App icon

Ilovada qulayroq

Kirish

Mastoidit

Shifokorni tanlang:
Klinikani tanlang:
Mastoidit chakka suyagi so‘rg‘ichsimon o‘simtasining surunkali yallig‘lanishidir. So‘rg‘ichsimon o‘simta - bu quloq chig‘anog‘i orqasida joylashgan suyak o‘simtasi bo‘lib, u yerda boshni burish va egishga imkon beradigan mushaklar birikadi. U anatomik jihatdan o‘rta quloq bo‘shlig‘i bilan bog‘langan ichki bo‘shliqqa ega bo‘lgan suyak hosilasidir.
  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Oldini olish
img Mastoidit davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Mastoiditning asosiy sabablari:

  • o‘rta quloq bo‘shlig‘idan o‘tadigan infeksiya (o‘tkir o‘rta otitning asorati sifatida mastoidit);
  • so‘rg‘ichsimon o‘simtaning shikastlanishi;
  • sepsis (qonning zararlanishi);
  • so‘rg‘ichsimon o‘simta yonida joylashgan limfa tugunlarining yiringlashi.

Mastoiditning belgilari

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

Mastoidit tashxisi uchun quyidagilar zarur:

Mestoidit asoratlariga shubha bo‘lsa, qo‘shimcha tekshiruv talab qilinishi mumkin.

Mastoiditni davolash

Mastoiditni davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • antibiotikoterapiya;
  • jarrohlik aralashuvi (so‘rg‘ichsimon o‘simtaning suyak devorini ochish va zararlangan to‘qimalarni olib tashlash);
  • immunokorreksiyalovchi preparatlar qabul qilish;
  • mahalliy terapiya;
  • o‘rta quloqni dori preparatlari bilan yuvish.

Xavf

Mastoidit - bu turli xil asoratlarga, jumladan, eshitish qobiliyatining qisman yoki to‘liq yo‘qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy kasallikdir. Yiring bosh suyagiga kirib boradigan oxirgi bosqichlarda quyidagi asoratlar kuzatilishi mumkin:

  • bosh miya abssessi;
  • miya pardalarining yallig‘lanishi (meningit);
  • sigmasimon sinus trombozi va boshqa jiddiy holatlar.

Oldini olish

Surunkali mastoiditning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

  • o‘rta quloq yallig‘lanishlarini o‘z vaqtida tashxislash;
  • otitni adekvat davolash;
  • vitaminlar qabul qilish;
  • sog‘lom turmush tarzi;
  • zararli odatlardan voz kechish;
  • to‘laqonli ovqatlanish;
  • o‘ta sovqotishdan qochish;
  • shamollash kasalliklarini o‘z vaqtida va to‘liq davolash.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Mastoiditni davolovchi shifokorlar

empty-box

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil

Shifokorlarning keng tarqalgan mutaxassisliklari

Keng tarqalgan tibbiy xizmatlar

med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI