App icon

Ilovada qulayroq

Kirish

To'g'ri ichakning tushishi

Shifokorni tanlang:
Klinikani tanlang:
To‘g‘ri ichakning tushishi - bu to‘g‘ri ichakning pastki qismi anal teshigidan tushib ketadigan kasallikdir. Erkaklarda bu holat ayollarga qaraganda ko‘proq uchraydi.
  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Xavf guruhi
  • Oldini olish
img To'g'ri ichakning tushishi davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Kasallik to‘g‘ri ichakning yuqori harakatchanligi va cho‘zilishi tufayli yuzaga keladi, bu esa distal bo‘limning barcha qatlamlarining tushib ketishiga olib keladi. Kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat:

  • Chanoq suyaklari tuzilishi, to‘g‘ri ichak shakli va uzunligining tug‘ma patologiyasi
  • Chanoq tubi mushaklarining buzilishi
  • Dolixosigma (sigmasimon ichakning uzayishi)
  • Doimiy jismoniy zo‘riqish, yuk ko‘tarish
  • Dumg‘aza jarohati, orqa miya shikastlanishi
  • To‘g‘ri ichak o‘smasi
  • Tez-tez uchraydigan zotiljam, bronxit
  • Tug‘ish

To‘g‘ri ichakning tushishi ko‘pincha 3-4 yoshli bolalarda ularning organizmining fiziologik xususiyatlari tufayli uchraydi.

To‘g‘ri ichak tushishi belgilari

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

To‘g‘ri ichak tushishini davolash usulini aniqlash uchun shifokor-proktolog quyidagi tekshiruvlarni o‘tkazadi:

Diagnostika va davolash uchun istalgan zamonaviy proktologik klinikaga murojaat qilish mumkin.

To‘g‘ri ichak tushishini davolash

To‘g‘ri ichak tushishini davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • To‘g‘ri ichakni manual kiritish
  • Sklerozlovchi preparatlar
  • Anal sfinkter va tos tubi mushaklarini elektrostimulyatsiya qilish
  • Jarrohlik aralashuvi (laparoskopiya, sirkulyar kesish)
  • Anal kanal va chanoq tubi mushaklari plastikasi

Xavf

To‘g‘ri ichak shilliq qavatini o‘z vaqtida davolash boshlanmasa, bu jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, masalan:

  • Rektotsele
  • To‘g‘ri ichak nekrozi
  • Anal teshigida to‘g‘ri ichakning qisilib qolishi
  • O‘tkir ichak tutilishi
  • Peritonit

Ushbu asoratlarning oldini olish uchun kasallikning birinchi alomatlarida proktolog qabuliga yozilish muhimdir.

Xavf guruhi

To‘g‘ri ichakning tushishi bo‘yicha xavf guruhiga quyidagilar kiradi:

  • Keksa odamlar
  • Orqa miya kasalliklari yoki jarohatlari bo‘lgan odamlar
  • Bir necha marta tug‘gan ayollar
  • Anal seks bilan shug‘ullanuvchi shaxslar
  • Kasbi og‘ir yuk ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar (og‘ir atletikachilar, yuk tashuvchilar)

Oldini olish

To‘g‘ri ichak tushishining oldini olish uchun bemorlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

  • Ratsionga o‘simlik kletchatkasiga boy ovqatni kiritish
  • Ich kelishining buzilishi (qabziyat, diareya) va ichak kasalliklarini o‘z vaqtida davolash
  • Orqa chiqaruv mushaklarini mustahkamlash uchun mashqlarni bajarish
  • Og‘ir yuklarni ko‘tarishni cheklash

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

To'g'ri ichakning tushishini davolovchi shifokorlar

empty-box

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil
med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI