App icon

Ilovada qulayroq

Kirish

Ley sindromi

Shifokorni tanlang:
Klinikani tanlang:
Ley sindromi (o‘tkirosti nekrozlovchi ensefalopatiya) kam uchraydigan neyrometabolik kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining zararlanishi bilan ta’riflanadi. Odatda u uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda paydo bo‘ladi, lekin o‘smirlar va kattalarda ham uchrashi mumkin. Kasallik yarim o‘tkir yoki surunkali kechadi va zo‘rayib boradigan nevrologik yetishmovchilik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Xavf guruhi
  • Oldini olish
  • Parhez
img Ley sindromi davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Ley sindromi energiya almashinuvida ishtirok etadigan fermentlar tanqisligi tufayli rivojlanadi, bu esa pirouzum kislota metabolizmini va nafas zanjirida elektronlar transportini buzadi.
Asosiy sabablarga quyidagilar kiradi:

  • Irsiy moyillik.
  • Nekroz o‘choqlari paydo bo‘lishi, miyacha va miya stvolida tomirlar o‘sib, glioz paydo bo‘lishi.
  • Mitoxondriyalar funksiyasi bilan bog‘liq genlar mutatsiyasi.
  • Nerv sistemasi degenerativ kasalliklarining asoratlari.

Ley sindromining belgilari

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

Ley sindromini davolash

Ley sindromini davolash uchun quyidagilar buyuriladi:

  • Bakterial infeksiyalar mavjudligida antibiotiklar (masalan, ampitsillin).
  • Buyrak funksiyasini saqlash va toksinlarni olib tashlash uchun dializ usullari.
  • Tanqislikni korreksiyalash uchun tarkibida V1 vitamini (tiamin) bo‘lgan preparatlar.
  • Biotin (vitamin B7) almashinuv jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun.

Xavf

Kasallikning o‘tkir kechishida zarur yordamning yo‘qligi nafas olish markazining falajiga, zo‘rayib boruvchi ensefalopatiya va yo‘ldosh infeksiyalarga olib kelishi mumkin, bu esa o‘z navbatida o‘lim xavfini oshiradi.

Xavf guruhi

Xavf guruhiga quyidagilar kiradi:

  • 1-2 yoshdagi bolalar
  • Irsiy moyilligi bor odamlar

Oldini olish

Kasallikning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

  • Markaziy asab tizimi kasalliklari va yondosh asoratlarni o‘z vaqtida davolash.
  • Ratsional ovqatlanishga rioya qilish.

Parhez

Davolash davrida bemorlarga sutkasiga 1-1,5 g dan ko‘p bo‘lmagan oqsil iste’moli bilan parhez buyuriladi.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Ley sindromini davolovchi shifokorlar

empty-box

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil
med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI