farmakokinetikada farqlar kuzatilmaydi. 10 mg montelukast sutkada 1 marta qo'llanilganda plazmada faol moddani o'rtacha (taxminan 14%) to'planishi kuzatiladi.

Pasientlarning alohida guruhlaridagi montelukastning farmakokinetikasi

Jins, irq

Montelukastning farmakokinetikasi pasientlarning jinsi va irqiga bog'liq emas.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lmagan keksa yoshdagi pasientlar

10 mg montelukast saqlovchi, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni sutkada 1 marta ichga qabul qilganda keksa odamlar va yoshroq pasientlarda farmakokinetik Profil va biokiraolishlik o'xshash.

Jigar etishmovchiligi

Engil va o'rtacha og'irlik darajasidagi jigar etishmovchiligi va jigar tsirrozining klinik ko'rinishlari bo'lgan pasientlarda montelukastni 10 mg dozada bir marta qabul qilgandan keyin "kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydonni (AUC) taxminan 41% ga oshishi bilan kechuvchi montelukastning metabolizmini sekinlashishi kuzatilgan. Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda montelukastni yarim chiqarilish davri sog'lom ko'ngillilarga nisbatan biroz oshadi (yarim chiqarilish davrining o'rtacha vaqti – 7,4 soat). Engil va o'rtacha og'irlik darajasidagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda montelukastning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 9 balldan yuqori) bo'lgan pasientlarda montelukastning farmakokinetikasi xarakteri haqida ma'lumotlar yo'q.

Buyrak etishmovchiligi

Montelukast va uning metabolitlari siydik bilan chiqarilganligi tufayli, buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda montelukastning farmakokinetikasi baholanmagan.

Levosetirizin

So'rilishi

Levosetirizin ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo'llaridan tez va to'liq so'riladi. Ovqat qabul qilish so'rilish to'liqligiga ta'sir ko'rsatmaydi, ammo uning tezligini pasaytiradi. Biokiraolishlik 100% ga etadi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (Tsmax) 0,9 soatni, qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi (Cmax) 270 ng/ml ni tashkil qiladi, muvozanat kontsentrasiyasi 2 sutkadan keyin erishiladi.

Taqsimlanishi

Levosetirizin qon plazmasidagi oqsillar bilan 90% bog'lanadi. Taqsimlanish xajmi 0,4 l/kg ni tashkil qiladi.

Metabolizmi

Odamlarda levosetirizin dozasining 14% dan kamrog'i metabolizmga uchraydi, chunki genetik polimorfizm yoki fermentlar ingibitorlarini bir vaqtda qo'llash oqibatida levositerizinning farmakokinetik profilidagi taxmin qilingan farqlar ahamiyatsiz. Metabolik aylanishlar aromatik halqani oksidlarishi, N - va o-dealkilizasiya va taurin bilan kon'yugasiyasidan iborat. Dealkilizasiya jarayoni asosan CYP3A4 izofermenti yordamida amalga oshadi, ayni vaqtda aromatik halqani oksidlanishi ko'pgina va/yoki aniqlanmagan CYP-izoshakllar yordamida amalga oshadi. Levosetirizin 5 mg dozada ichga qabul qilinganda va/yoki qon plazmasida maksimal kontsentrasiyalari oshganida CYP-izofermentlar 1A2, 2S9, 2S19, 2D6, 2e1, 3A4 ning faolligiga ta'sir ko'rsatmaydi. Cheklangan metabolizm va metabolik ingibitsiya qiluvchi faollikni yo'qligi tufayli, levosetirizinni metabolizm darajasida boshqa moddalar bilan o'zaro ta'siri ehtimoli kam.

Chiqarilishi

Kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) 7,9±1,9 soatni, o'rtacha kuzatiladigan umumiy klirens – minutiga 0,63 ml/kg ni tashkil qiladi. 95 soat davomida organizmdan to'liq chiqariladi. Levosetirizinning qabul qilingan dozasining taxminan 85,4% o'zgarmagan ko'rinishda buyraklar orqali, taxminan 12,9% - ichak orqali chiqariladi.

Pasientlarning alohida guruhidagi levosetirizinning farmakokinetikasi

Buyrak etishmovchiligi

Buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi (kk) <40 ml/minut) bo'lgan pasientlarda levosetirizinning klirensi pasayadi (gemodializda bo'lgan pasientlarda – 80%, bu tegishli dozalash tartibini o'zgartirishni talab etadi); T1/2 – uzayadi. Levosetirizinning 10% dan kamrog'i standart 4-soatlik gemodializ muolajasi jarayonida chiqariladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlik

Tsetirizinni homiladorlik vaqtida qo'llash yuzasidan ma'lumotlar deyarli yo'q yoki cheklangan (homiladorlikning 300 dan kamroq yakunlari). Ammo, tsetirizinni, levosetirizin ratsematini homiladorlikda qo'llash (homiladorlikning 1000 dan ortiq yakunlari) rivojlanish nuqsonlari va ona qornida va neonatal toksik ta'sirlar bilan kechmagan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlikni kechishi, embrional va fetal rivojlanish, tug'ruq va postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita noxush ta'siri aniqlanmagan.

Levosetirizinni homiladorlarga buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Emizish davri

Tsetirizin, levosetirizin ratsemati ko'krak suti bilan ajraladi. Shuning uchun levosetirizinni ham ko'krak suti bilan ajralishi ehtimoli bor. Emizikli bolalarda levosetirizinga nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun levosetirizinni emizish davrida buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Fertillik

Levosetirizin bo'yicha klinik ma'lumotlar yo'q.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

ALLERVEY tabletkalar rasmlari

product

ALLERVEY tabletkalari 5mg N10

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

ALLERVEY tabletkalar dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

ALLERVEY tabletkalar dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

ALLERVEY tabletkalar dori vositasi Dr.Reddy's Laboratories Ltd. (Hindiston) Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

O'zbekistonda dorixonalarda ALLERVEY tabletkalar dori vositasi qancha turadi?

ALLERVEY tabletkalar dori vositasining boshlang'ich narxi - 21 000 so'mdan.

ALLERVEY tabletkalar dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

ALLERVEY tabletkalar dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

ALLERVEY tabletkalar haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

ALLERVEY tabletkalar analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.