"EUROSUN HEALTHCARE" O'zbekiston-Hindiston qo'shma korxonasi tibbiyot markazi 2022-yil 1-apreldan boshlab tashrif buyuruvchilar uchun o'z eshiklarini ochdi! Klinikamizda barcha asosiy yo'nalishlarda har qanday yoshdagi odamlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatiladi: terapiya, pediatriya, ginekologiya, kardiologiya, urologiya, endokrinologiya, nevrologiya, otorinolaringologiya, ortopediya-travmatologiya, ultratovush tekshiruvi va boshqalar, zamonaviy yuqori aniqlikdagi instrumental va laboratoriya tadqiqotlari, kunduzgi kasalxona. Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz: Telegram @eurosunhealthcareuz Instagram: eurosunhealthcare Facebook: Eurosun Healthcare
yanaKlinikamiz jigar, oshqozon va ichak kasalliklarini aniqlash hamda davolashga ixtisoslashgan. Bizning asosiy ustunligimiz — 20 yildan 45 yilgacha tajribaga ega, yuqori toifali va xalqaro malakaga ega shifokorlar jamoasi. Zamonaviy diagnostika usullari (shu jumladan FibroScan) va har bir bemorga individual yondashuv — bizga ishonch bildirilishining sababi. Sizning sog‘lig‘ingiz — bizning ustuvor vazifamiz.
yanaCitymed xususiy ko‘p tarmoqli klinikasi 2009 yildan buyon bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. U Shayxontohur tumani, Forobiy ko‘chasida joylashgan. Klinikaning yuqori toifali mutaxassislari va zamonaviy diagnostika uskunalari bilan o'tkaziladigan davolanish samaradorligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Citymed shifokorlari haqida Citymed klinikasi shifokorlari ko'p yillik tajribaga ega haqiqiy professionallardir. Ularning ko‘pchiligi fan doktori yoki nomzodi darajasiga ega, xorijiy davlatlar klinikalarida malaka oshirgan. Shunga qaramay, ular O‘zbekistonda ham, xorijda ham simpoziumlarda qatnashib, o‘z malakalarini oshirishdan to‘xtamaydilar. Bu yerda jarrohlik, urologiya, otorinolaringologiya, akusherlik, ginekologiya, nevropatologiya, psixologiya va boshqa sohalardagi mutaxassislardan konsultatsiya olishingiz mumkin. Citymed klinikasi xizmatlari Klinika 8:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Diagnostika xizmatlaridan gastrofibroskopiya, ultratovush, MSKT, rentgenografiya, MRT va boshqalar mavjud. Minimal invaziv operatsiyalar, fizioterapiya, HIPEC ( kimyoterapiya) amalga oshiriladi. Laboratoriyada barcha turdagi tahlillar mavjud. Tadqiqotlar natijalari sizni uzoq kuttirmaydi, ularning ko'pchiligi 4-6 soatda tayyor bo'ladi. Bemorlar ambulator va statsionar sharoitda davolanishi mumkin. Palatalarda eng qulay sharoitlar yaratilgan, har birida alohida hammom, muzlatgich, televizor mavjud. Klinika shoshilinch tibbiy yordam ham ko'rsatadi.
yanaToshkentdagi Osiyo tibbiyot markazi ko'plab yo'nalishlar bo’yicha keng ko'lamli davolash-diagnostika xizmatlarini taklif etadi. Bu zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar, tajribali shifokorlar, ekspert toifasidagi laboratoriya va instrumental diagnostikaga ega klinika. U 2018 yilda ochilgan va jahon standartlari darajasidagi xizmatlari tufayli qisqa vaqt ichida bemorlarning ishonchini qozona oldi. AQShda ishlab chiqarilgan Ge Signa Creator 1.5T qo'shimcha 3D/4D funksiyalari va elastografiyasi bor Ultratovush apparati va Ge LOGIQ V5 Expert MRT apparatlari bor. Ular turli xil kasalliklarga dastlabki bosqichlarida ham aniq tashxis qo'ya oladi. Osiyo tibbiyot markazi shifokorlari Klinikada nevrolog, nevropatolog, bolalar nevropatologi, pediatr, ginekolog, terapevt, kardiolog, endokrinolog, travmatolog, massajchi-reabilitolog, rentgenolog va boshqa mutaxassisliklari bo'yicha shifokorlar ishlaydi. Ular har bir bemorning sog'lig'ini baholashda individual yondashuv tamoyillariga asoslanadi. Shuningdek, klinikada oilaviy psixolog va bolalar psixologi konsultasiyasi xizmati mavjud. Klinikaning bemorlariga bepul konsultasiya o’tkazish uchun muntazam ravishda Hindistondan yetakchi mutaxassislar taklif qilinadi. Osiyo tibbiyot markazi xizmatlari - Mutaxassis konsultasiyasi - Ultratovush diagnostikasi (UZD) - Laboratoriya tadqiqotlari - Magnitorezonans tomografiya (MRT) - Multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) - Elektrokardiografiya (EKG) - Elektroensefalografiya (EEG) - Kolonoskopiya - Videoendoskopiya - Ko’chma laboratoriya xizmatlari - Ozonoterapiya - Massaj.
yanaIX MED Clinic hamyonbop narxlarda to‘liq tibbiy xizmatlarni taklif etadi. Klinikada sizni yuqori darajadagi tibbiy xizmat va qulay sharoitlar kutadi. Bu yerda barcha turdagi tahlillardan o'tishingiz, eng yaxshi shifokorlardan maslahat olishingiz va ambulator mumkin. Tibbiyot markazi Mirzo Ulug‘bek tumani, Ravnaq ko‘chasida, Markaziy harbiy gospital va “Krafers” fabrikasi oralig‘ida joylashgan. U bemorlarni dushanbadan shanbagacha, soat 8.00dan 18.00gacha qabul qiladi. Klinika bilan kunning istalgan vaqtida telefon orqali bog'lanishingiz mumkin. IX MED Clinic shifokorlari Ushbu xususiy klinikaga stomatologiya sohasida professional xizmat ko‘rsatuvchi 50 yildan ortiq tajribaga ega shifokor Xusnitdin Ibragimovich Irsaliev asos solgan. Bu yerda tibbiyot sohasida ko‘p yillik ilmiy va amaliy tajribaga ega oliy toifali shifokorlar mehnat qilmoqda. IX MED klinikasida sog'ligingiz professional terapevt, ginekolog, urolog, endokrinolog, nevropatolog, psixolog, pulmonolog va stomatologlar qo'lida bo'ladi. IX MED Clinic xizmatlari Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi turli kasalliklarga tashxis qo‘yish uchun yuqori sifatli uskunalar bilan jihozlangan. Laboratoriyada barcha turdagi tahlillar o'tkaziladi. Ultratovush, MSKT, EKG kabi diagnostika usullari qo'llaniladi. MSKT ofisi haftasiga yetti kun, kuniga 24 soat faoliyat olib boradi. Bir qator reabilitatsiya operatsiyalari o'tkaziladi, fizioterapiya va massaj xizmatlari ko'rsatiladi.
yanaRavnaq ko`chasi, 41
Toshkent shahridagi Hi Tech Laboratories ko‘p tarmoqli diagnostika markazi 2014-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. U ishlagan barcha yillar davomida yuqori malakali kadrlar va eng yaxshi jahon ishlab chiqaruvchilarining yuqori sifatli uskunalari bemorlarning ishonchini qozonishga yordam berdi. Bugungi kunga qadar klinikada tibbiyotning 15dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha tibbiy-diagnostika xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bu yerda siz keng qamrovli instrumental va laboratoriya tekshiruvidan o'tishingiz va tajribali mutaxassislardan natijalarning talqinini olishingiz mumkin. Ular sizga tashxis qo'yish uchun zarur bo'lgan tadqiqotlar ro'yxatini aniq belgilaydilar va siz keraksiz muolajalarga vaqtingiz va pulingizni sarflamaysiz. Hi Tech Laboratories diagnostika markazi shifokorlari Markazda LOR, endokrinolog, ginekolog, kardiolog, travmatolog, urolog, nevropatolog, jarroh, terapevt, pediatr, gastroenterolog shifokorlardan konsultatsiya olishingiz mumkin. Hi Tech Laboratories diagnostika markazi xizmatlari - 40dan ortiq turdagi ultratovush diagnostikasi - 200dan ortiq turdagi laboratoriya tahlillari - Magnit-rezonans tomografiya - Elektroansefalografiya - Kolposkopiya - Kolonoskopiya - MSKT - Diatermoelektrokoagulyatsiya (DEK) - Video EGDFS - Muolaja xonasi (mushak va tomir ichiga inyeksiya va boshqa muolajalar). Ko'chma laboratoriya xizmatlari mavjud. Shuningdek, ko'rik, konsultatsiya va ultratovush tekshiruvi uchun shifokorni uyingizga chaqirishingiz mumkin.
yanaXusayn Baykaro ko`chasi, 51
So'nggi sharhlar
15 iyun 2025
ассалому алекум делает операции на мировом уровне !!
15 iyun 2025
Ассалому алекум делает операции на мировом уровне!
Темиров Рахматжон
13 iyun 2025
Очен дорого
Зинаида Комаренко
13 iyun 2025
Доктор успешно лечила мою эритему.
Земель Маргарита Сергеевна
13 iyun 2025
Огромное спасибо за вылечивание псориаза.
Bemorlarga
Ma’lumotnoma
saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.
© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI