Yurak yetishmovchiligi
Yurak yetishmovchiligi - bu yurak qon oqimini samarali boshqarishga va uning organizmda to‘laqonli aylanishini ta’minlashga qodir bo‘lmagan holat.
Yurak yetishmovchiligi - bu yurak qon oqimini samarali boshqarishga va uning organizmda to‘laqonli aylanishini ta’minlashga qodir bo‘lmagan holat.
Sabablari
Ushbu omillarga quyidagilar kiradi:
- stenokardiya, miokard infarkti, dilatatsion kardiomiopatiya, turli aritmiyalar, arterial gipertenziya va vegetativ-tomir distoniyasi;
-
stenoz, tomir trombozi, ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi (YUIK) tufayli postyuklamaning ortishi;
-
dekompensatsiyalangan nuqsonlar va gipertrofik kardiomiopatiyada yurak kameralari to‘lishining buzilishi;
-
og‘ir infeksiyalar va bronxlar hamda o‘pkaning surunkali kasalliklari.
Yurak yetishmovchiligi belgilari
O‘tkir yurak yetishmovchiligi to‘satdan boshlanadi, to‘sh orqasida og‘riq turishi, nafas olish qiyinlashishi va hushdan ketishi bilan birga davom etib boradi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi asta-sekin rivojlanadi va to‘rt sinfga bo‘linadi:
- I FS: Simptomlar yo‘q, faqat tekshiruv paytida aniqlanadi.
-
II FS: Kuchli yuklamalarda noqulaylik, bosh aylanishi, hansirash.
-
III FS: Simptomlar hatto kichik yuklamalarda, oyoqlarda shish.
-
IV FS: Simptomlar tinch holatda, shishning kuchayishi, nafas olishning qiyinlashishi.
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol
shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldening olish osonroq
Diagnostika
Tashxisni yurak auskultatsiyasi, EKG (shu jumladan kunlik monitoring va yuklama ostida EKS), exokardiogramma va tredmill-testni o‘z ichiga olgan kardiolog o‘tkazadi.
Yurak yetishmovchiligini davolash
Yurak yetishmovchiligini davolash odatda ambulatoriyada yurak faoliyatini yaxshilaydigan va normal ritmni tiklaydigan yurak glikozidlari (digoksin, digitoksin, olitorid) yordamida amalga oshiriladi. Bu preparatlar umrbod qabul qilinadi. Diuretiklar shish va assitni kamaytirish uchun ishlatiladi. Shuningdek, panangin, asparkam, vitaminlar kabi yurak mushaklarining oziqlanishini yaxshilash uchun dorilar ham buyuriladi.
Og‘ir hollarda jarrohlik operatsiyasi, hatto donor yuragini ko‘chirib o‘tkazish talab qilinishi mumkin. O‘tkir yurak yetishmovchiligi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilib, shifoxonada intensiv davolanishni talab qiladi.
Xavf
Surunkali va ayniqsa o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi miokard infarkti, aorta yorilib ketishi, o‘pka shishib, yurak to‘xtab qolishi kabi asoratlar bilan xatarlidir.
Xavf guruhi
Chekadiganlar, tez-tez stresslarni boshdan kechiradiganlar yoki nosog‘lom turmush tarzini olib yuruvchilar.
Oldini olish
Sog‘lom turmush tarzini yuritish, yog‘li ovqat va tuz iste’mol qilishni cheklash, chekishni tashlash.
Parhez
Tarkibida tuz ko‘p bo‘lgan mahsulotlar iste’mol qilinmaydi, unli mahsulotlarni iste’mol qilish cheklanadi. Shokolad, achchiq va dudlangan taomlar, shuningdek, alkogol taqiqlanadi.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Yurak yetishmovchiligini davolovchi shifokorlar
Mirzo-Ulug'bek tumani, Osiyo ko`chasi, 4
Mo'ljal: TIM (Irrigatsiya instituti)
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Mirzo-Ulug'bek tumani, Osiyo ko`chasi, 4
Mo'ljal: TIM (Irrigatsiya instituti)
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Mirzo-Ulug'bek tumani, Osiyo ko`chasi, 4
Mo'ljal: TIM (Irrigatsiya instituti)
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Mirzo-Ulug'bek tumani, Osiyo ko`chasi, 4
Mo'ljal: TIM (Irrigatsiya instituti)
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Mirzo-Ulug'bek tumani, Osiyo ko`chasi, 4
Mo'ljal: TIM (Irrigatsiya instituti)
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Mirzo-Ulug'bek tumani, Osiyo ko`chasi, 4
Mo'ljal: TIM (Irrigatsiya instituti)
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Kardiolog
Oliy toifali shifokor
Batafsil
Mirzo-Ulug'bek tumani, Osiyo ko`chasi, 4
Mo'ljal: TIM (Irrigatsiya instituti)
Klinikada shifokorni qabul qilish vaqti
Foydali ma'lumot
Analizlar
Med24.uz siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin bo'lgan sizga yaqin atrofdagi klinikani tanlashda yordam beradi
Batafsil
Diagnostik markazlar
Med24.uz ixtisoslashtirilgan portali uyingiz yaqinidagi diagnostika markazini tanlashda yordam beradi
Batafsil
Tibbiy xizmatlar
Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling
Batafsil
Shifokorlarning keng tarqalgan mutaxassisliklari
Keng tarqalgan tibbiy xizmatlar