App icon

Ilovada qulayroq

Kirish

Qandli diabet

Shifokorni tanlang: Endokrinolog
Klinikani tanlang: Endokrinologiya

Qandli diabet – bu metabolik jarayonlarning noto'g'ri ishlashi bo'lib, u insulin darajasining pasayishi va qonda shakar miqdorining oshishi tufayli yuzaga keladi. Kasallik surunkali bo'lib, ko'pincha kuchayib borish xavfi mavjud. Qandli diabet tufayli kelib chiqqan holatlar o'limga olib kelishi mumkin (bu giperglikemik va gipoglikemik koma). Statistik ma'lumotlarga ko'ra, qandli diabet kasalligi metabolizm buzilishi tufayli yuzaga keladigan ikkinchi eng keng tarqalgan kasallikdir (semizlik birinchi o'rinda). Dunyo miqyosida diabet aholining o'ndan birida tashxis qilinadi. Kasallik belgilarsiz kechishi mumkinligini hisobga olgan holda, olimlar aslida diabet bilan og'rigan bemorlarning ulushi ancha yuqori deb taxmin qilishadi.
 

Insulinning ahamiyati - Qandli diabet insulin yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Oqsil, uglevod va yog` almashinuvidagi buzilishlar bu kasallikka xosdir. Uglevodlar almashinuvida ishtirok etadigan insulin jigarda glikogenning parchalanishi, sintezi va ishlatilishini ta'minlaydi, shuningdek, uglevod birikmalarining parchalanishini oldini oladi. Oqsil almashinuvi jarayonida insulin oqsil va nuklein kislotalarni sintez qila boshlaydi, birinchisining parchalanishiga yo'l qo'ymaydi. Insulinning yog 'almashinuviga ta'siri shundaki, u glyukozaning gepatositlarga kirish tezligini oshiradi, energiya hujayra jarayonlarini ishga tushiradi, yog'larning parchalanishini sekinlashtiradi va yog' kislotalari sintezini yaxshilaydi. Agar insulin yetarli bo'lmasa, natriy hujayralarga kira olmaydi.


Kasallikning shakllari Qandli diabetning og'irligi jihatidan yengil, o'rtacha va og'ir bo`lishi mumkin. Ushbu kasallikning to'rtta asosiy klinik shakli mavjud:

  • 1-tip qandli diabet (insulinga bog'liq). 35 yoshgacha bo'lgan odamlarda va yosh bolalarda uchraydi. Insulinning tabiiy ishlab chiqarilishi butunlay to'xtaydi, shuning uchun uni doimiy ravishda inyeksiya orqali yuborib turiladi.
  • 2-tip qandli diabet (insulinga bog'liq bo'lmagan). U qirq va ellik yoshdan oshgan odamlarda uchraydi, uning paydo bo'lishining sababi to'qimalarning insulinga anormal sezgirligidir. Bunday diabetda shakarning o`zlashtirilishi qiyin kechadi, insulinni inyeksiya orqali yuborish talab qilinmaydi.
  • Simptomatik (ikkilamchi) qandli diabet. Boshqa kasallik tufayli paydo bo'ladi (masalan, oshqozon osti bezi kasalliklari). Shuningdek, dori-darmonlarni uzoq muddat qo'llash, genetik patologiyalar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.
  • Bolalik davrida noto'g'ri ovqatlanish tufayli yuzaga kelgan qandli diabet. Ko'pincha tropik mintaqalarda yashaydigan odamlarda uchraydi.

Bundan tashqari, ayollarda homiladorlik davrida yuzaga kelovchi gestasion qandli diabetni ajratish mumkin. Qondagi glyukoza miqdori darajasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:

  • Kompensatsion qandli diabet - bemor sog'lig'idan shikoyat qilmaydi, och qoringa qondagi shakar darajasi 4 mmol/l dan oshmaydi, kun davomida esa 9 mmol/l dan oshmaydi.
  • Subkompensatsion qandli diabet - alomatlar paydo bo'lmaydi va qonda shakar darajasi 8 dan 11 mmol/l gacha bo`ladi.
  • Dekompensatsion qandli diabet - bemor sog'lig'ining yomonligidan shikoyat qiladi, kasallik belgilari aniqlanadi, qondagi glyukoza darajasi 11 mmol/l dan yuqori.
  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Oldini olish
  • Parhez
  • Shifokor qabuliga yoziling
img Qandli diabet davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

1 va 2-tipdagi qandli diabet kasallikning eng keng tarqalgan turlari hisoblanadi. Diabetning insulinga bog'liq shakli insulin ishlab chiqaradigan ß-hujayralarning yemirilishi natijasida, shuningdek oshqozon osti bezining autoimmun shikastlanishi natijasida rivojlanadi. Kasallikning belgilari quyidagi hollarda paydo bo'ladi:

  • qizilcha, virusli gepatit, parotitdan so`ng;
  • zaharli pestitsidlar, nitrozaminlar, dori-darmonlardan so`ng.

Bunday kasalliklar oshqozon osti bezi hujayralarining yemirilishiga olib kelishi mumkin, agar hujayralarning 80% dan ko'prog'i zararlangan bo'lsa, qandli diabet rivojlanadi.

Agar diabet insulinga bog'liq bo'lmasa, u holda to'qimalar insulinni sezmaydi va uning tanadagi miqdori me`yorda yoki me`yordan ortiq bo`lishi mumkin. Qandli diabetning bu turi bilan insulinning yog` to'qimasidan o'tishi mumkin emasligi sababli keksa odamlar yoki semirib ketgan odamlar chalinishi mumkin. Qandli diabetning ikkinchi turi bilan umumiy bemorlarning taxminan to'qson foizi kasallanadi.

Agar insulin bilan to`qimalarning o`zaro ta`sirlashuvi buzilsa, 2-tip qandli diabetda qondagi glyukoza miqdori keskin ko'tariladi, hujayralarda esa u kamayadi. Shu sababli, organizm glyukozani o`zlashtirish qilish uchun maxsus mexanizmlarni ishga tushiradi, buning natijasida to`qimalarda sorbitol, glikozaminoglikanlar va glikolizlangan gemoglobin to'planadi.

Sorbitol katarakta, neyropatiya, mikroangiopatiya kasalliklarining rivojlanishiga ta'sir qiladi, glikozaminoglikanlar qon tomirlarini ishdan chiqaradi.

Yetishmayotgan energiya o`rnini qoplash uchun, organizm oqsillarni parchalashni boshlaydi. Mushak distrofiyasi shunday rivojlanadi. Natijada, organizmda ketonlar hosil bo'ladi va bu esa zaharli parchalanish elementlari hisoblanadi.

Ortiqcha glyukozani organizmdan chiqarib tashlash zarurati tufayli bemorda kunlik peshob ajralishi ko`payadi. Glyukozadan tashqari, ko'p miqdorda suyuqlik ham chiqariladi, natijada organizm suvsizlanadi va qondirib bo’lmas doimiy chanqoqlik kelib chiqadi. Shuningdek, tananing energiya zaxiralari kamayadi, buning natijasida odam vazn yo'qotishni boshlaydi.


 

Qandli diabetning yuzaga kelishiga sabab bo`luvchi omillar


Qandli diabetning rivojlanishiga sabab bo`ladigan omillar quyidagilardir:

  • Ortiqcha vazn;
  • Irsiy moyillik, chunki kasallikka chalingan bemorlarning 9%ida diabet bilan og`rigan qarindoshlar bor;
  • Noto'g'ri ovqatlanish tarkibi (ovqatlanish ratsionida kletchatkaning yetishmasligi va uglevodlarning ko'pligi);
  • Diabetogen dori vositalarini qabul qilish (diuretiklar, glyukokortikoid gormonlar, sitostatiklar, gipotenziv dorilar);
  • Yurak-qon tomir kasalliklarining mavjudligi.

Qandli diabetning belgilari

Qandli diabetning birinchi turi keskin, ikkinchisi, aksincha, asta-sekin rivojlanadi. Kasallikning belgisiz turi ham mavjud. Diabetning ikkala turida turli xil belgilar kuzatiladi, lekin ularning umumiy alomatlari ham mavjuddir:

  • doimiy ravishda og’izning quruqligi, doimiy chanqoq, ba'zida bemor kuniga yetti litrdan o'n litrgacha suv ichishi mumkin;
  • ko'p va tez-tez siyish (poliuriya);
  • ishtahaning oshishi (polifagiya);
  • terining, yumshoq to`qimalarning achishishi/qichishi/quruqligi, teri va yumshoq to’qimalarda yiringli yarachalar paydo bo’lishi;
  • kuchli charchoq, uyqusizlik, jismoniy va aqliy faoliyatning pasayishi;
  • ko'rish qobiliyatining yomonlashishi;
  • tutqanoqlar.

 

1-tipdagi diabetning belgilari

 

Birinchi turdagi qandli diabet quyidagi belgilarda namoyon bo`ladi:

  • ko'ngil aynishi, qusish;
  • keskin vazn yo'qotish.

Agar bolalarda qandli diabet paydo bo'lsa, ular uchun, ayniqsa kechasi, siydik chiqarish qiyin bo'lishi mumkin.

1-tipdagi qandli diabet bilan kasallanganda bemorning hayotiga xavf tug'diradigan holatlar tez-tez yuzaga keladi, bunda bemor shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo'lishi mumkin.

 

2-tipdagi diabetning belgilari

 

2-tip diabetda, birinchi turga xos bo'lgan alomatlarga qo'shimcha ravishda, quyidagi alomatlar namoyon bo`ladi:

  • har qanday yaralarning qiyin tuzalishi;
  • oyoqlardagi karaxtlik;
  • paresteziya;
  • yuzda tuklar paydo bo'lishi va oyoqlardagi tuklarning to'kilishi;
  • tanada ksantomalar (sarg'ish tusli o'smalar) shakllanishi;
  • vulvovaginit va balanopostit.

2-tip diabetning rivojlanishida barcha metabolik jarayonlar buziladi, immunitet ham pasayadi. Agar kasallik uzoq vaqt davom etsa, u holda osteoporoz rivojlanishi mumkin (suyak to'qimasi yemiriladi), bo'g'imlarda, suyaklarda og'riqlar bo`lishi, bo`g`imlar va umurtqalar chiqishi va surilishi mumkin, ba'zida bunday holatlar nogironlikka olib keladi.

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

Qandli diabet tashxisi och qoringa qondagi qand miqdori 6,5 mmol/l dan oshganda qo`yiladi. Qandli diabet bilan og'rigan odamlarning siydigida glyukoza bo`lmaydi, chunki buyraklar uning o'tishiga yo'l qo'ymaydi, ammo qondagi qand miqdori 8,8 mmol/l dan oshganda, glyukoza siydik tarkibida bo`ladi. Agar kasallik borligiga shubha bo'lsa, shifokor bemorga tekshiruvdan o`tishni tavsiya qiladi va quyidagi tahlillarni topshirishga yo`naltiradi:

  • kapillyar qondagi glyukoza;
  • siydikdagi keton tanachalari va glyukoza;
  • glikolizlangan gemoglobin;
  • qondagi insulin va C-peptid (1-tipda bu ko'rsatkichlar pasayadi, 2-tipda ular deyarli o'zgarmaydi).

Yuqoridagi tahlillardan tashqari, bemor maxsus glyukozaga sezuvchanlik sinovidan o`tadi, och holatda va maxsus shakarli suyuqlik ichgandan keyin ikki soat o’tib qondagi glyukoza miqdorini solishtiriladi.

Agar suyuqlikni qabul qilishdan oldin glyukoza miqdori 6,5 mmol/l va suyuqlik qabul qilingandan keyin 11,1 mmol/l yoki undan ko'p bo'lsa, test natijasi ijobiy deb hisoblanishi mumkin. Agar tekshiruvdan oldin glyukoza miqdori 6,5 mmol/l dan past bo'lsa va keyin 7,7 mmol/l dan kam bo'lsa, test natijasi manfiy hisoblanadi, ya`ni kasallik aniqlanmagan bo`ladi.

Qandli diabet paytida yuzaga keladigan asoratlarni istisno qilish uchun qo'shimcha ravishda quyidagi tekshiruvlar o`tkaziladi:

     

Qandli diabetni davolash

Qandli diabetni davolash uchun:

  • metabolik jarayonlarni normal holatga keltirish
  • qondagi glyukoza darajasini normal holatga keltirish
  • kasallik asoratlari ehtimolini yo'qotish lozim

Qandli diabetni davolashning asosini parhez tashkil etadi. Bemorning ratsioni yoshi, jinsi, jismoniy faolligi va vaznini hisobga olgan holda shifokor tomonidan tanlanadi. 1-tipdagi diabetda uglevodlar qat'iy ravishda har kuni aynan bir vaqtda iste'mol qilinadi, bu orqali qondagi shakar darajasini va insulinni kerak paytda yuborishni nazorat qilish mumkin bo`ladi. Yog'li ovqatlardan voz kechish muhimdir.

Agar bemorda 2-tipdagi diabet bo'lsa, unda u umuman shirinliklardan voz kechish lozimdir. Ovqatlarning umumiy kaloriya miqdori ham kamaytiriladi, bo`lib-bo`lib ovqatlanish tavsiya etiladi hamda fruktoza, aspartam va shakar o`rnini bosuvchi moddalarda foydalanish mumkin.

Parhez yordamida faqat yengil darajadagi qandli diabet davolanadi. Agar bemorda kasallikning og'irroq shakllari mavjud bo'lsa, dori-darmonlarsiz davolanishning iloji yo`q. 1-tipdagi diabetda insulin terapiyasi qo'llaniladi, 2-toifa diabetda qondagi qand darajasini pasaytirish uchun maxsus dorilar qo'llaniladi.

Insulin terapiyasi

 

Insulin faqat qon va siydikdagi glyukoza miqdorini ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish ostida qo'llaniladi. Insulinlar uch xil bo'ladi: qisqa muddatli, uzoq muddatli va o'rta ta'sirli. Uzoq muddatli ta'sir qiluvchi insulin kuniga bir marta yuboriladi, odatda ta'sirni kuchaytirish va kasallikni to'liq qoplash uchun boshqa ikkita turdagisi ham buyuriladi.

Insulin dozasini oshirib yuborilishi gipoglikemik koma kabi hayot uchun xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun insulinni qo'llashda faqat shifokorning ko'rsatmalariga amal qilish va ulardan chetga chiqmaslik lozim.

Insulin terapiyasining aks ta'siri:

  • inyeksiya joyida shish, og'riq va qizarish;
  • allergik reaksiyalar;
  • lipodistrofiya (yog` to'qimasi inyeksiya joyida "erib ketadi").

 

Qand miqdorini pasaytiradigan dorilar

 

Qand miqdorini kamaytiradigan dorilar parhezga o'ziga xos qo'shimcha hisoblanadi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • biguanidlar ("Sifor"). Ichaklarda glyukoza so'rilishiga yo'l qo'ymaydi, organizm to'qimalarini qand bilan to'yintiradi;
  • sulfokarbamid preparatlari: oshqozon osti bezi to'qimalari va uning hujayralari tomonidan glyukoza sintezini yaxshilaydi, shuningdek to'qimalarda qandning so'rilishiga yordam beradi;
  • alfa-glyukozidazalarning ingibitorlari: insulin sintezini yaxshilaydi, qand miqdorining keskin ko'tarilishiga yo'l qo'ymaydi;.
  • meglitinidlar: qonda glyukoza darajasini kamaytiradi;
  • tiazolidindionlar: jigarda ishlab chiqarilgan glyukoza darajasini pasaytiradi.

Umumiy salomatlikni yaxshilash va diabetning tanaga ta'sirini kamaytirish uchun ortiqcha vaznli va diabetga chalingan odamlar o'z vaznini normallashtirishlari kerak.

Xavf

Qandli diabet belgilari bilan shifokorga murojaat qilgan bemorlar endokrinolog tomonidan tekshiriladi. Bu kasallik mutlaqo zararsiz emas va quyidagilarga olib kelishi mumkin:

  • polinevopatiya (oyoq va qo`llardagi shishlar va sezuvchanlikning kamayishi);
  • angiopatiya (tomir o'tkazuvchanligining oshishi);
  • rinopatiya (ko'zning to'r pardasi, venalari, arteriyalari va kapillyarlarining ishdan chiqishi, ko'rishning xiralashishi, to'r pardaning ajralishi);
  • nefropatiyadiabetik oyoq (oyoqlarda qon aylanishining yomonlashishi, og'riq, oyoqlarning bo'g'imlari va suyaklarining ishdan chiqishi).

Qandli diabetda giperglikemik va gipoglikemik koma juda xavfli holatlar bo'lib, o'limga olib kelishi mumkin.

Oldini olish

Oshqozon osti bezining sog'lig'ini nazorat qilish, immunitetni oshirish orqali 1-tipdagi diabetning oldini olish mumkin. 2-tipdagi diabetning oldini olish uchun esa ortiqcha vaznni nazorat qilish va to'g'ri ovqatlanish lozim.

Parhez

Qandli diabet kasalligida quyidagi mahsulotlarni iste'mol qilish mumkin:

  • qora non;
  • go'sht, sabzavot va baliq qaynatmalari;
  • parranda go‘shti, mol go‘shti, baliq;
  • sabzavotlar;
  • don mahsulotlari, makaron, dukkaklilar;
  • tovuq tuxumlari;
  • nordon rezavor mevalar, mevalar;
  • sut mahsulotlari (miqdori shifokor bilan muhokama qilinishi kerak);
  • choy, tabiiy qahva, sharbatlar (kuniga besh stakandan ko'p bo'lmagan miqdorda);
  • o`simlik yog`i, sariyog';
  • sutli souslar.

Quyidagilar taqiqlanadi:

  • oshirma xamirdan pishiriqlar, shirinliklar;
  • xantal, qalampir;
  • dudlangan go'sht, konserva mahsulotlari, tuzlangan bodring;
  • spirtli ichimliklar;
  • hayvon yog`lari;
  • shirin quritilgan mevalar.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Qandli diabetni davolovchi shifokorlar

Yunusova Aziza Baxramovna
Yunusova Aziza Baxramovna

Yunusova Aziza Baxramovna 5.0

Endokrinolog

15 yil Tajriba

Uchinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi240 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Shox International HospitalShox International Hospital

Kichik xalka Yo`li ko`chasi, 70A

Mo'ljal: "Korzinka.uz" Supermarketi, Chevrolet dilerlik markazi

  • Du – Sh 09:30 – 13:00
  • Ya Dam olish kuni
Amirova Sevil Rafiqovna
Amirova Sevil Rafiqovna

Amirova Sevil Rafiqovna 5.0

Endokrinolog

24 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - M-ClinicM-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du – Ju 08:00 – 15:00
  • Sh, Ya Dam olish kuni
Mirzidinova Eleonora Qosimovna
Mirzidinova Eleonora Qosimovna

Mirzidinova Eleonora Qosimovna 5.0

Endokrinolog

28 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi350 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - De Factum CentralDe Factum Central

Osiyo ko'ch. 86A

Mo'ljal: Korzinka do'koni Ц6

  • Du, Ch, Ju 08:40 – 12:00
  • Se, Pa, Sh, Ya Dam olish kuni
Yuldasheva Nodira Utkurovna
Yuldasheva Nodira Utkurovna

Yuldasheva Nodira Utkurovna 4.5

Endokrinolog

29 yil Tajriba

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi300 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Shox Med CenterShox Med Center

Oybek ko`chasi 34

Mo'ljal: Pravoslav cherkovi

  • Du, Ch, Ju, Ya Dam olish kuni
  • Se, Pa, Sh 09:00 – 17:00
Bibikova Yelena Viktorovna
Bibikova Yelena Viktorovna

Bibikova Yelena Viktorovna 3.7

Endokrinolog

36 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi165 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Innova ExpertInnova Expert

Dagbitskaya ko'chasi, 3-sayohat , 1 uy, Samarqand

Mo'ljal: Ipak Yuli banki

  • Du – Ju 09:00 – 17:00
  • Sh 09:00 – 15:00
  • Ya Dam olish kuni
Abdumalikova Shohida Mirzaevna
Abdumalikova Shohida Mirzaevna

Endokrinolog,

Ginekolog

37 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi280 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

De Factum Megapolis

13 kv-l, 1A, Yunusobod massivi

Mo'ljal: "Yunusobod" metro bekati

  • Du – Ju 09:00 – 14:00
  • Sh, Ya Dam olish kuni
Azimova Gavxar Nazirovna
Azimova Gavxar Nazirovna

Endokrinolog

27 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi190 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - MDS ServisMDS Servis

Botkin ko`chasi, 110/3

Mo'ljal: "Botkino" qabristoni

  • Du, Se, Pa, Ju 09:00 – 15:00
  • Ch, Sh, Ya Dam olish kuni
Mirzanova Gulnar Turdibayevna
Mirzanova Gulnar Turdibayevna

Endokrinolog

23 yil Tajriba

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Innova Expert филиал НукусInnova Expert филиал Нукус

Nukus shaxri, A.Shamuratova ko'chasi, 94A uy

Mo'ljal: 1-Poliklinika qarshisi

  • Du – Ju 09:00 – 18:00
  • Sh 09:00 – 15:00
  • Ya Dam olish kuni
Kuzibayev Ziyevuddin Fatxuddinovich
Kuzibayev Ziyevuddin Fatxuddinovich

Endokrinolog

  • Birinchi konsultatsiyasi225 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Doctor DDoctor D

Usta Olim ko`chasi, 15 uy

Mo'ljal: Toshkent restorani

  • Du – Sh 09:00 – 14:00
  • Ya Dam olish kuni
Baymuhamedova Hamida Karimovna
Baymuhamedova Hamida Karimovna

Baymuhamedova Hamida Karimovna 5.0

Endokrinolog

40 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi300 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi250 000 so‘m
Klinika logotipi - Horev Medical CenterHorev Medical Center

Maxtumquli ko`chasi, 105

Mo'ljal: eski ToshMI

  • Du, Ch, Ju – Ya Dam olish kuni
  • Se, Pa 10:00 – 13:00
Ubaydullaeva Nilufar Baxromxodjayevna
Ubaydullaeva Nilufar Baxromxodjayevna

Ubaydullaeva Nilufar Baxromxodjayevna 5.0

Endokrinolog

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi235 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi117 500 so‘m
Klinika logotipi - NANO Medical ClinicNANO Medical Clinic

Chimboy 2A ko`chasi

Mo'ljal: Talabalar, Chimboy va Kichik Xalqa Yoli ko'chalari chorrahasi Avt. yo'l

  • Du – Sh 09:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Safarova Shoxsanam
Safarova Shoxsanam

Endokrinolog

27 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi150 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Impuls Medical Centre

Jarariq ko'chasi, 70A

Mo'ljal: Restoran Uzumzor

Kudratova Marxabo Shavkatovna
Kudratova Marxabo Shavkatovna

Endokrinolog

10 yil Tajriba

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Vatan Tibbiyot Markazi

Lutfiy ko'chasi, uy 24/1

Mo'ljal: "Oqtepa Lavash" yonida

  • Du – Ju 09:00 – 17:00
  • Sh, Ya Dam olish kuni
Roziqulova Muxtabar Eshboevna
Roziqulova Muxtabar Eshboevna

Roziqulova Muxtabar Eshboevna 5.0

Endokrinolog

29 yil Tajriba

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi280 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

De Factum Kids

Avliyo-Ota ko`chasi, 1-2

Mo'ljal: Mirobod bozori, orqa taraf.

Zanozina Oksana Vladimirovna
Zanozina Oksana Vladimirovna

Zanozina Oksana Vladimirovna 2.0

Endokrinolog,

Ginekolog

30 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi350 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi225 000 so‘m

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Mediofarm Hospital

Kichik halqa yo'li, 271

Mo'ljal: 5-Stomatologiya klinikasi

  • Du, Se, Pa, Ju 09:00 – 15:00
  • Ch, Sh, Ya Dam olish kuni
Shamaxmudova Mavluda Shukurullayevna
Shamaxmudova Mavluda Shukurullayevna

Endokrinolog,

Terapevt

30 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi135 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi135 000 so‘m
Klinika logotipi - "O'zbekiston temir yo'llari" AJ markaziy klinik kasalxonasi"O'zbekiston temir yo'llari" AJ markaziy klinik kasalxonasi

2 sayohat Tarakkiyot, 12A

Mo'ljal: "MASHINOSOZLAR" metro bekati

  • Du – Sh 08:00 – 14:00
  • Ya Dam olish kuni
Rahimova Mohizar Orifjanovna
Rahimova Mohizar Orifjanovna

Endokrinolog

9 yil Tajriba

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi340 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi225 000 so‘m

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Mediofarm ЭКО (Mirobod)

Mironshox ko`chasi, 18

Mo'ljal: Rossiya Federatsiya elchixonasi

  • Du, Ch, Ju 09:00 – 14:00
  • Se, Pa, Sh, Ya Dam olish kuni
Pavlova Yelena Fyodorovna
Pavlova Yelena Fyodorovna

Endokrinolog

25 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi230 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Zdorovye VsemZdorovye Vsem

Tadbirkor ko'chasi, 76/1

Mo'ljal: Jangchilar g'alabasi memoriali, 26-maktab

  • Du, Ch, Pa, Sh, Ya Dam olish kuni
  • Se, Ju 18:00 – 19:00
Axmedova Laylo Ollayorovna
Axmedova Laylo Ollayorovna

Axmedova Laylo Ollayorovna 5.0

Endokrinolog

11 yil Tajriba

  • Birinchi konsultatsiyasi150 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - MedimaxMedimax

m-v Axmad Yugnaki, Proektnaya ko`chasi, G-40

Mo'ljal: TTZ dehqon bozori

  • Du, Ch, Ju 09:00 – 15:00
  • Se, Pa, Sh, Ya Dam olish kuni
Ismoilova G'ulasal Anvarovna
Ismoilova G'ulasal Anvarovna

Endokrinolog,

Diyetolog

7 yil Tajriba

  • Birinchi konsultatsiyasi200 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

DMD FAMILY HOSPITAL

Toshkent shaxar. Chilonzor tumani, 19 kv, 25

Mo'ljal: Visol Oqshomi restorani

  • Du, Ju 10:00 – 14:00
  • Se – Pa, Sh, Ya Dam olish kuni

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil
<<<<<<< HEAD
med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI

=======
med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI

>>>>>>> 38e8eab4eb221a4c32cf831b3ddd4203e77cd9c7