Hududni tanlang
group

AKTOVEGIN eritma

Takeda-Nycomed AS (Avstriya) va boshqalar
Faol moddalar:
Deproteinizirovanniy gemoderivat krovi telyat
Narx: 117 600 so'mdan

AKTOVEGIN eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 10ml 40mg/ml N5
Takeda Farmasyutikals, OOO
255 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
AKTOVEGIN eritma 2ml 40mg/ml N25
Takeda-Nycomed AS
187 500 so'mdan Dorixonalar ro'yxati
product
AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 5ml 40mg/ml N5
Takeda Farmasyutikals, OOO
117 600 so'mdan Dorixonalar ro'yxati

Yo'riqnoma AKTOVEGIN eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

Quyidagilarni majmuaviy davolash tarkibida:

kognitiv buzilishlarni, shu jumladan insulьtdan keyingi kognitiv buzilishlarni va dementsiyani simptomatik davolashda;

periferik qon aylanishining buzilishlari va ularning oqibatlarini simptomatik davolashda;

diabetik polineyropatiyani (DPN) simptomatik davolashda qo'llaniladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Aktovegin® preparatiga va xuddi shunday preparatlar yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda;

dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, o'pka shishi, oliguriya, anuriya, organizmda suyuqlik ushlanib qolinishida;

18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Aktovegin® – uch turdagi: metabolik, neyroprotektiv va mikrotsirkulyator samaralarni namoyon qiluvchi antigipoksantdir. Aktovegin® kislorod yutilishini va utilizatsiyasini oshiradi; preparat tarkibiga kiruvchi inozitol fosfo-oligosaxaridlar glyukozaning tashilishi va utilizatsiyasiga ijobiy ta'sir qiladi, bu hujayralarning energetik metabolizmini yaxshilanishiga va ishemiya sharoitlarida laktat hosil bo'lishining pasayishiga olib keladi.

Preparat ta'sirining neyroprotektiv mexanizmini amalga oshirishning bir necha yo'llari ko'rib chiqiladi.

Aktovegin® beta-amiloid (Aβ25-35) peptidi tomonidan induktsiya qilingan apoptoz rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.


Aktovegin® markaziy va periferik nerv tizimida apoptoz va yallig'lanish jarayonlarini tartibga solishda muhim rolь o'ynaydigan kappa V (NF-kB) yadro omili faolligini modulyatsiya qiladi.

Boshqa ta'sir mexanizmi poli(ADF-riboza)-polimeraza (PARP) yadro fermenti bilan bog'liq. PARP bir zanjirli DNK da shikastlanishlarni aniqlash va reparatsiya qilishda muhim rolь o'ynaydi, biroq fermentni o'ta faollashuvi serebrovaskulyar kasalliklar va diabetik polineyropatiya kabi holatlarda hujayra halokati jarayonlarini ishga tushirishi mumkin. Aktovegin® PARP faolligini ingibitsiya qiladi, bu markaziy va periferik nerv tizimining funktsional va morfologik yaxshilanishiga olib keladi.

Kapillyar qon oqimi tezligini oshishi, perikapillyar sohaning kamayishi, prekapillyar arteriollar va kapillyar sfinkterlarning miogen tonusining pasayishi, kapillyar o'zanida qon aylanishi ko'proq bo'lgani holda arteriolovenulyar shuntlovchi qon oqimi darajasini pasayishi hamda azot oksidining endotelial sintazasi faoliyatini mikrotsirkulyatsiya o'zaniga ta'sir ko'rsatuvchi rag'batlantirilishi Aktovegin® preparatini mikrotsirkulyatsiya jarayonlari va endoteliyga ta'sir ko'rsatuvchi ijobiy ta'sirlari bo'lib hisoblanadi.

Aktovegin® preparatining ta'siri u qabul qilinganidan keyin ko'pi bilan 30 minut o'tgach yuz berishi turli tadqiqotlar davomida aniqlangan. Maksimal ta'siri parenteral qo'llanilganidan keyin 3 soat o'tgach va peroral qo'llanilganidan keyin 2–6 soat o'tgach qayd etiladi.

Farmakologik ta'sir

Farmakokinetika usullari yordamida Aktovegin® preparatining farmakokinetik ko'rsatkichlarini o'rganish mumkin emas, chunki preparat faqat odatda organizmdagi mavjud fiziologik komponentlardan iborat bo'ladi.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

AKTOVEGIN eritma boshqa turlari

AKTOVEGIN eritma rasmlari

product

AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 10ml 40mg/ml N5

product

AKTOVEGIN eritma 2ml 40mg/ml N25

product

AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 5ml 40mg/ml N5

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

AKTOVEGIN eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

AKTOVEGIN eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

AKTOVEGIN eritma dori vositasi Takeda-Nycomed AS (Avstriya) Takeda Farmasyutikals, OOO (Rossiya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Qon va qon aylanishi

O'zbekistonda dorixonalarda AKTOVEGIN eritma dori vositasi qancha turadi?

AKTOVEGIN eritma dori vositasining boshlang'ich narxi - 117 600 so'mdan.

AKTOVEGIN eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

AKTOVEGIN eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

AKTOVEGIN eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

AKTOVEGIN eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.