App icon

Ilovada qulayroq

Kirish

Prostata saratoni

Shifokorni tanlang: Urolog
Klinikani tanlang: Urologiya

Prostata bezi saratoni – prostata bezida hosil bo'lgan xavfli o'smadir. O'simta asta-sekin o'sib boradi, ammo vaqtida davolanmasa, bir necha yil o'tgach kattalashib, boshqa organlarga ta'sir qila boshlaydi va ularda metastaz beradi.

Prostata saratoni rivojlanishi mumkin bo'lgan taxminiy yosh 40 yoshdan yuqori davrdir. Statistik ma'lumotlarga ko`ra, 60 yoshdan oshgan kamida har yuzinchi erkak ushbu kasallik bilan kasallanadi. 70 yoshdan keyin har sakkizinchi erkak bu kasallikka duchor bo'ladi. Shu sababli shifokorlar 50 yoshdan oshgan erkak bemorlarga har yili tibbiy ko'rikdan o'tishni tavsiya qiladi.

Prostata bezi saratoni bosqichlari

Prostata bezi saratonining 4 bosqichi mavjud:

  • I bosqich: o'simta mikroskopik o'lchamda bo`ladi va uni ultratovush yoki qo`l yordamida aniqlab bo`lmaydi. Kasallikni faqat prostata antigeni tahlili orqali aniqlash mumkin, bunda natija yuqori ko`rsatkichni ko`rsatadi. Ushbu bosqichda saraton belgilari kuzatilmaydi, bemor o'zini yaxshi his qiladi;
  • II bosqich: o`sma tobora kattalashadi, lekin bezdan tashqariga chiqmaydi va har tomondan prostata to'qimalari bilan o'ralgan bo`ladi. Qo`l bilan ushlab ko`rilganda to'qimalarda qattiqklik seziladi, ultratovush tekshiruvida esa o'simtaning to'liq rasmini ko`rish mumkin bo`ladi;
  • III bosqich: o'simta prostatadan tashqarida rivojlana boshlaydi. Metastazlar qo'shni organlarga, masalan, qovuq va to'g'ri ichakka tarqaladi. Alohida joylashgan ichki organlarga metastaz ta`sir ko`rsatmaydi. Prostata antigeni darajasi juda ko`rsatkichda bo`lib, jinsiy disfunksiya rivojlanadi, qov va bel sohasida og`riq paydo bo`ladi. Qon aralash siydik chiqariladi, achishish hissi yuzaga keladi;
  • IV bosqich: o`simta tobora kattalashib boradi, metastazlar prostata beziga qo'shni bo'lmagan organlarga tarqala boshlaydi. Bemor o'zini holsiz his qiladi va ko'pincha siydik pufagini mustaqil ravishda bo'shata olmaydi, buning uchun kateter o'rnatiladi.
  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Oldini olish
  • Shifokor qabuliga yoziling
img Prostata saratoni davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Kasallik to'liq o`rganilmagan va uning paydo bo'lish sabablari ham noma'lum. Xavfli o'sma faqat bez zararlanganda paydo bo'lishi mumkin. Infeksiyalar va surunkali kasalliklar prostata hujayralarining tuzilishidagi o'zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Erkaklarda prostata saratoni quyidagi sabablarga ko'ra rivojlanishi mumkin:

  • prostata bezi adenomasi va boshqa xavfsiz o'smalar yoki prostata bezining tuzilishidagi o'zgarishlar, odatda yuzaga kelmasligi kerak bo'lgan hujayralar paydo bo'lishiga yordam beradi. Bunday hujayralarning mutatsiyasi odatda bez epiteliyasi hujayralaridan sodir bo'ladi;
  • gormonlar muvozanati buzilishi, androstendion, testosteron va digidrotestosteronning yuqori darajasi. Bu gormonlar yangi xavfli o`smalar o'sishiga sabab bo`ladi. Bunday o'simta gormonga bog'liq o`simta deb ataladi;
  • prostatit. Yallig'lanish bezdagi qon aylanishiga salbiy ta'sir qiladi, bu kislorod yetishmasligiga olib keladi.

Prostata adenomasi hujayralari bakteriyalar va immunitet tanachalariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Hujayralarning ko'payishi uchun mas'ul bo'lgan yadroning genetik apparati ham prostata adenomasi tufayli o'zgarishi mumkin. Bularning barchasi saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Saratondan oldingi holatlar prostata bezi o`simtasining sababi sifatida

Prostata bezida o`simtalarning rivojlanish ehtimoli yuqori bo'lgan ba`zi saratonoldi holatlar mavjud:

  • malignizatsiyali (xavfli o`simtaga aylanish jarayoni) giperplaziya: Prostata bezining ba'zi qismlarida hujayralar tez ko'paya boshlaydi, oxir-oqibat xavfli o'sma belgilariga ega bo'ladi;
  • atipik prostata giperplaziyasi (adenoz): Prostata bezining markaziy qismida tugunlar hosil bo'ladi va ularda hujayralar faol ravishda ko'payadi. Bu hujayralar o'z tuzilishini o'zgartira oladi, katta yadrolarga ega, bu esa hujayralarni xavfli o'simtaga aylantirish ehtimoli yuqoriligini ko'rsatadi. Agar bu jarayon davomida mutagen omillar bemorning tanasiga ta'sir qilsa, unda saraton ehtimoli ortadi.

Bu kasalliklar har doim ham saratonga aylanmaydi. Xavfli o'simtaning rivojlanish ehtimolini oshiradigan omillar quyidagilardir:

  • chekish, alkogolizm;
  • yog'li go'shtni iste'mol qilish;
  • JYYuKlar;
  • 50 dan yuqori bo`lgan yosh davri;
  • nomuntazam jinsiy aloqa (prostata bezida tiqilish yuzaga keladi);
  • ikkinchi turdagi gerpes virusi, sitomegalovirus, retrovirus.

Prostata saratoni adenomasining belgilari

Rivojlanishning birinchi bosqichida kasallikni aniqlash deyarli mumkin emas, chunki o'simta hech qanday tarzda o'zini namoyon qilmaydi. Bu davrda kasallikni faqat prostata antigenlari miqdorini aniqlaydigan tahlil orqali bilib aniqlash mumkin. O'simta atrofdagi organlarga ta'sir qila boshlaganda, quyidagi alomatlar paydo bo'ladi:

  • siydik tuta olmaslik;
  • tez-tez siydik chiqarish istagi;
  • qov va chov sohalarida og'riq;
  • siyish paytida kuchli achishish hissi;
  • chidab bo'lmas siydik chiqarish istagi.

Agar o'simta siydik yo`lini to'sib qo'ysa, unda boshqa alomatlar paydo bo'ladi:

  • siydik bo`lib-bo`lib chiqariladi;
  • siyish oxirida siydik tomchilab oqadi, odatdagidek chiqmaydi;
  • siydik chiqarish boshlanishi doim qiyin bo`ladi;
  • hojatxonaga borgandan keyin siydik pufagi hali ham to‘ladek tuyuladi.

Prostata bezi saratonida siydik pufagining past tonusi tufayli bemor siydik chiqarish uchun doimo mushaklarini zo'riqtirishiga to'g'ri keladi. Buyrak sohasidagi og'riqlar ham istisno emas. Siydikni orqaga qarab harakatlanishi buyrakda tosh paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Siydik va urug'da qon paydo bo'lganda, shifokorlar siydik pufagi, siydik yo'llari yoki urug` pufakchalariga zarar yetganligini taxmin qiladilar. Agar metastazlar qov sohasidagi limfa tugunlariga o'tsa, u holda oyoqlar jinsiy olat va yorg`oqda shish paydo bo`ladi.

O`simta nervlarga ta'sir qilishi mumkinligi tufayli jinsiy aloqa paytida kuchli og`riqlar kuzatiladi va erkakni undan mahrum qiladi, natijada impotensiya yuzaga keladi. To'g'ri ichakning zararlanishi tufayli ich bo`shatilishi paytida ham og'riq paydo bo'lishi mumkin. Agar suyaklar va tos suyagi og'rigan bo'lsa, bu kasallikning to'rtinchi bosqichini boshlanganligini bildiradi.

Bu alomatlarning barchasi darhol paydo bo'lmaydi, lekin bir necha yil davomida asta-sekin rivojlanadi.

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

Prostata bezi saratoniga quyidagicha tashxis qo'yiladi:

  • prostata bezini paypaslab ko`rish. Shifokor to'g'ri ichak devori orqali prostata bezini tekshiradi, uning konturini, hajmini, tugunlarning mavjudligini va tuzilishidagi o'zgarishlarni, o'smalarning joylashuvini aniqlaydi. Ushbu usul bilan saratonni boshqa mumkin bo'lgan o`smalardan ajratib bo`lmaydi, shuning uchun qo'shimcha tekshiruvlardan o`tish talab qilinadi;
  • prostataning ultratovushli dopler va ultratovush tekshiruvi. Transrektal yoki transabdominal tarzda o'tkaziladigan ushbu turdagi tekshiruvlar hatto kichik o`simtalarni tashxislashga yordam beradi;
  • prostate antigenlarini tekshirish uchun qon testi;
  • prostata bezi biopsiyasi. Saratonning turini aniqlash va morfologik tahlil uchun material olishda amalga oshiriladi. Uretra, to'g'ri ichak yoki chot orasi orqali ekoskopik kuzatuv ostida amalga oshiriladi.

Agar prostata saratoniga shubha tug`iladigan bo'lsa, yana quyidagi tekshiruvlar o`tkaziladi:

Prostata saratonini davolash

Prostata saratonini davolash har bir shifokor tomonidan bemor uchun individual ravishda belgilanadi. O'simtadan qutulishning keng tarqalgan va radikal usuli - bu prostata bezini olib tashlash uchun operatsiya. Chot orasidagi yoki qorinning pastki qismidagi kesma orqali prostata bezi o`simtasi bilan birga olib tashlanadi. Agar saraton boshqa organlarga metastaz bermagan bo'lsa, kasallik 99% hollarda to`liq davolanadi.

Bez olib tashlangandan so'ng, qolgan xavfli hujayralarni o'ldirish uchun kimyoterapiya buyuriladi. Kimyoterapiya kasallikning uchinchi va to'rtinchi bosqichlarida, o'simtaning kattaligi va boshqa organlarga metastaz berganligi tufayli olib tashlanishi mumkin bo'lmaganda ham qo'llaniladi. Prostata bezi saratoni olti oy davomida davolanadi.

Prostata bezi saratoni uchun gormon terapiyasi

Prostata bezi saratoni gormonlarga bog'liq bo'lganligi sababli, dori-darmonlar bilan davolash gormonlar darajasini pasaytirishni nazarda tutadi. Gormon terapiyasi 70 dan oshgan odamlar uchun yagona imkoniyatdir, chunki ularning yoshida operatsiya qilish xavfsiz emas.

Onkologlar tomonidan qo'llaniladigan gormonal dorilar:

  • Gipofiz gormonlariga o'xshash preparatlar. Dori vositasini qo'llash boshlanganidan bir necha hafta o'tgach, gormonlar moyaklar olib tashlangandan keyingi darajaga xos bo'lgan darajaga tushadi. Bemor saraton kasalligidan tuzalgach, gormonal darajalar normal holatga qaytadi;
  • gonadotropin-rilizing gormoni antagonistlari. Testosteron darajasini pasaytiradi va o`simtaning o'sishini sekinlashtiradi;
  • antiandrogenlar. Buyrak usti bezi gormonlarining o'simta bilan o'zaro ta'sirini oldini oladi.

"Kasodeks" preparati bilan yaxshi natijalarga erishish mumkin. Agar bemorga mos keladigan bo'lsa va o'simtaning o'sishi to'xtasa, potensiya bilan bog'liq muammolar haqida tashvishlanishga hojat yo'q.

Agar gormonal davolash kutilgan natijani bermasa, moyaklarni olib tashlash haqida o`ylash mumkin. Jarrohlikdan so'ng o'simta o'sishi to'xtaydi, chunki testosteron darajasi keskin pasayadi. Biroq, bunday operatsiya bemorlar uchun psixologik jihatdan qiyin kechishi mumkin.

60 yoshgacha bo'lgan erkaklarda 1-2 bosqichdagi o'smalarni krioterapiya yordamida muzlatish mumkin. Saraton hujayralarida hosil bo'lgan muz kristallari ularning membranalarini samarali ravishda yo'q qiladi.

Prostata saratonini xalq tabobati yordamida davolashga kelsak, bunday davolash natijasida faqat o'zingizni yaxshi his qilishingiz mumkin, ammo kasallik butunlay tuzalmaydi.

Xavf

Eng yaxshi natijaga faqat bemor saratonning birinchi bosqichida shifokorga murojaat qilgan taqdirdagina erishiladi. Bunday holatda, to`liq tuzalish va saraton boshlanishidan oldingi hayotni davom ettirish ehtimoli yuqori.

Uchinchi va to'rtinchi bosqichlarda o`lim ehtimoli yuqori bo`lib, shuningdek, erkak odatiy hayot tarzidan, jinsiy munosabatlar va farzand ko'rish imkoniyatidan mahrum bo'ladi.

Prostata saratoni bilan inson qancha vaqt yashaydi?

Shifokorlar tilida “besh yillik omon qolish” deb ataladigan ko'rsatkich bor. U davolanishdan keyin bemorlarning necha foizi besh yil yoki undan ko'proq umr ko'rishini anglatadi. Prostata bezi saratonining birinchi bosqichida bu ko'rsatkich 90%, ikkinchisida - 80%, uchinchisida - 40%, to'rtinchisida - 15% ni tashkil qiladi.

Oldini olish

Muayyan odamda prostata saratoni paydo bo'lmasligiga hech qanday kafolat yo'q. Ammo ba'zi tavsiyalar mavjudki, ularga rioya qilish kasallik xavfini kamaytiradi:

  • kanserogen moddalar bilan aloqa qilishga yo`l qo`ymaslik;
  • kam uglevodli parhez, sog'lom ovqatlanish;
  • o'rtacha og`irlikdagi jismoniy faoliyat;
  • doimiy intim munosabatlar;
  • ellik yoshdan oshgan erkaklar uchun har yili tibbiy ko'rikdan o'tish.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Prostata saratonini davolovchi shifokorlar

G'iyosov Shuhrat Iskanderovich
G'iyosov Shuhrat Iskanderovich

G'iyosov Shuhrat Iskanderovich 5.0

Urolog,

Nefrolog

Tajribasi 30 yil

Professor

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi220 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

MDS Servis

Botkin ko`chasi, 110/3

Mo'ljal: "Botkino" qabristoni

  • Du, Ch, Ju, Ya Dam olish kuni
  • Se, Pa, Sh 15:00 – 17:00
Irgashev Dilmurod Saatovich
Irgashev Dilmurod Saatovich

Irgashev Dilmurod Saatovich 5.0

Urolog,

Reproduktolog,

Seksolog,

Androlog

Tajribasi 34 yil

Tibbiy fanlar doktori

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi450 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Doctor DDoctor D

Usta Olim ko`chasi, 15 uy

Mo'ljal: Toshkent restorani

  • Du – Sh 08:00 – 13:00
  • Ya Dam olish kuni
Kim Tatyana Olegovna
Kim Tatyana Olegovna

Kim Tatyana Olegovna 5.0

Urolog,

Androlog,

Endokrinolog

Tajribasi 6 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - De Factum CentralDe Factum Central

Osiyo ko'ch. 86A

Mo'ljal: Korzinka do'koni Ц6

  • Du – Pa 09:00 – 15:00
  • Ju – Ya Dam olish kuni
Nigmatulin Mansur Galiyevich
Nigmatulin Mansur Galiyevich

Urolog,

Androlog

Tajribasi 8 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

M-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du – Sh 08:00 – 16:30
  • Ya Dam olish kuni
Arutyunyan Grant Alekseyevich
Arutyunyan Grant Alekseyevich

Arutyunyan Grant Alekseyevich 5.0

Urolog,

Jarroh,

Androlog

Tajribasi 13 yil

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi170 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Medion Family Hospital

Istiroxat ko'ch., 258

Mo'ljal: Grampus sport majmuasi

  • Du – Sh 13:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Abdullajanov Murod Muxtorovich
Abdullajanov Murod Muxtorovich

Abdullajanov Murod Muxtorovich 5.0

Urolog

Tajribasi 28 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

M-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du – Pa 08:00 – 15:00
  • Ju – Ya Dam olish kuni
Ismatullayev Ravshan Gaybullayevich
Ismatullayev Ravshan Gaybullayevich

Ismatullayev Ravshan Gaybullayevich 5.0

Urolog

Tajribasi 35 yil

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi220 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Shox International HospitalShox International Hospital

Kichik xalka Yo`li ko`chasi, 70A

Mo'ljal: "Korzinka.uz" Supermarketi, Chevrolet dilerlik markazi

  • Du – Sh 09:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Shabilalov Jaxongir Azatjanovich
Shabilalov Jaxongir Azatjanovich

Urolog

Tajribasi 24 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - MDS ServisMDS Servis

Botkin ko`chasi, 110/3

Mo'ljal: "Botkino" qabristoni

  • Du, Ch, Ju 08:00 – 17:00
  • Se, Pa, Sh, Ya Dam olish kuni
Farxadov Mashxurbek Ulugbekovich
Farxadov Mashxurbek Ulugbekovich

Urolog,

Endokrinolog,

Jarroh,

Androlog

Tajribasi 7 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

MDS Servis

Botkin ko`chasi, 110/3

Mo'ljal: "Botkino" qabristoni

Salimov Olim Alimbaevich
Salimov Olim Alimbaevich

Urolog

Uchinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi220 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Shox Med CenterShox Med Center

Oybek ko`chasi 34

Mo'ljal: Pravoslav cherkovi

  • Du, Ch, Ju 09:00 – 16:00
  • Se, Pa, Sh 16:00 – 21:00
  • Ya Dam olish kuni
Nurmatov Yodgormirza Xatammirzayevich
Nurmatov Yodgormirza Xatammirzayevich

Nurmatov Yodgormirza Xatammirzayevich 5.0

Urolog,

Androlog

Tajribasi 28 yil

Tibbiy fanlar doktori

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi80 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Andrologiya-NAndrologiya-N

Namangan, tinchlik ko'chasi, 62

Mo'ljal: Tennis korti, 52-maktab ko'chasi

  • Du – Sh 08:00 – 19:00
  • Ya Dam olish kuni
Osmanov Ismoil Zeynolobidinovich
Osmanov Ismoil Zeynolobidinovich

Osmanov Ismoil Zeynolobidinovich 5.0

Urolog,

Androlog

Tajribasi 18 yil

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi150 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Innova ExpertInnova Expert

Dagbitskaya ko'chasi, 3-sayohat , 1 uy, Samarqand

Mo'ljal: Ipak Yuli banki

  • Du – Ju 08:30 – 16:30
  • Sh 08:30 – 15:00
  • Ya Dam olish kuni
Muhammadjonov Tursunboy Abdumalikovich
Muhammadjonov Tursunboy Abdumalikovich

Muhammadjonov Tursunboy Abdumalikovich 5.0

Urolog

Tajribasi 17 yil

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Sog'lom AvlodSog'lom Avlod

Andijon shaxri, Dukchi Eshon ko'chasi, 2B

Mo'ljal: "TOShKENT PREMIUM" Tadbirlar saroyi

  • Du – Sh 08:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Amanov Oybek Umidovich
Amanov Oybek Umidovich

Amanov Oybek Umidovich 3.7

Urolog,

Seksolog,

Androlog

Tajribasi 26 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi190 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Doctor DDoctor D

Usta Olim ko`chasi, 15 uy

Mo'ljal: Toshkent restorani

  • Du – Sh 08:00 – 14:00
  • Ya Dam olish kuni
Rustamov Azamat Rustamovich
Rustamov Azamat Rustamovich

Rustamov Azamat Rustamovich 1.0

Urolog

Tajribasi 9 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi220 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Shox International HospitalShox International Hospital

Kichik xalka Yo`li ko`chasi, 70A

Mo'ljal: "Korzinka.uz" Supermarketi, Chevrolet dilerlik markazi

  • Du – Sh 09:30 – 16:00
  • Ya Dam olish kuni
Abdumajidov Alisher Abdulxaevich
Abdumajidov Alisher Abdulxaevich

Urolog

Tajribasi 17 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi170 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Medion Family HospitalMedion Family Hospital

Istiroxat ko'ch., 258

Mo'ljal: Grampus sport majmuasi

  • Du – Ju 09:00 – 14:00
  • Sh, Ya Dam olish kuni
Saidxo'jaev Nodir Baxtiyorovich
Saidxo'jaev Nodir Baxtiyorovich

Urolog

Tajribasi 18 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

M-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du – Sh 08:00 – 16:30
  • Ya Dam olish kuni
Musayev Rustam Nurmanovich
Musayev Rustam Nurmanovich

Urolog

Tajribasi 12 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Innova Expert филиал НукусInnova Expert филиал Нукус

Nukus shaxri, A.Shamuratova ko'chasi, 94A uy

Mo'ljal: 1-Poliklinika qarshisi

  • Du – Sh 09:00 – 16:00
  • Ya Dam olish kuni
Vdovin Dmitriy Andreevich
Vdovin Dmitriy Andreevich

Urolog

Tajribasi 16 yil

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi180 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Frank MedicFrank Medic

Abdulla Qahhor 9-chi o'tish yo'li

Mo'ljal: Nobel Avenue o`quv markazi

  • Du – Ju 09:00 – 12:00
  • Sh, Ya Dam olish kuni
Ashpulotov Xurshid Sunatillo o'g'li
Ashpulotov Xurshid Sunatillo o'g'li

Urolog,

Endokrinolog

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Gamma MedGamma Med

Isloxot ko'chasi 18

Mo'ljal: АЗС Carvon

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil
med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI