App icon

Med24 rasmiy kanali

O'tish

Raxit (Skolioz)

Shifokorni tanlang:
Klinikani tanlang:

Skolioz – umurtqa pogʻonasining yon tomonga qiyshayishi.

  • bo`yin umurtqasining qiyshayishi;
  • ko`krak umurtqasining qiyshayishi;
  • bel umurtqasining qiyshayishi.
  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Xavf guruhi
  • Oldini olish
img Raxit (Skolioz) davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Kasallikning paydo bo'lishining sabablari tug'ma yoki orttirilgan bo`lishi mumkin.

Tug`ma sabablar quyidagilardir:

  • umurtqa pog`onasining chala rivojlanganligi;
  • shakllangan g'ayritabiiy qo'shimcha umurtqalar;
  • homila rivojlanishi davrida endokrin tizimning buzilishi.

Orttirilgan sabablarga esa quyidagilar kiradi:

  • umurtqa pog'onasining shikastlanishlari;
  • bo`yin umurtqasida suyak chiqishi;
  • tananing uzoq vaqt davomida noqulay va notabiiy holatda bo`lishi;
  • mushak massasining assimetrik rivojlanishi;
  • noto`g`ri yoki zaiflashgan umumiy jismoniy rivojlanish.

Bolalarda ushbu kasallik ko`pincha tananing ayrim qismlarining notabiiy holati va haddan tashqari bosim tufayli yuzaga keladi.

Skoliozning belgilari

Kasallikning belgilari odatda uning darajasi bilan belgilanadi:

  • I darajali skolioz - bemorning yelkalari, tos suyagi joylashuvining o`zgarishi, boshini pastga egilishi, bukchayish;
  • II darajali skolioz — umurtqa pog'onasining qiyshiq joylashuvi bemor tanasining har qanday holatida ko'rinadi, bo'yin konturlari va bel uchburchagi assimetrik holatda;
  • III darajali skolioz – qovurg`a bukrisi hosil bo`ladi, qovurg`alarning o`zi bo`rtib chiqadi, qorin mushaklari zaiflashadi;
  • IV darajali skolioz – torsiya (umurtqa pog'onasining vertikal burilishi), qiyshaygan joydagi mushaklar mushaklar cho'ziladi, umurtqa pogʻonasining sezilarli deformatsiyasi, koʻkrak qafasining oʻzgarishi va ichki aʼzolar ezilishi, siqilishi va ularning funksiyasining buzilishi kuzatiladi.

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

Davolash taktikasini aniqlash uchun ortoped-jarroh quyidagi tekshiruvlarni buyuradi:

  • umurtqalararo disklarning kontrastli diskografiyasi;
  • umurtqa pog`onasining elektrospondilografiyasi.

Skoliozni davolash

Skoliozni quyidagi usullar yordamida davolanadi:

  • manual terapiya (qo`l bilan davolash);
  • davolovchi jismoniy mashqlar;
  • maxsus korset kiyish;
  • ortopedik poyabzal kiyish;
  • jarrohlik (agar skolioz darajasi so`nggi bosqichda bo'lsa).

Xavf

Agar kasallikni davolash uchun o'z vaqtida shifokorga murojaat etilmasa, turli xil asoratlar paydo bo'lishi mumkin, xususan:

  • bronxit, pnevmoniya;
  • yurak ishemiyasi;
  • yurak yetishmovchiligi;
  • o'pka yetishmovchiligi;
  • surunkali xolesistit, pankreatit;
  • orqa miya funksiyalarining buzilishi.

Xavf guruhi

Kasallikka chalinishi mumkin bo`lgan kishilarga quyidagilar kiradi:

  • mushak, markaziy asab tizimi kasalliklari bilan og'rigan odamlar;
  • nofaol turmush tarzini olib boradigan odamlar;
  • umurtqa pog'onasining tug'ma nuqsonlari bo'lgan odamlar;
  • oyoq kasalliklari bilan og'rigan, oyoqlari egri shaklga ega odamlar.

Oldini olish

Skolioz rivojlanishining oldini olish uchun shifokorlar quyidagilarni tavsiya qiladilar:

  • Qomatni har doim to`g`ri tutish va tananing to`g`ri holatda bo`lishini nazorat qilish.
  • Orqa, qorin mushaklari va lateral mushaklarni kuchaytirishga qaratilgan rivojlantiruvchi mashqlarini bajarish.
  • Taxminan har yarim soatda bir marta tana holatini o`zgartirib turish, bir holatda uzoq vaqt o`tirmaslik, kompyuter bilan ishlashda tanaffus qilish.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Skoliozni davolovchi shifokorlar

empty-box

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil

Shifokorlarning keng tarqalgan mutaxassisliklari

Keng tarqalgan tibbiy xizmatlar

med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI