App icon

Ilovada qulayroq

Kirish

Sifilis

Shifokorni tanlang: Venereolog
Klinikani tanlang: Venerologiya

Sifilis – bu Treponema pallidum bakteriyasi keltirib chiqaradigan bakterial kasallik. Ushbu infeksiya asosan jinsiy aloqa orqali yuqadi, shuningdek homiladorlik yoki tug'ruq paytida onadan bolaga yuqishi mumkin.

  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Oldini olish
  • Shifokor qabuliga yoziling
img Sifilis davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Sifilis (zaxm) har qanday bosqichda o'zini namoyon qilishi, turli a'zolarga ta'sir qilishi, ba'zida boshqa kasalliklarga imitatsiya qilishi mumkin. Zaxm mavjud OIV infektsiyasiga qo'shimcha bo'lganda og'irroq o'tishi mumkin. Bunday hollarda ko'zning shikastlanishi, meningit, boshqa nevrologik asoratlar tez sodir bo'lishi va jiddiy zarar keltirishi mumkin.

Sifilis belgilari

Teri yoki shilliq qavatida jiddiy o'zgarish sezgan bemorlar, shuningdek, noodatiy nevrologik kasalliklarga chalingan bemorlarda, ayniqsa, ushbu infeksiyaning tarqalishi yuqori bo'lgan hududlarda yashovchilar zaxmga shubha qilishlari kerak. Bunday hududlarda turli xil tushunarsiz alomatlari bo'lgan bemorlarda kasallik ehtimolini yuqori baholab, albatta tekshirib ko'rish zarur. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda kasallikning klinik ko'rinishlar xilma-xil bo'lib, kech bosqichlar kamdan-kam uchraganligi sababli, zaxm e'tiborsiz qoldirilishi mumkin.

Sifilis stadiyalari

Birlamchi sifilis

Infeksiya kirish joyida yara-chaqalar paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi. Ko'pincha ular og'riqsiz bo'ladi. Ushbu alomatlar davolanmasdan ham o'z-o'zidan yo'qolib ketishi mumkin.

Inkubatsion davridan 3-4 hafta o'tgach (1-13 hafta oralig'ida), «qattiq shankr» deb nomlanuvchi birlamchi teri kasalligi paydo bo'ladi. Dastlab, qizil «papula» tezda qattiq shankrga aylanadi, bu odatiy og'riqsiz chuqur yaraga o'xshaydi. Tegilganda spiroxetlarni o'z ichiga olgan toza suyuqlikni chiqaradi. Yaraning yaqinrog'i joylashgan limfa tugunlari kattalashishi, qattiq, og'riqsiz holatda bo'lishi mumkin.

Yaralarning paydo bo'lish joyi:

  • Erkaklarda: jinsiy a'zo, anus, to'g'ri ichak;
  • Ayollarda: jinsiy a'zo, bachadon bo'yni, to'g'ri ichak, oraliq hudud;
  • Lab yoki og'iz bo'shlig'i.
  • Yara odatda 3-12 haftadan keyin bitadi

Ikkilamchi sifilis

Agar davolanmasa, infeksiya butun tanaga tarqaladi. Toshma, isitma, og'riq hosil qiladi. Spiroxetalar qonga tushib, keng ko'lamdagi teri-shilliq zararlanishini, limfa tugunlarining shishishini, kamdan-kam hollarda boshqa a'zolarda belgilarni keltirib chiqaradi. Alomatlar odatda yara paydo bo'lganidan 6-12 hafta o'tgach paydo bo'ladi. Bemorlarning taxminan 25 foizida yara saqlanib qoladi. Isitma, ishtahani yo'qolishi, ko'ngil aynish va charchoq tez-tez uchraydi. Bosh og'rig'i (meningit), eshitish qobiliyatini yo'qotish (otit), muvozanat muammolari (labirintit), ko'rish buzilishi (retinit, uveit), suyak og'rig'i (periostit) paydo bo'lishi mumkin.

Bemorlarning 80% dan ko'prog'ida teri-shilliq zararlanishlari mavjud bo'lib, ular bir necha kundan bir necha haftagacha yo'qolishi, ko'p oylar davom etishi yoki davolanishdan keyin qayta paydo bo'lishi mumkin. Lekin odatda chandiqsiz bitadi. Sifilitik dermatit ko'pincha simmetrik bo'lib, kaftlar va oyoq taglarida namoyon bo'ladi. Yaralar yumaloq, quruqshagan, qichishmaydigan va og'riqli bo'lishi mumkin. Yaralar yo'qolganidan keyin yaraning o'rnidagi teri rangi o'zgarishi mumkin.

Condyloma lata - gipertrofiyalangan, silliq, to'q pushti yoki kulrang papulalar. Teri-shilliq qavatida terining nam joylarida, masalan, perianal qismda, ko'krak ostida uchraydi. Og'iz, tomoq, jinsiy olatni, vulva yoki to'g'ri ichakni shikastlaydi. Shakli odatda yumaloq bo'lib, qirralari bo'rtgan va ko'pincha qizil chegaralangan oqish kulrang rangga ega bo'ladi.

Ikkilamchi sifilis boshqa ko'plab a'zolarga tasir o'tkazishi mumkin.

Tahminan kasallarning yarmida limfa tugunlari kattarib ketadi. Ko'pincha qattiq, og'riqsiz, tugunli, gepatosplenomegaliya holatida bo'ladi.

Bemorlarning taxminan 10 foizida ko'zlar (uveit), suyaklar (periostit), bo'g'inlar, bosh miya qobig'i, buyraklar (glomerulit), jigar (gepatit) yoki taloqda shikastlanishlar aniqlanadi. Bemorlarning 10-30 foizida meningitning yengil shakli rivojlanadi, ammo 1 foizdan kamrog'ida bosh og'rig'i, bo'yin egilmasligi, bosh suyagi asablari shikastlanishi, karlik va ko'zning yallig'lanishi kabi meningeal alomatlar kuzatiladi.

Yashirin davr:

Yashirin bosqich erta (infektsiyadan keyin< 1 yil) yoki kech (infektsiyadan keyin≥ 1 yil) bo'lishi mumkin. U davolanmagan sifilis fonida rivojlanadi. Ushbu davrda hech qanday alomatlar yo'q bo'lsada, ammo antitana serologik testlar yordamida aniqlanadi. Sifilis uzoq vaqt yashirin bo'lib qolishi mumkin,lekin terining yoki shilliq qavatning yuqumli shikastlanishlari bilan kechgan qaytalanishlar erta yashirin bosqichda sodir bo'lishi mumkin.

Uchlamchi sifilis

Yillar o'tib, yurak, qon tomirlari kasalliklari, asab tizimi, suyaklar va boshqa organlarning shikastlanishi kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kechikkan yoki uchlamchi sifilis davolanmagan odamlarning taxminan uchdan birida rivojlanishi mumkin, ammo bu bosqich odatda birlamchi infektsiyadan bir necha yil yoki o'nlab yillar o'tgach sodir bo'ladi. Ushbu kasallanish davrini bir nechta klinik shakllarga bo'lish mumkin:

  • Ijobiy sifatli uchlamchi sifilis:
  • Ushbu turdagi shikastlanish odatda dastlabki infektsiyadan keyin 3-10 yil ichida rivojlanadi, teriga, suyaklarga, ichki organlarga ta'sir qilishi mumkin. Yumshoq, yallig'langan massalardan iborat bo'lgan shishlar ko'pincha o'sha holatda cheklanib qoladi, ammo ba'zida tana a'zolari yoki to'qimalarga diffuz tarzda kirib borib, buzilishlar keltirib chiqaradi, asta-sekin tuzaladi va chandiqlar qoldiradi.

 

  • Yurak-qon tomir sifilisi:
  • Sifilisning bu turi ko'pincha birlamchi infektsiyadan 10-25 yil o'tgach namoyon bo'ladi, yuqori aortaning anevrizmal kengayishiga, aorta klapanining yetishmovchiligiga, koronar arteriyalarning torayishiga va boshqa belgilarga olib kelishi mumkin. Alomatlar baland yo'tal, nafas olish obstruktsiyasi, xirillash, ko'krak qafasi og'riqli eroziyasi va boshqaladan iborat bo'ladi.
     
  • Neyrosifilis:

Sifilisning bu turi asab tizimiga ta'sir qiladi, turli shakllarga ega. Shu jumladan asimptomatik neyrosifilis, meningovaskulyar neyrosifilis, parenximatoz neyrosifilis, orqa miya quruqshashi kuzatiladi. Alomatlar meningitning yengil shakllaridan tortib, hujumlar, xatti-harakatlarning o'zgarishi, bosh og'rig'i, uyqu buzilishi va boshqa nevrologik alomatlargacha o'zgarib turadi.

  • Boshqa zararlar:

Kasallikning turli bosqichlarida sifilis ko'zlarga, quloqlarga ham ta'sir qilishi mumkin. Okulyar sindromlar turli xil ko'z muammolarini, shu jumladan ko'rlikni keltirib chiqarishi mumkin. Sifilis eshitish, vestibulyar tizimga ham ta'sir qilishi mumkin. Trofik shikastlanishlar, neyrogen artropatiya (Sharko bo'g'imi) va boshqa sifilitik ko'rinishlar ham rivojlanishi mumkin.

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

Tashxis odatda infeksiya uchun qon, siydik namunalari, yaralar yoki toshmalardan olingan hosilalarni tahlil qilish orqali aniqlanadi.

Sifilis (zaxm)ni qayta-qayta yuqtirish mumkin, chunki tuzalgandan keyin bu kasallikka qarshi immunitet hosil bo'lmaydi.

Sifilisni davolash

Infeksiyani erta davolash samaraliroq. To'liq davolanish uchun 2-3 oy kerak bo'ladi.

Sifilis antibiotiklar, odatda penitsillin bilan davolanadi. Kasallikning bosqichiga va individual holatlarga qarab, davolanish kursining turli miqdor va davomiylikni talab qilinishi mumkin. Ko'pincha rivojlangan mamlakatlarda antibiotiklar profilaktika choralari bilan birga yashirin sifilisni davolash uchun ishlatiladi. Eng ko'p ishlatiladigan dorilar – bu tetratsiklin, eritromitsin va azitromitsindir. Shuningdek, infeksiyaga qarshi kurashish uchun immun tizimni kuchaytirish tavsiya etiladi.

Xavf

Sifilisning rivojlangan bosqichida yoki vaqtida davolanilmaganda, neyrosifilis, yurak-qon tomir va uchinchi darajali sifilis kabi xavfli kasalliklarni rivojlanish xavfi katta.

Oldini olish

Jinsiy aloqada prezervativlardan foydalanish sifilis (zaxm)ni yuqtirish xavfini kamaytirishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan infeksiyani tekshirish kerak, ayniqsa jinsiy sherik o'zgarganda yoki infeksiyaga shubha qilingan taqdirda.

Sifilis jiddiy kasallik bo'lib, shubha paydo bo'lishi bilan tashxis qo'yish va davolash uchun shifokorga murojaat qilish zarur. Davolanmagan sifilis kelajakda sog'liq uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Sifilisni davolovchi shifokorlar

Alyavi Saidnairxon Farxadovich
Alyavi Saidnairxon Farxadovich

Alyavi Saidnairxon Farxadovich 5.0

Venereolog,

Dermatolog

Tajribasi 34 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi200 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Doctor DDoctor D

Usta Olim ko`chasi, 15 uy

Mo'ljal: Toshkent restorani

  • Du – Sh 08:00 – 15:00
  • Ya Dam olish kuni
Raximova Zulayxo Tulkinovna
Raximova Zulayxo Tulkinovna

Venereolog,

Kosmetolog,

Dermatolog

Tajribasi 18 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - M-ClinicM-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du, Ch, Ya Dam olish kuni
  • Se, Pa, Sh 09:00 – 17:00
  • Ju 09:00 – 11:30
Muxamedov Bahrom Ilamanovich
Muxamedov Bahrom Ilamanovich

Muxamedov Bahrom Ilamanovich 4.0

Venereolog,

Dermatolog

Tajribasi 32 yil

Tibbiy fanlar kandidati

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi300 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi150 000 so‘m

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Horev Medical Center

Maxtumquli ko`chasi, 105

Mo'ljal: eski ToshMI

  • Du – Sh 15:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Ibragimova Kristina Arturovna
Ibragimova Kristina Arturovna

Venereolog,

Dermatolog,

Kosmetolog

Tajribasi 16 yil

  • Birinchi konsultatsiyasi200 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - CROSS MEDICAL CENTERCROSS MEDICAL CENTER

Abu Suleyman Banokati, 186

Mo'ljal: Sarakulka Karzinka

  • Du, Ch – Ju, Ya Dam olish kuni
  • Se, Sh 09:00 – 16:30
Vaisov Adham Shavkatovich
Vaisov Adham Shavkatovich

Vaisov Adham Shavkatovich 5.0

Venereolog,

Dermatolog

Tajribasi 45 yil

Tibbiy fanlar doktori

  • Birinchi konsultatsiyasi400 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

DR.VAISOV Laser Aesthetic Dermatology

Buyuk Ipak yo'li massivi 45A

Mo'ljal: C1, Bon

Bulicheva Elena Vitalevna
Bulicheva Elena Vitalevna

Bulicheva Elena Vitalevna 4.8

Venereolog,

Podolog,

Dermatolog

Tajribasi 30 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi350 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Perfect HairPerfect Hair

Katta Darxon ko`chasi, 13

Mo'ljal: Ekskavator zavodi, Avtech bosh xizmat ko'rsatish markazi, Mirzo Ulug'bek transport kolleji

  • Du, Ch, Ju, Ya Dam olish kuni
  • Se, Pa, Sh 10:00 – 18:00
Saloxiddinova Mastura Zuxridinovna
Saloxiddinova Mastura Zuxridinovna

Saloxiddinova Mastura Zuxridinovna 5.0

Venereolog,

Onkolog,

Dermatolog,

Dermatovenereolog

  • Birinchi konsultatsiyasi150 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Saba DarmonSaba Darmon

Bogkucha ko`chasi, 17A

Mo'ljal: "Tinchlik" metro bekati

  • Du, Ch 14:30 – 16:30
  • Se, Pa – Ya Dam olish kuni
Axmadqulova Sadoqat Sunnatullayevna
Axmadqulova Sadoqat Sunnatullayevna

Venereolog,

Dermatolog

  • Birinchi konsultatsiyasi170 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - NS MedicalNS Medical

Beruni ko'chasi 6

Mo'ljal: ASR restorani

  • Du, Ch, Ju 10:00 – 16:00
  • Se, Pa, Sh, Ya Dam olish kuni
Maksumova Nargiza Kudratullayena
Maksumova Nargiza Kudratullayena

Maksumova Nargiza Kudratullayena 5.0

Venereolog,

Kosmetolog,

Dermatolog

Tajribasi 30 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - MedinformMedinform

Kazitarnov ko`chasi, 19

Mo'ljal: Консульский отдел Посольства Р. Польша

Yuxlina Kristina Andreyevna
Yuxlina Kristina Andreyevna

Venereolog,

Dermatolog,

Terapevt

Tajribasi 1 yil

Uchinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi200 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi150 000 so‘m

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

MedLine (Muqimiy filiali)

Muqimiy ko`chasi, 4

Mo'ljal: kafe "Sim Sim

  • Du, Ch, Ju – Ya Dam olish kuni
  • Se, Pa 09:00 – 17:00
Namazova Yulduz Egamberdievna
Namazova Yulduz Egamberdievna

Venereolog,

Pediatr

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Zdorovie deti (Chilonzor filiali)Zdorovie deti (Chilonzor filiali)

Muqimiy ko`chasi, 144/1

Mo'ljal: "Ziraat Bank

Nabiyev Tal'at Abduvaxobovich
Nabiyev Tal'at Abduvaxobovich

Nabiyev Tal'at Abduvaxobovich 5.0

Venereolog,

Dermatolog,

Urolog

Tajribasi 34 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi280 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Status Medical PlusStatus Medical Plus

Mustaqillik Shoh Ko'chasi 59А

Mo'ljal: Hamid Olimjon metro bekati

  • Du – Sh 08:30 – 13:00
  • Ya Dam olish kuni
Ramil Vaxtaddinovich
Ramil Vaxtaddinovich

Venereolog

  • Birinchi konsultatsiyasi50 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Meros International HospitalMeros International Hospital

mikrorayon So'g'diyona-A, ko'ch. Ali Qushchi, 62 yosh

Mo'ljal: 4-sonli tug‘ruqxona

  • Du – Sh 08:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Mavlyanov Sanjar Maratovich
Mavlyanov Sanjar Maratovich

Venereolog

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Diyor Medical CentreDiyor Medical Centre

Afrosiyob ko`chasi, 12B

Mo'ljal: "Angel's Food" kafesi "Aybek" metro bekati

  • Du, Ch, Ju 14:00 – 17:00
  • Se, Pa, Sh, Ya Dam olish kuni
Imomov Otabek Sunnatovich
Imomov Otabek Sunnatovich

Venereolog,

Dermatolog

Tajribasi 34 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi (ToshPTI, SAMPI)Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi (ToshPTI, SAMPI)

Bogishamol ko`chasi, 223

Mo'ljal: Qishloq xo'jaligi instituti

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil
med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI