Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi.
Allergik rinitlarning siptomlari (masalan, burun oqishi, burun bitishi va qichishishi, ko'zni qichishishi va qizarishi, ko'z yoshini oqishi, tanglayni ta'sirlanishi, yo'tal) va eshakemi (masalan, terini shishi va qizarishi) ni yengillashtirishda qo'llaniladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Faol moddaga, preparatning birorta komponentiga yoki loratadinga o'ta yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Dezloratadin N1-gistamin retseptorlarining uzoq ta'sirga ega antogonistdir. Sedativ ta'sir ko'rsatmaydi. Ichga qabul qilingandan keyin markaziy nerv tizimiga ta'sir qilmaydi.
Farmakologik ta'sir
So'rilishi
Ichga qabul qilinganda kattalar va o'smirlarda dezloratadinning qon plazmadagi kontsentratsiyasi 30 minutdan so'ng aniqlaniladi. Dezloratadin yaxshi so'riladi; plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 3 soatdan keyini erishiladi. Yarim chiqarilishning terminal davri taxminan 27 soatni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 83-87% ni tashkil etadi. Pediatrik amaliyotda dezloratadinning bir martalik tavsiya qilingan dozalarda qo'llanilganda ta'siri AUC va Cmax ko'rsatkichi 5 mg sirop shaklida dezloratadin qabul qilgan kattalardagi ko'rsatkichlar bilan bir xil bo'lganligi aniqlangan.
Biotrasformatsiyasi
Dezloratadin jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Dezloratadinni bir martada 7,5 mg dozada qabul qilinganda ovqatlanish (yog'li va yuqori kaloriyali nonushta) dezloratadinni taqsimlanishiga ta'sir ko'rsatmaydi. Greypfurt sharbati ham dezloratadinga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Preparatni homilador ayollarda qo'llash yuzasidan ma'lumotlar yetarli emas.
Homiladorlik davrida preparatni qo'llashdan saqlanish tavsiya etiladi. Dezloratadin ko'krak sutiga o'tishi sababli uni laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.
Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.