Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Adjifer - temirning o'rnini bosuvchi preparat, surunkali buyrak kasalliklari temir tanqisligi anemiyasini (SKD) bo'lgan kattalarda davolash uchun qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Adjiferni uning komponentlariga ma'lum sezuvchanligi bo'lgan patsiyentlarda qo'llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Vena ichiga yuborilgandan keyin Adjifer temir va saxarozaga dissotsiatsiyalanadi. Eritopoetin (rekombinant odam eritropoetini) va temir-saxaroza kompleksini 100 mg dozada haftada 3 marta, 3 hafta davomida olayotgan gemodializda bo'lgan 22 patsiyentda, plazmada temir va ferritin kontsentratsiyasini axamiyatli oshishi, temirni umumiy bog'lanish xususiyatini axamiyatli darajada kamayishi kuzatilgan.
Vena ichiga Adjifer olayotgan sog'lom ko'ngillilardagi tadqiqotlarda, temir birinchi tartib kinetikani namoyon qilishi aniqlangan, uning yarim -chiqarilish davri 6 soatni, umumiy klirensi soatiga – 12 l ni, doimiy taqsimlanish hajmi – 7,9 l ni tashkil qiladi. Temir asosan qonda va ayrim tomirdan tashqari suyuqliklarda taqsimlangan. 100 mg nishonlangan 52 Fe/59 Fe temir saqlovchi Adjiferni temir tanqisligi bo'lgan patsiyentlardagi tekshirishlar, yuborilgan temirning axamiyatli miqdori jigarda, taloqda va ko'mikda taqsimlanishini ko'rsatadi. Ko'mik – temirni qaytmas zahirasidir.
Kompleksning saxarozali qismi asosan siydik bilan chiqariladi. Adjiferning tekshirishlarida, uning 1,510 mg saxaroza va 100 mg temir saqlovchi dozasi 32 dan 52 yoshgacha bo'lgan 12 sog'lom ko'ngillilarga (9 ayol, 3 erkak) yuborilganda, yuborilgan saxarozaning 68,3% dozasi 4 soat davomida va 75,4% 24 soat davomida siydik bilan chiqarilgan. Temirning ma'lum qismi shuningdek siydik bilan ham chiqarilgan.
Preparat yuborilgandan keyin transferinning darajasini o'zgarishi kuzatilmagan. Farmakokinetikaning bu tadqiqotida va yana bir tadqiqotida vena ichiga yuborib, davolashda (16 dan 60 yoshgacha bo'lgan 23 ayollar, 3 erkak) dozalar yuborilgandan keyin taxminan 5% temir siydik bilan chiqarilgan. Adjifer preparatini farmakokinetik parametrlariga yosh va jinsining ta'siri aniqlanmagan.
Nojo'ya ta'sirlar
Bolalarda Adjifer preparatining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Adjifer bolalarni davolash uchun qo'llanilgan mamlakatda, beshta muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarda (tana vazni 1250 g dan kam) nekrotik enterokolit rivojlangan. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarga boshqa preparatlar va eritropoetin yuborilgan. Nekrotik enterokolit muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlardagi asorat bo'lishi mumkin. Adjifer preparati yoki boshqa preparat bilan sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan.
Geriatriyada qo'llanishi
Adjifer preparatining klinik tadqiqotlar preparatga reaktsiyalardagi farqlarini aniqlash uchun yetarli miqdordagi 65 yoshdan oshgan patsiyentlarni o'z ichiga olmagan. Adjiferni post-marketing tadqiqotlaridagi 1051 patsiyentdan, 40% 65 yoshli va undan katta patsiyentlar bo'lgan. Yosh va keksa patsiyentlar orasida axamiyatli farqlar kuzatilmagan, biroq ba'zi bir keksa patsiyentlar organizimini yuqori sezuvchanligini e'tiborga olish kerak. Odatda, keksa yoshli patsiyentlarni davolash vaqtida jigar, buyraklar va yurak faoliyatini sustligini, yoki boshqa preparatni qabul qilishni olish kerak.
Bolalarda qo'llash

Homiladorlik va laktatsiya davrida
V kategoriyasi
Homilador ayollarda adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o'tkazilmagan. Hayvonlardagi reproduktivlikni tadqiqotlarida, temir-saxaroza kompleksini kalamushlar va quyonlarga organogenez vaqtida kuniga kg tana vazniga 13 mg dozada elementar temir (tana yuzasi maydoniga hisobida odam uchun tavsiya qilingan muvofiq yarim yoki to'liq maksimal doza). Temir-saxaroza kompleksini homilaga qanday bo'lmasin zararli ta'siri aniqlanmagan. Biroq hayvonlardagi tadqiqotlar xar doim ham patsiyentlarda tadqiqot natijalarini oldindan aytib beraolmasligi tufayli. Adjifer preparatini homiladorlikda faqat qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha qo'llash lozim.
Emizish
Temir-saxaroza kompleksini ko'krak sutiga o'tishi ma'lum emas. Hayvonlarda tadqiqotlarda temir-saxaroza kompleksi kalamushlarning ko'krak sutiga chiqarilgan. Ko'pchilik preparatlarni ko'krak sutiga o'tishi tufayli, preparatni laktatsiya davrida extiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Asosiy ma'lumotlar
-
Nimadan?
-
Nima uchun?
-
Kategoriya