App icon

Ilovada qulayroq

Kirish

Sistit

Shifokorni tanlang: Urolog
Klinikani tanlang: Urologiya

Sistit – bu qovuq (siydik pufagi) shilliq qavatida sodir bo'ladigan yallig'lanish jarayoni bo'lib, uni ko'pincha infeksiya keltirib chiqaradi. Kasallik bilan erkaklar ham, ayollar ham og`rishi mumkin, ammo ayollarda organizmning o`ziga xos tuzilishi tufayli ko'proq uchraydi. Buning sababi shundaki, ayollarda siydik yo'llari erkaklarnikiga qaraganda ancha qisqaroq va infeksiya siydik pufagiga kirish uchun kamroq to'siqlarga ega.

Sistitning ko`rinishlari

Kasallikning kechishiga qarab sistitning ikki xil ko`rinishi ajratiladi: o'tkir va surunkali. O'tkir sistit gipotermiya, ya`ni sovqotish tufayli yuzaga kelishi mumkin, uning belgilari:

  • og`riqli tez-tez peshob kelishi;
  • jinsiy a'zolar, orqa chiqaruv teshigi sohasida, sonlar oralig`ida yoqimsiz hislar;
  • siydik rangining xiralashuvi (bu siydikda leykositlar, shilliq qavat va siydik pufagi hujayralarining ko'pligi, shuningdek bakteriyalar tufayli sodir bo`ladi);
  • yuqori tana harorati.

Surunkali sistit odatda ikkilamchi bo'lib, uning belgilari o'tkir sistitda ham kuzatiladi, ammo unchalik kuchli bo`lmaydi.

Sistitning sabablari har xil bo'lib, ularga qarab rivojlanayotgan yallig'lanishni quyidagicha tasniflash mumkin:

  • o`ziga xos bo`lmagan (patogen mikroflora tufayli hosil bo'lgan - stafilokokk, kandida, klebsiella, enterobakteriya, proteya kabilar);
  • o`ziga xos sil yoki jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar, masalan sifilis, xlamidiya, ureaplazmoz tufayli shakllangan).

Bundan tashqari shifokorlar quyidagilarni ajratib ko'rsatishadi:

  • radiatsiya terapiyasini o'tkazishdan kelib chiqadigan post-radiatsion turi;
  • interstitsial tip, bu turdagi sistitda butun qovuq zararlanadi, qovuq devori to'qimalarida chandiq paydo bo'ladi.
  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Xavf guruhi
  • Oldini olish
  • Parhez
  • Shifokor qabuliga yoziling
img Sistit davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Sistit turli sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin, bunga ko`ra kasallik bakterial va noinfeksion turlarga bo`linadi. Bakterial sistitda qovuqqa infeksiya kirishining to'rtta yo`li bor:

  • Pastga tushish yo'li (yallig'langan buyraklar orqali o`tadi);
  • Ko'tarilish yo'li (infeksiya tashqi muhit orqali kirib boradi);
  • Limfogen (limfa tomirlari orqali, nosog`lom jinsiy a'zolardan yuqadi);
  • Gematogen (organga qon oqimi orqali kiradi).

Sistitning noinfeksion sabablari quyidagilardir:

  • qovuq to'qimalarining yallig'lanishi bilan namoyon bo'ladigan allergiya;
  • immunitet yoki asab tizimi faoliyati buzilishi;
  • kimyoviy kuyishlar (qovuqqa shifokor tomonidan belgilanmagan dori vositalarining kiritilishi, shuningdek, tibbiyot xodimlari yoki bemorning ehtiyotsizligi tufayli);
  • qorinning pastki qismi va genital sohalarda radiatsiya terapiyasining o`tkazilishi.

Sistit rivojlanishiga bilvosita ta'sir ko'rsatadigan omillar:

  • nofaol turmush tarzi;
  • gipotermiya (sovqotish);
  • noqulay ichki kiyim;
  • jinsiy hamrohlarning doimiy o'zgarishi va kontraseptiv vositalardan voz kechish;
  • shaxsiy gigienaga beparvolik;
  • ichki organlar kasalliklari;
  • charchoq, gipovitaminoz;
  • qovuq bo'shatishning buzilishi;
  • immunitetning pasayishi;
  • siydik qopidagi begona jismlar;
  • katetrlash, uretroskopiya.

Sistit belgilari

Sistit erkaklar va ayollarda quyidagi belgilarda namoyon bo'ladi:

  • tana haroratining oshishi;
  • o'zini yomon his qilish, charchoq;
  • peshob chiqarish paytida yoqimsiz yoki og'riqli hislar, oxirida kuchayadi;
  • tez-tez peshob chiqarish hissi;
  • qovuq sohasida og'riq;
  • qovuqning to'liq bo'shatilmaganligi hissi hojatxonaga borganidan keyin darhol paydo bo'ladi;
  • loyqalangan peshob (ba'zida qon aralashmalari bilan);
  • peshob chiqarishda siydik yo‘llaridan yiring chiqishi;
  • ayollarda hayz sikli buzilishi.

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

Sistit diagnostikasi laboratoriya va klinikalarda tekshiruvlar o'tkazishni anglatadi. Shifokor anamnezni to'playdi, bemorning qorin bo'shlig'ini ushlab ko`radi (bunda og'riq seziladi) va quyidagilar buyuriladi:

  • siydikning umumiy tahlili (rangi, zichligi va boshqa parametrlarini o'rganish uchun);
  • qonning umumiy tahlili (yallig'lanish belgilari – eritrositlarning cho`kish tezligi ortishi yoki leykositlar sonining ortishini aniqlash uchun);
  • qonning biokimyoviy tekshiruvi (qondagi tuz, oqsil va nitratlarni aniqlash uchun);
  • sistit qo`zg`atuvchi bakteriyalarning dori vositalariga sezuvchanligini aniqlash uchun bakteriologik tekshiruvi;
  • JYYI (kandidoz, mikoplazmoz, trixomoniaz, ureaplazmoz, gonoreya, gardnerellyoz, xlamidiya).
  • Urofloumetriya.
  • buyraklar, siydik pufagining ultratovush tekshiruvi;
  • urologik tekshiruv;
  • Sistoskopiya bilan biopsiya. Siydik qopiga biriktirilgan kamerali trubka kiritiladi, shundan so'ng tekshiruv uchun qovuq to'qimasi bo'lagi olinadi.

Sistitni tashxislash va davolash urologiya tibbiyot markazlarida amalga oshiriladi.


 

Sistitni davolash

Sistit kasalligida infeksiyalar tarqalishining oldini olish uchun bemorga antibiotik preparatlari buyuriladi. Dori-darmonlarni qabul qilishning eng maqbul kursi - uch kundan yetti kungacha. Ftorxinolonlar guruhidagi barcha antibiotiklarning aksariyati ko'pchilik bakteriyalarga qarshi samarali bo'ladi. Boshqa dorilar kamroq samarali.

Agar sistit kuchli og'riqlar bilan kechsa, bemorga No-shpa, Baralgin, Papaverin, Nimesil, Diklofenak kabi og'riq qoldiruvchi dorilar buyuriladi.

 

O'simliklar va ularning qismlari asosida tayyorlangan preparatlar siydik hosil bo'lishini oshirish uchun (ya'ni siydik haydovchi ta'sir uchun) sistitni davolashda qo'llaniladi. Dorixonalarda sanoatda ishlab chiqarilgan Siston, Fitolizin, Kanefron kabi dori-darmonlar sotiladi.

 

 

Kasallikni davolash asosan immunitet holatiga bog'liq bo'lganligi sababli, uni oshirish uchun quyidagi dorilar buyuriladi:

 

  • "Likopid". Bakteriyalarni o'zlashtiradigan va eritadigan hujayralar faoliyatini kuchaytiradi. Shuningdek, ushbu preparatning ta'siri ostida antitanachalar faolroq ishlab chiqariladi.
  • "Viferon". Immunitet tizimini kuchaytirishga yordam beradi, interferon asosida ishlab chiqariladi, bu esa o'z navbatida yallig'lanish jarayonlariga qarshi kurashish uchun tabiiy birikma hisoblanadi.
  • "Uro-Vaksom". Sistitni qo'zg'atuvchi eng keng tarqalgan bakteriyalar - E.Coliga qarshi immunitetni kuchaytiradi.

Erkak va ayollardagi surunkali sistitni davolashda siydik qopining istillyatsiyasi

Qovuq instilyatsiyasi – siydik pufagiga dori yuborish amaliyotidir. Surunkali sistitni mahalliy davolash uchun ishlatiladi. Bu yoqimsiz jarayon, ammo og'riqli emas.

Ushbu davolash tadbiri faqat shifoxonada amalga oshiriladi. Endoskop yordamida siydik qopi tekshiriladi, kerak bo'lsa, gistologik tahlil uchun siydik pufagi devorlarining biopsiyasi olinadi.

Instillyatsiyani o`tkazish ketma-ketligi:

  • Siydik qopi bo`shatiladi.
  • Maxsus kateter o'rnatiladi.
  • Dori vositasi 37 darajaga qadar isitiladi, shundan so'ng uni qovuq bo'shlig'iga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. Xiralashgan suyuqlik ajralgandan so`ng, dori takroran yuboriladi. Bu jarayon toza shaffof suyuqlik ajralib chiqqunicha davom etadi.
  • Kateter ehtiyotkorlik bilan chiqariladi.

Davolash tadbiridan so'ng ikki soat davomida peshob ajratmaslik tavsiya qilinadi. Agar lozim bo'lsa, uch kundan keyin bu tadbir takrorlanadi.

Instilyatsiya paytida qo'llaniladigan dorilar

Surunkali sistitni davolashda instilyatsiya paytida quyidagi dorilar qo'llaniladi:

  • antibiotiklar (aminoglikozid, penitsillin, sefalosporin);
  • antiseptik vositalar (Furadonin, Dekasan, Xlorgeksidin, kaliy permanganat, kumush va yod preparatlari);
  • ozonlangan eritmalar (ozon antioksidant hisoblanadi);
  • yallig'lanishga qarshi preparatlar (atsetilsalitsil kislotasi);
  • o'simlik preparatlari (moylar, qaynatmalar);
  • immunostimulyatorlar (Interferon, Sikloferon);
  • og`riqni yengillashtiradigan dorilar (Papaverin, No-shpa);
  • bakteriofaglar.

Instilyatsiyaga qarshi ko'rsatmalar

Ushbu davolash tadbiri quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:

  • o'tkir shakldagi sistit;
  • siydik-tanosil tizimining sil infeksiyasi;
  • homiladorlik (birinchi trimestrda);
  • siydik-tanosil tizimining boshqa yuqumli jarayonlari.

Homiladorlik davrida sistitni davolash

Homiladorlik paytida sistit tez-tez uchraydi. Uning xavfi pielonefritni qo'zg'atishi mumkinligidadir. Pielonefrit buyrak yetishmovchiligi, kech gestoz va boshqa asoratlarga olib kelishi mumkin.

Kasallik rivojlanishining dastlabki bosqichida sistitni antibiotiklar bilan davolash mumkin, ammo ko'plab homilador ayollar antibiotiklarni qabul qilishga tavakkal qilmaydilar, ayniqsa homiladorlikning birinchi trimestrida. Ularsiz kasallikni davolash mumkin, ammo bu jarayon uzoq davom etadi va qayta kasallanish xavfi mavjud bo`ladi.

Homilador ayollar uchun xavfsiz bo'lgan dorilar No-shpa kabi keng tarqalgan o'simlik preparatlari asosida tayyorlangan spazmni yengillashtiradigan dorilardir. Ular kuchli og'riq paydo bo`lganda buyuriladi.

Keyinchalik, homilador ayol sistitni davolash uchun instilyatsiya qildirishi yoki fizioterapiya yordamida davolanishi mumkin.

Xavf

Sistitning o'tkir shakli vaqtida davolanmasa, surunkali shaklga o'tishi mumkin va undan qutulish bir necha barobar qiyinroq bo`ladi. Dastlabki alomatlar paydo bo`lishi bilan urolog ko`rigidan o`tish kerak. Bundan tashqari vaqtida davolanmagan kasallik quyidagi asratlarga olib kelishi mumkin:

  • buyraklar, ularning atrofdagi to'qimalar, siydik yo'llarining yallig'lanishi;
  • siydik qopi kichrayishi (qovuq hajmi juda kichrayib ketadi);
  • jinsiy hayotning buzilishi.

Xavf guruhi

Sistit bilan kasallanish xavfi quyidagi insonlarda mavjud:

  • yaqinda jinsiy hayot boshlagan yosh ayollar;
  • homiladorlikning istalgan davridagi ayollar;
  • klimaks yoshidagi ayollar;
  • 60 yoshdan oshganlar;
  • qandli diabet bilan kasallanganlar;
  • kontratseptiv diafragmadan foydalanadigan va bir vaqtning o'zida anal jinsiy aloqada bo`lgan ayollar.

Oldini olish

Siydik yo`llariga infeksiya tushishi va sistit rivojlanishi ehtimolini kamaytirish uchun shifokorlar quyidagilarni tavsiya qiladilar:

  • hojatxonaga o`z vaqtida borish;
  • haddan tashqari sovqotishga yo`l qo`ymaslik, ob-havoga mos kiyim tanlash;
  • shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy ravishda va to`g`ri amal qilish;
  • hayz paytida ayollarga tampon va tagliklarni vaqtida almashtirish tavsiya etiladi;
  • intim gigiena uchun neytral va yumshoq yuvish vositalaridan foydalanish;
  • kuniga yetarli miqdorda, kamida bir yarim litr, suyuqlik ichish;
  • tabiiy va sifatli matodan tayyorlangan ichki kiyimlarni o'lchamiga qarab ehtiyotkorlik bilan tanlash;
  • to'g'ri ovqatlanish va rejimga rioya qilish;
  • alkogolli ichimliklarni iste'mol qilmaslik.

Parhez

Kasallik paytida siydik pufagi zararlanishini kuchaytiradigan oziq-ovqatlarni iste'mol qilish taqiqlanadi. Bu ziravorlar, yog'li ovqatlar, souslar, konservalangan mahsulotlar. O'tkir sistit davrida spirtli ichimliklar, choy, qahva va dudlangan mahsulotlar ham taqiqlanadi.

Sistit kasalligida siydik pufagini tiklashga yordam beradigan oziq-ovqatlar:

  • sabzavotlar va mevalar;
  • sut mahsulotlari;
  • suyuqliklar (sharbatlar, suv);
  • asal.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Sistitni davolovchi shifokorlar

Rizayev Baxtiyor Mutalibjonovich
Rizayev Baxtiyor Mutalibjonovich

Urolog

Tajribasi 15 yil

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Sog'lom AvlodSog'lom Avlod

Andijon shaxri, Dukchi Eshon ko'chasi, 2B

Mo'ljal: "TOShKENT PREMIUM" Tadbirlar saroyi

  • Du – Sh 08:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Ergasheva Nigora Tohirbekovna
Ergasheva Nigora Tohirbekovna

Ergasheva Nigora Tohirbekovna 5.0

Urolog

Tajribasi 6 yil

  • Birinchi konsultatsiyasi120 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Sog'lom AvlodSog'lom Avlod

Andijon shaxri, Dukchi Eshon ko'chasi, 2B

Mo'ljal: "TOShKENT PREMIUM" Tadbirlar saroyi

  • Du – Ju 08:00 – 17:00
  • Sh, Ya Dam olish kuni
G'iyosov Shuhrat Iskanderovich
G'iyosov Shuhrat Iskanderovich

G'iyosov Shuhrat Iskanderovich 5.0

Urolog,

Nefrolog

Tajribasi 30 yil

Professor

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi220 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

MDS Servis

Botkin ko`chasi, 110/3

Mo'ljal: "Botkino" qabristoni

  • Du, Ch, Ju, Ya Dam olish kuni
  • Se, Pa, Sh 15:00 – 17:00
Osmanov Ismoil Zeynolobidinovich
Osmanov Ismoil Zeynolobidinovich

Osmanov Ismoil Zeynolobidinovich 5.0

Urolog,

Androlog

Tajribasi 18 yil

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi150 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Innova ExpertInnova Expert

Dagbitskaya ko'chasi, 3-sayohat , 1 uy, Samarqand

Mo'ljal: Ipak Yuli banki

  • Du – Ju 08:30 – 16:30
  • Sh 08:30 – 15:00
  • Ya Dam olish kuni
Kim Tatyana Olegovna
Kim Tatyana Olegovna

Kim Tatyana Olegovna 5.0

Urolog,

Androlog,

Endokrinolog

Tajribasi 6 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - De Factum CentralDe Factum Central

Osiyo ko'ch. 86A

Mo'ljal: Korzinka do'koni Ц6

  • Du – Pa 09:00 – 15:00
  • Ju – Ya Dam olish kuni
Irgashev Dilmurod Saatovich
Irgashev Dilmurod Saatovich

Irgashev Dilmurod Saatovich 5.0

Urolog,

Androlog,

Reproduktolog,

Seksolog

Tajribasi 34 yil

Tibbiy fanlar doktori

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi450 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Doctor DDoctor D

Usta Olim ko`chasi, 15 uy

Mo'ljal: Toshkent restorani

  • Du – Sh 08:00 – 13:00
  • Ya Dam olish kuni
Amanov Oybek Umidovich
Amanov Oybek Umidovich

Amanov Oybek Umidovich 3.7

Urolog,

Androlog,

Seksolog

Tajribasi 26 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi170 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Doctor DDoctor D

Usta Olim ko`chasi, 15 uy

Mo'ljal: Toshkent restorani

  • Du – Sh 08:00 – 14:00
  • Ya Dam olish kuni
Shabilalov Jaxongir Azatjanovich
Shabilalov Jaxongir Azatjanovich

Urolog

Tajribasi 24 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - MDS ServisMDS Servis

Botkin ko`chasi, 110/3

Mo'ljal: "Botkino" qabristoni

  • Du, Ch, Ju 08:00 – 17:00
  • Se, Pa, Sh, Ya Dam olish kuni
Farxadov Mashxurbek Ulugbekovich
Farxadov Mashxurbek Ulugbekovich

Urolog,

Jarroh,

Endokrinolog,

Androlog

Tajribasi 7 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

MDS Servis

Botkin ko`chasi, 110/3

Mo'ljal: "Botkino" qabristoni

Zuxurov Shuxrat Normuradovich
Zuxurov Shuxrat Normuradovich

Urolog

Tajribasi 34 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi170 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Doctor DDoctor D

Usta Olim ko`chasi, 15 uy

Mo'ljal: Toshkent restorani

  • Du – Sh 08:00 – 14:00
  • Ya Dam olish kuni
Nigmatulin Mansur Galiyevich
Nigmatulin Mansur Galiyevich

Urolog,

Androlog

Tajribasi 8 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

M-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du – Sh 08:00 – 16:30
  • Ya Dam olish kuni
Abdullajanov Murod Muxtorovich
Abdullajanov Murod Muxtorovich

Abdullajanov Murod Muxtorovich 5.0

Urolog

Tajribasi 28 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

M-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du – Pa 08:00 – 15:00
  • Ju – Ya Dam olish kuni
Rustamov Azamat Rustamovich
Rustamov Azamat Rustamovich

Rustamov Azamat Rustamovich 1.0

Urolog

Tajribasi 9 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi220 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Shox International HospitalShox International Hospital

Kichik xalka Yo`li ko`chasi, 70A

Mo'ljal: "Korzinka.uz" Supermarketi, Chevrolet dilerlik markazi

  • Du – Sh 09:30 – 16:00
  • Ya Dam olish kuni
Salimov Olim Alimbaevich
Salimov Olim Alimbaevich

Urolog

Uchinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi220 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Shox Med CenterShox Med Center

Oybek ko`chasi 34

Mo'ljal: Pravoslav cherkovi

  • Du, Ch, Ju 09:00 – 16:00
  • Se, Pa, Sh 16:00 – 21:00
  • Ya Dam olish kuni
Nurmatov Yodgormirza Xatammirzayevich
Nurmatov Yodgormirza Xatammirzayevich

Nurmatov Yodgormirza Xatammirzayevich 5.0

Urolog,

Androlog

Tajribasi 28 yil

Tibbiy fanlar doktori

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi80 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Andrologiya-NAndrologiya-N

Namangan, tinchlik ko'chasi, 62

Mo'ljal: Tennis korti, 52-maktab ko'chasi

  • Du – Sh 08:00 – 19:00
  • Ya Dam olish kuni
Ismatullayev Ravshan Gaybullayevich
Ismatullayev Ravshan Gaybullayevich

Ismatullayev Ravshan Gaybullayevich 5.0

Urolog

Tajribasi 35 yil

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi220 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Shox International HospitalShox International Hospital

Kichik xalka Yo`li ko`chasi, 70A

Mo'ljal: "Korzinka.uz" Supermarketi, Chevrolet dilerlik markazi

  • Du – Sh 09:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Muhammadjonov Tursunboy Abdumalikovich
Muhammadjonov Tursunboy Abdumalikovich

Muhammadjonov Tursunboy Abdumalikovich 5.0

Urolog

Tajribasi 17 yil

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Sog'lom AvlodSog'lom Avlod

Andijon shaxri, Dukchi Eshon ko'chasi, 2B

Mo'ljal: "TOShKENT PREMIUM" Tadbirlar saroyi

  • Du – Sh 08:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Saidxo'jaev Nodir Baxtiyorovich
Saidxo'jaev Nodir Baxtiyorovich

Urolog

Tajribasi 18 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

M-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du – Sh 08:00 – 16:30
  • Ya Dam olish kuni
Zaynutdinov Omonulla Umarovich
Zaynutdinov Omonulla Umarovich

Urolog,

Jarroh

  • Birinchi konsultatsiyasi300 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi150 000 so‘m
Klinika logotipi - Doctor Hasan Medical CenterDoctor Hasan Medical Center

m-v Sebzor, S 17/18, 1

Mo'ljal: G`ofur G`ulom metro bekati, NBU banki yonida

  • Du – Sh 09:00 – 14:00
  • Ya Dam olish kuni
Vdovin Dmitriy Andreevich
Vdovin Dmitriy Andreevich

Urolog

Tajribasi 16 yil

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi180 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Frank MedicFrank Medic

Abdulla Qahhor 9-chi o'tish yo'li

Mo'ljal: Nobel Avenue o`quv markazi

  • Du – Ju 09:00 – 12:00
  • Sh, Ya Dam olish kuni

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil
med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI