Hududni tanlang
group

AKSA-ZOL F eritma

Axa Parenterals Ltd (Hindiston)
Faol moddalar:
Flukonazol
Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing
Narx: 37 000 so'mdan

AKSA-ZOL F eritmaning dorixonalardagi narxlar

product
AKSA ZOL F infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1
Axa Parenterals Ltd
37 000 so'mdan Dorixonalar ro'yxati

Yo'riqnoma AKSA-ZOL F eritma

Foydalanish uchun ko'rsatmalar

orofaringeal kandidoz;
ezofageal kandidoz;
yoyilgan kandidoz, shu jumladan kandidemiya, disseminatsiya qilingan kandidoz va invaziv kandidoz infektsiyasining boshqa shakllari (shu jumladan qorin parda, endokard, ko'zlar, nafas va siydik yo'llarining infektsiyalari);
kriptokokkoz, kriptokokkli meningit va boshqa lokalizatsiyali (masalan, o'pka, teri) infektsiyalar;
xavfli o'smalari yoki suyak ko'migi ko'chirib o'tkazilgan, sitotoksik ximioterapiya yoki nurli terapiya natijasida bunday infektsiyalarning rivojlanishiga moyil bo'lgan bemorlarda zamburug'li infektsiyalarni oldini olishda qo'llanadi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

flukonazolga va boshqa azol birikmalariga yuqori sezuvchanlik;
QT intervalini uzaytiruvchi (shu jumladan terfenadin yoki astemizol) preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish;
homiladorlik;
laktatsiya (emizish) davri.

Farmakologik ta'sir

Qon zardobida flukonazolning cho'qqi qontsentratsiyasiga vena ichiga yuborilganidan keyin darhol erishiladi. Preparatning yarim chiqarilish davri taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi kontsentratsiyasi yuborilgan dozaga nisbatan to'g'ri proportsional bog'liq bo'ladi.
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 11-12%. Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklari, a'zolari va to'qimalariga yaxshi o'tadi. Preparatning so'lak va balg'amdagi kontsentratsiyasi uning plazmadagi darajalariga o'xshash. Zamburug'li meningiti bo'lgan bemorlarda orqa miya suyuqligidagi flukonazolning miqdori, uning plazmadagi darajasining 80% ga yetadi. Teri shox qavatida, epidermisda, dermada, ter suyuqligidagi kontsentratsiyasi qon zardobdagidan ortiq bo'ladi. Flukonazol teri shox qavatida to'planadi va uzoq muddat saqlanadi.
Flukonazol asosan buyrak orqali chiqariladi; yuborilgan dozaning taxminan 80% o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga proportsional bo'ladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Aksa-zol Fni agar potentsial foyda xavfdan oshsagina homiladorlikda preparatni buyurish mumkin.
Flukonazol ko'krak sutida plazmadagidek kontsentratsiyalarda aniqlanadi, shuning uchun laktatsiya davrida uni buyurilganida emizishni to'xtatish kerak.

Asosiy ma'lumotlar

Saytda tibbiyot mutaxassislari uchun mo'ljallangan ma'lumotlar taqdim etilgan. O'zingiz hech qanday chora ko'rmang, chunki bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali shifokor bilan maslahatlashing.

AKSA-ZOL F eritma rasmlari

product

AKSA ZOL F infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

AKSA-ZOL F eritma dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?

Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.

AKSA-ZOL F eritma dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

AKSA-ZOL F eritma dori vositasi Axa Parenterals Ltd (Hindiston) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?

Zamburug'ga qarshi

O'zbekistonda dorixonalarda AKSA-ZOL F eritma dori vositasi qancha turadi?

AKSA-ZOL F eritma dori vositasining boshlang'ich narxi - 37 000 so'mdan.

AKSA-ZOL F eritma dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?

AKSA-ZOL F eritma dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Dori vositasi haqida sharhlar

AKSA-ZOL F eritma haqida hali bironta sharh qoldirilmagan. Sizning sharhingiz birinchi bo'ladi!

AKSA-ZOL F eritma analoglari

Dori vositalarining alifbo tartibidagi ko'rsatkichi


×
×
Saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxiz qo'yish, davolash muolajasi berish
uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydi
© 2019-2024 med24.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.