- komedonlar va yiringli pufakchalar bilan namoyon bo‘ladigan teri kasalligi. Ko‘pincha yog‘ bezlari ko‘p bo‘lgan joylarga: yuz, yelka, ko‘krakka ta’sir qiladi. Bolalarda akne odatda balog‘atga yetish davrida boshlanadi.
Sabablari
Akne yog‘ bezlari va soch follikulalarining yallig‘lanishi tufayli yuzaga keladi. Kasallik sabablari quyidagilardan iborat:
- Terining yuqori darajadagi muguzlanishi.
-
Organizmda yog‘ muvozanatining buzilishi.
-
Yog‘ bezlari faolligining oshishi.
-
Terining shikastlanishi.
-
Anabolik steroidlarni qabul qilish.
-
Gormonal faollik (ayollarda akne hayzdan bir hafta oldin keskinlashishi mumkin).
Akne belgilari
Husnbuzar toshmasi toshmalarning quyidagi turlari bilan namoyon bo‘ladi:
- Ochiq komedonlar: qora yoki kulrang-jigarrang nuqtalar.
-
Yopiq komedonlar: oq nuqtalar.
-
Papulalar: qizil tugunlar.
-
Pustulalar: yiringli do‘mboqchalar.
Kattalardagi husnbuzar toshmasi (25 yoshdan katta) gormonal o‘zgarishlar yoki ichki a’zolar kasalliklaridan dalolat berishi mumkin.
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol
shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldening olish osonroq